Amerika Qo’shma Shtatlari


F.Ruzveltning “yangi yo’li”


Download 12.75 Kb.
bet4/5
Sana31.03.2023
Hajmi12.75 Kb.
#1313766
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amerika Qo’shma Shtatlari-fayllar.org

F.Ruzveltning “yangi yo’li”


  • 1932-yilda AQSHda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovida Demokratlar partiyasi nomzodini Franklin Delano Ruzvelt g'alaba qozondi. U AQSH tarixida eng mashhur prezident sifatida nom qoldirdi. AQSH Konstitutsiyasiga ko'ra, bir kishi ketma-ket ikki marta prezident etib saylanishi mumkin bo'lgan holda F. Ruzveltga kelanda, davr nuqtayi nazaridan kelib chiqib, Konstitutsiyaning bu talabini buzishga to'g'ri keldi. U to'rt marta ketma-ket prezident]ikka saylandi.

Xo'sh, F. Ruzvelt (1882—1945) qanday xizmatlari evaziga bunday buyuklikka erishgan?


  • U AQSHni iqtisodiy inqirozdan qutqarish va uning buyukligini saqlab qolishning har tomonlama puxta ishlangan rejasini yarata oldi va uni hayotga to'la tatbiq qildi. Bu AQSH tarixiga F. Ruzveltning «yangi yo'li» nomi bilan kirdi. Yangi yo'l — Amerika iqtisodiyotida keng miqyosli islohotlar o'tkazish yo'li edi.

  • Uning mohiyati ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni to'liq saqlab qolgan holda, davlat boshqaruvini iqtisodiyotga va ijtimoiy munosabatlarga keng joriy etishni tashkil etadi. F. Ruzveltning “yangi yo'li” bo'yicha davlat mamlakat iqtisodiyotini boshqarishga faol aralashdi.

  • Mehnat huquqi jiddiy ravishda qayta ko'rib chiqildi. Ishsiztikka qarshi kurash uchun katta miqdorda mablag' ajratildi. Ayni paytda ijtimoiy sug'urta asoslari — pensiya, nafaqa, sog'liqni saqlash va xalq ta'limini takomillash-tirish ko'zda tutildi.

Ijtimoiv himova borasidagi tadbirlar


  • "Yangi yo'l” siyosati ijtimoiy himoyani ham etibordan chetda qoldirmadi. Chunonchi, 1935-yilda «Congress Wagner qonuni»ni qabul qildi. Unga ko'ra, ishchilar jamoaviy shartnoma tuzish huquqiga ega bo'ldilar. Ayni paytda ishchilarga ish tashlash huquqi ham berildi. Ish tashlashda qatnashganlik uchun ta'qib etish taqiqlandi.

  • Shu yili AQSH tarixida birinchi marta ijtimoiy sug'urtalash haqida qonun qabul qilindi. Unda keksalarni ta'minlash; ishsizlikbo'yicha yordam puli to'lash; nogironlarga, yolg'iz oilalarga va yetim bolalarga nafaqa to'lash ko'zda tutildi. Bu hodisa adolatli jamiyat qurilishi yo'lidagi katta qadam edi.

  • “Yangi yo'l” keng ommaning ahvolini yaxshilash uchun eng boy oila-iarning daromadlariga qo'shimcha soliq solishni izchillik bilan amalga oshirdi. Shu tariqa, F. Ruzveltning “yangi yo'li” dunyoda eng ko'lamli inson huquqlari va konstitutsiyaviy kafolatlar tizlmini vujudga keltirdi. Oqibatda AQSHda dunyoda eng yuqori turmush darajasi ta'minlandi. “Yangi yo'l” AQSHga buyuk, gullab-yashnayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mukammal davlal shuhratini keltirdi.

Download 12.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling