Mavzu. Mualliflik tarbiya texnologiyalari. Reja


Prezident maktabi faoliyatining asosiy vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari


Download 30.39 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi30.39 Kb.
#1632202
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mualliflik tarbiya texnologiyalari.

Prezident maktabi faoliyatining asosiy vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari:
-Iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va o`qitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek oʻquvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish;
-Tabiiy va aniq fanlarni chuqur o`rganish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirishni tashkil qilish, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
-O`quvchilarni oʻqitish va ular bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, shuningdek taʼlim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan oʻqitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish va keyinchalik ijobiy tajribani respublika xalq taʼlimi tizimiga tatbiq etish;
-O`quvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularda yetakchilik koʻnikmalari va notiqlik sanʼatini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash boʻyicha malakasini oshirish;
-O`quvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlash;
-O`quvchilarda vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuygʻusini, bagʻrikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini, hayotga qatʼiy ishonch va qarashlarni shakllantirish;
-O`quv dasturlarining uzluksizligini taʼminlash masalalarida xuddi shu yoʻnalishdagi milliy va xorijiy umumiy oʻrta va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning ilgʻor xorijiy oliy oʻquv yurtlarida va ularning respublikamizdagi filiallarida oʻqishini davom ettirish3.
O‘zbekistonda Ijod maktablari tashkil etilishining maqsadi va vazifasi:
-Badiiy adabiyot va ijod sohalariga qiziqadigan, iqtidorli yoshlarni isteʼdodni yana-da rivojlantirish uchun barcha hududlarda sharoit yaratish.
-Iqtidorli yoshlarga adabiyot, tilshunoslik va chet tilini mukammal oʻrgatish.
Bugungi kunda atoqli adib va shoirlarimiz nomlari bilan atalgan quyidagi ijod maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda: Muhammadrizo Ogahiy (Xorazm), Isʼhoqxon Ibrat (Namangan), Abdulla Qodiriy (Toshkent), Hamid Olimjon va Zulfiya (Jizzax), Ibroyim Yusupov (Qorqalpogʻiston Respublikasi), Erkin Vohidov (Fargʻona), Abdulla Oripov (Qashqadaryo), Halima Xudoyberdiyeva (Sirdaryo), Muhammad Yusuf (Andijon).
2019-yilda 3 ta ijod maktabi ochildi.M. Ogahiy- Xivada, Halima Xudoyberdiyeva- Gulistonda, Abdulla Qodiriy- Toshkentda.

Download 30.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling