Amerika Qo’shma Shtatlari
Download 12.75 Kb.
|
Amerika Qo’shma Shtatlari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amerika jamiyatidagi muammolar
Amerika Qo’shma Shtatlari Amerika Qo’shma ShtatlariBajardi: “Injeneriya” fakulteti 5-16 guruh talabasi Olimov Shohijahon Birinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlariAQSH jahon urushi natijasida dunyoning qudratli davlatlariga aylandi. Xo’sh, qanday omillar bunga sabab bo’ldi? Ma’lumki AQSH birinchi jahon urushiga 1917-yilning aprel oyida kirib keldi.Yevropadagi harbiy harakatlarda esa 1918-yilning yozida ishtirok etdi. AQSH monopoliyalari Yevropa davlatlariga ulkan miqdorda qurol-yaroq va oziq-ovqat maxsulotlari sotdi. AQSH tashqi savdo aylanmasi 1914-yilda 2,3 mini, dollarni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 1920-yilda 8 mlrd. dollarga yetdi. Eksport importdan 4 mlrd. Dollardan ortiq bo'ldi. AQSH xazinasida dunyo oltin zaxirasining deyarli 50 foizi to'plandi. 1914—1920-yillar mobaynida AQSH milliy boyligi 2,5 baravar ortdi. 1920-yiIga kelib butun dunyoda ishlab chiqarilgan mahsulotning 47 foizi AQSH hissasiga to'g'ri keldi. Ayni paytda AQSH sanoatining turli tarmoqlari ham gurkirab rivojlandi. Masalan, dunyo bo'yicha avtomobilning 80 foizi, neftning 67 foizi AQSHda ishlab chiqarildi. Shu tariqa AQSH jahonning yetakchi davlatiga, moliyaviy markaziga va jahon bozorining qudratli tayanchiga aylandi. Amerika jamiyatidagi muammolarYumsh AQSHni nihoytada boyildi. Biroq bu narsa Amerika jamiyatidagi ijtimoiy muammolarni butunlay hal etgani yo'q. Aksincha. bu ijtimoiy muammolar keskinlashib bordi. Chunonchi, 1918-yilning oxirida ishsizlar soni 3 mln dan ortiq kishini tashkil etdi. Urush yillarida kundalik xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarish kamaydi. AQSH monopoliyalari to'plagan boylik yildan yilga o'sdi. Biroq mehnat ahli turmush darajasi boylik bilan teng o'smadi. Natijada ishchilar o'z haq-huquqlari uchun kurasha boshladilar. Bu kurashda qatnashganlarning soni 1919-yilda 4 mln dan ortiq kishini tashkil etdi va ular 44—48 soatlik ish haflasinj talab qiidilar. AQSH hukmron doiralari ishchilar harakatiga va ularning so'l tashki-lollari faoliyatiga mayjud konstitutsiyaviy tuzumga qarshi suiqasd deb qaradilar. Shu tufayli mamlakalda o'zgacha fikrlovchilarga qarshi eng shafqatsiz va mislsiz qatag'on avj oldirildi. Xususan, AQSH hukumati 1918-yilda «Da'vatkorUk to'g'risidagi hujjat»ni qabul qildi. Huijat mamlakatdagi mavjud tuzum to'g'risida bildiriladigan har qanday salbiy fikrlarni jinoyat, deb e'lon qildi. Sunday ayblovga uchraganlar yo 10 ming dollar jarima to'lardi, yoki 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilardi. Download 12.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling