Mavzu: mtt va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari. Musiqaning hayotdagi o’rni. Mttda va oilada bolalarni har tomonlana tarbiyalashda musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalarini


Download 257.22 Kb.
bet4/31
Sana13.11.2023
Hajmi257.22 Kb.
#1769784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
3 var musiqa

Chiziqlar pastdan yuqoriga qarab sanaladi. Nota yo‘lining boshlang‘ich qismida beshta chiziqdan birlashtiruvchi vertical chiziq qo‘yiladi.

Bolalarning nota yozuvini bemalol tushunib 1-oktava doirasidagi har bir notaning o‘rnini yaxshi bilib olishlari uchun quyidagi mashqlarni tavsiya etish mumkin:
tarbiyachi notalarning nomlarini aytib turib yozdiradi yoki doskaga yozib beradi, bolalar esa ularni nota yo‘liga yozishlari kerak;
tarbiyachi qo‘shiq kuyini kuylaydi, bolalar esa qo‘shiqning kuyuni ko‘rgazmali qurollar orqali nota chiziqlariga joylashtiradilar.
Bu mashqlarni bolalar mustaqil ravishda bajarishadi, so‘ngra ulardan biri shu mashqni doskada ko‘rsatib beradi.
Tovushlar puxta o‘rganilgandan keyin eshitib bajariladigan har xil mashq turlari katta foyda keltiradi. Musiqada notalar nomlanishi bilan birga, turli cho‘zimlarga ham egadir.
Notaning nota chizig‘ida qanday yozilishi. Notalar nota yo‘liga undagi chiziqlar ustiga, chiziqlar oralig‘iga yoziladi. Tovushlar qanchalik baland bo‘lsa, nota belgilari nota yo‘lining shunchalik yuqori yo‘liga yoziladi.
Nota yozuvida asosiy chiziqlardan tashqari ayrim notalar uchun yana qisqa, qo‘shimcha chiziqlar ham ishlatiladi. Nota yo‘lining yuqorisida joylashgan qo‘shimcha chiziqlar birinchi chiziqdan boshlab yuqoriga tomon, notaning o‘zidan pastda joylashgan qo‘shimcha chiziqlar, birinchi chiziqdan boshlab, pastga tomon sanaladi.
Nota doiralarida ikkinchi va uchinchi chiziqlar orasida va undan ham pastroqda joylashgan bo‘lsa, tayoqchalar yuqoriga qarab, o‘ng tomondan, uchinchi va undan yuqori chiziqlarda joylashgan bo‘lsa, pastga qarab, chap tomondan qo‘yiladi.
Musiqada notalar nomlanishi bilan birga, turli cho‘zimlarga ham egadir. Ularning ko‘rinishini quyidagicha tasvirlash mumkin:
«Sol» notasini misol qilib olib, 4/4 o‘lchovda yozilsa, bunday ko‘rinishda bo‘ladi:

Notadan keyin nuqta qo‘yish bilan nota cho‘zimini teng yarmiga uzaytirish mumkin:

Bastakor turli nota va nota cho‘zimlarini tanlab, yangi ohang, kuy yaratadi.

Mavzu: Notalarning kelib chiqish tarixi va nomlanishi, nota chizig’ining yozilishi va nota chizig’da notalarning joylashuvi. Nota cho’zimlari.
Reja:

  1. Notalarning kelib chiqish tarixi va nomlanishi

  2. Nota cho’zimlari.


Nota yozuvi, notatsiya — musiqa tovushlarining balandligi, uzunligi va boshqa xususiyatlarini ifodalovchi belgi notalardan iborat yozuv usuli; musiqa asarining yozuv ifodasi. Nota yozuvi qadimdan turli xalqlar musiqa amaliyoti va ilmiy izlanishlarning mah-suli sifatida yuzaga kelgan (Qad. Misr, Bobil, Qad. Xitoy va boshqalar). Nota yozuvining bizgacha yetib kelgan dastlabki namunalari miloddan avvalgi 3-asrda Yunonistonda paydo boʻlib, harflar bilan ifodalanganligi uchun harfli Nota yozuvi deyilgan. Bunday Nota yozuvi ning maʼlum turini Oʻrta Osiyoda Forobiy ishlab chiqqan. Harfli Nota yozuvi tovushlar balandligi va parda tuzil-malarini aniqlashga yordam bergan. Nota yozuvining mukammalashishida koʻp mamlakatlarda yuzaga kelgan turli tabulaturalar muhim rol oʻynagan. Oʻrta Osiyoda Safiuddin al-Urmaviy (13-asr) tomonidan ud cholgʻu asbobi pardalariga moʻljallab yaratgan 2 xil tabulaturalar maʼlum boʻlgan. Ular jadval shak-lida boʻlib, tovushlar balandligi turli harflar bilan, davomiyligi esa ra-qamlar (yoki nuqtalar) yordamida ifodalangan. 19-asr oxirida Xorazmda "tanbur chizigʻi" deb nomlangan tabulatura shaklidagi Nota yozuvi joriy etilgan. Oʻrta asrlarda Yevropa cherkov vokal musiqasida nevma (matn soʻzlari ustiga koʻyilgan ohang yoʻnalishini koʻrsatuvchi maxsus belgi)larga asoslangan Nota yozuvi keng tarqaldi. Tovush balandligini aniqroq koʻrsatish uchun bu belgilar gorizontal chiziqlarga yozila boshlagan. 11-asrda Gvido d’Aretsso mazkur Nota yozuvi turini takomillashtirib 4 chizikli Nota yozuvi ni kashf qilgan. 16-asr oxiridan gomofoniya uslubida generalbas usuli joriy etilgan. Unda bas ovozi tovushlari tagida yozilgan raqamlar muayyan akkordlarni ifodalagan. Hozirgi Nota yozuvi 5 ta gorizontal chiziklar (nota yoʻli)ga (ularning orasiga, yuqorisi yoki pastiga) yoziladigan notalardan tashkil topgan. Notalar to-vushlarning uzun-qisqaligiga qarab oval shaklidagi boʻsh va qora doiracha (boshcha)lardan iborat boʻlib, ulardan dumli yoki dumsiz (yuqoriga yoki past-ga) chiziqchalar tortilib yoziladi. Notalar nomi 7 ta boʻlib, ular muayyan kalitlaritsa turlicha yoziladi.

Download 257.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling