1. Jahonning yetakchi yettilik davlatlarining siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holatini o‘rganish
Download 1.29 Mb.
|
Jalolova Zilola. Amaliy mashg\'ulot-5
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Maruza matnlarida barlgan jadvallar o’rganiladi. Amaliy mashg‘ulot - №5
1. Jahonning yetakchi yettilik davlatlarining siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holatini o‘rganish. 2. Jahonning yetakchi yettilik davlatlarining siyosiy-hududiy tuzilishi tahlil qilinadi, yetakchi yettilik davlatlarining hozirgi geosiyosiy holati mavjud adabiyotlar va Internet ma’lumotlari asosida o’rganiladi. 3. Maruza matnlarida barlgan jadvallar o’rganiladi. Amaliy mashg‘ulot - №5 1.2. Jahonning yetakchi yettilik davlatlarining siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida jahon xo‘jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o‘rni juda katta bo‘lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa qit’asi va Shimoliy Amerika materigi va bir nafari Osiyoda joylashgan. Ma’lumki rivojlangan “Katta sakkizlik” davlatlar (hozirgi kunda ushbu davlatlar guruhida Rossiya Federatsiyasisiz “Katta yettilik” davlatlari” degan so‘zlar ham jahon iqtisodiyotida ishlatilmoqda) iqtisodiyotini rivojlanishi asosan tabiiy resurslardan qanday foydalanishlik darajasiga va shuningdek uzoq yillarga mo‘ljallangan zamonaviy ilmiy-texnikaviy taraqqiyotdagi o‘zgarishlarga bog‘liqdir. Katta sakkizlik yoki sakkizlik guruhi G8 (ingliz tilida “Group of eight”) – Katta sakkizlik G8 xalqaro klub maqomiga ega bo‘lib, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Germaniya, Rossiya va Yaponiya hukumatlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu tashkilotni xalqaro muammolarni hal qiluvchi jamiyat, ya’ni norasman ushbu mamlakatlar boshliqlari forumi (Yevropa Komissiyasi ishtirokida) deb ham atashadi. Katta sakkizlik xalqaro tashkilot hisoblanmaydi, ushbu jamiyat xalqaro kelishuvga ham asoslanmagan va kotibiyat ustaviga ega emas. Sakkizlik qarorlari majburan qo‘llanilishi kerak bo‘lgan qonun hisoblanmaydi. Nomining kelib chiqishi “Katta sakkizlik” atamasi “Katta yettilik” logik jihatdan davomi hisoblanadi. G7 ning ingliz tilidan o‘girganda “Great of Seven” deb ataladi, aslida G7 bu Yettilik guruhi deyilganidir. Ushbu tarjimani G8 ga ham qo‘llash mumkin. Ushbu siyosiy jamiyat 1975-yilning 15-17-noyabr kunlari AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya va Yaponiya o‘rtasida tuzilgan va o‘sha paytda G6 deb atalgan. 1976-yilda Kanadaning qo‘shilishi bilan G7 Katta yettilik deb atala boshlandi. Rossiyaning qo‘shilishidan keyin G8 Katta sakkizlik deb ataldi. Biroq “Katta sakkizlik” 2014-yilda Ukrainada hukumat o‘zgarishi va Qrimning Rossiyaga qo‘shilishidan keyin Rossiya G8 davlatlari Rossiyani Qrimni “anneksiya qilishda” ayblab, yana “Katta yettilik” deb atala boshlandi. 1. AQSh – Shimoliy Amerika qit’asida joylashgan davlat. Davlat poytaxti: Vashington shahri. Maydoni 9373 ming kv.km. AQShning asosiy hududini tashkil etuvchi 48 ta shtatlari Shimoliy Amerikaning markaziy qismida joylashgan, uni sharqda Atlantika okeani, g‘arbda Tinch okeani o‘rab turadi. AQSh Kanada va Meksika bilan chegaradosh. AQShning 49-shtati Alyaska Shimoliy Amerikaning eng chetki shimoli-g‘arbini egallaydi va Rossiyaning eng chekka shimoli-sharqida Bering bo‘g‘ozi bilan ajralgan. AQShning 50-shtatni Gavaya orollari, 24 ta oroldan iborat arxipelag Tinch okeanining markaziy qismida joylashgan. Mamlakat aholisi 327,8 mln. kishi. O‘rtacha yashash davomiyligi 80 yosh. Amerika millati juda ko‘p sonli bo‘lgan ko‘p millatli mamlakat. AQSh ko‘p millatlilik bo‘yicha jahonda eng yuqori o‘rinlarda turadi. Ulardan ko‘pchiligi o‘z tili va urf-odatlarini saqlab qolgan. Aholini irqiy belgilarga ko‘ra 3 guruhga ajratsak, u holda oq tanlilar aholining 84 % ini (ular orasida, ayniqsa, irlandiyaliklar, italyanlar, yahudiylar, ruslar, polyaklar, ukrainlar diasporalari ajralib turadi), afrikaliklar (asosan XVIII asrda Afrika qit’asidan olib kelingan qullarning avlodlari) – taxminan 12%, osiyoliklar va tonch okeani orollari aholisi – taxminan 3%, amerikalik hindular (Qo‘shma shtatlarning tub aholisi) – 1% dan kam, Lotin Amerikasi mamlakatlaridan kelganlar, “latinos” deb ataluvchilar – taxminan 9%. AQSh statistik ma’lumotlariga qaraganda mamlakatda 13000 o‘zbek millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling