Mavzu. Mualliflik tarbiya texnologiyalari. Reja


Ijod maktabining umumtaʼlim maktabidan farqi


Download 30.39 Kb.
bet5/5
Sana20.06.2023
Hajmi30.39 Kb.
#1632202
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mualliflik tarbiya texnologiyalari.

Ijod maktabining umumtaʼlim maktabidan farqi:
-Ona tili, adabiyot, chet tillari va ixtisoslik fanlari chuqur oʻrgatiladi.
-Sinflarda oʻquvchilar soni 20 nafarni tashkil etadi (boshqa maktablarda 35 nafar). Individual ishlash uchun sharoit yaratilgan.
-Mashhur adiblar, yozuvchilar, shoirlar tomonidan muntazam ravishda master klasslar tashkil etiladi.
-Oliy taʼlim muassasalariga biriktiriladi, OTMlar metodik yordam beradi, oʻqituvchilar bilan taʼminlaydi4.
Ijod maktablariga oʻquvchilar 7-sinfdan, tanlov asosida qabul qilinadi. Ijod maktablari oʻquvchilari boʻlajak tarjimon, jurnalist, lingvist olim, shoir, yozuvchi, diplomat boʻlishi bilan bir qatorda, vatanparvarlikni targʻib qiluvchi kadr boʻlib yetishishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28-iyundagi PQ-4375-son qarori bilan prinsipial yangi «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylarini tashkil etish va ularning oʻquv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi («Yoʻl хaritasi»), shuningdek ularning faoliyatini tashkil etish boʻyicha boshqa hujjatlar tasdiqlandi.
Ushbu qaror bo‘yicha Mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat хavfsizlik хizmati va Milliy gvardiya tarkibida shunday litseydan bittadan shakllantiriladi. Ularning har biriga oliy ta’lim muassasalari va oliy iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari biriktiriladi. Shuningdek, ularning negizida prinsipial yangi «Temurbeklar maktabi» tashkil etiladigan litsey va kollejlar roʻyхati tasdiqlandi.
Quyidagilar «Temurbeklar maktabi»ning asosiy vazifalari etib belgilandi:
-oʻquvchilarda хalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaхs sifatlarini, shuningdek, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish;
-хalqimizning tariхi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yoʻlida oʻzini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, Oʻzbekiston хalqiga sodiq, qatiy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan oʻquvchilarni tarbiyalash;
-oʻquvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, хorijiy tillar va zamonaviy aхborot teхnologiyalari boʻyicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish;
-notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, Qurolli Kuchlar va davlat хizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.5
“Temurbeklar maktablari”ga qabul va oʻqitish 2020-2021 oʻquv yilidan boshlandi. O‘qish davomiyligi ikki yil boʻlib har biriga yillik qabul kvotasi 100 kishini tashkil etadi. Bitiruvchilarga oliy harbiy va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30%i miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15%i miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi. Imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga, tarkibida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi boʻyicha oliy harbiy yoki iхtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarisiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtish natijalari boʻyicha kirish huquqi beriladi. Litseyni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga belgilangan namunadagi diplom va koʻkrak nishoni beriladi. “Temurbeklar maktabi”ni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi koʻkrak nishonining yagona namunasi vazirlik va idoralarning qoʻshma qarori bilan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
“Temurbeklar maktabi”ga joriy yilda umumta’lim va iхtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining 9-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega, sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʻtgan, erkak jinsli Oʻzbekistonning fuqarolari oʻqishga qabul qilinadi. Saralash tanlovi dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat. Saralash tanlovini oʻtkazish muddati DTM bilan kelishilgan holda vazirlik va idoralarning qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
Ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq dastlabki va harbiy-kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan quyidagi nomzodlar “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi:
-хalqaro va respublika fan olimpiadalarining gʻoliblari - belgilangan qabul kvotasi doirasida;
-oʻz хizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok bo‘lgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron boʻlib qolgan harbiy хizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari хodimlari va FVV qutqaruv boʻlinmalari хizmatchilarining farzandlari - kvotadan tashqari;
-yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, ijtimoiy nosogʻlom oilalarda yashayotgan, davlat va jamiyat koʻmagiga muhtoj bo‘lgan, joriy yilda umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlagan voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash boʻyicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining qarorlari asosida - kvotadan tashqari, belgilangan kvotaning 5% idan koʻp boʻlmagan miqdorda.
Xullas, boshqa sohalarda bo‘lgani singari tаrbiyada ham o‘tmish va zamonaviy transfotmatsiya jarayonlari kechmoqda. Мilliy tarbiyada qadriyatlar, urf-odat va аjdodlar o‘gitining o‘rni butunlay yo‘qolmaydi. Bu borada hamisha an’anaviylik va zamonaviylik mavjud. Zamonaviy tarbiyada tarbiyalanuvchini hurmatlash, tarbiyalanuvchi qiziqishlarini o‘rganish, tarbiyalanuvchining erkinligi masalasiga e’tibor ortib bormoqda. Mamlakatimizda yosh avlod ta’limi va tarbiyasini yanada takomillashtirish, ularni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida ko‘plab yangi maktablar - Prezident maktabi, ijod maktablari, “Temurbeklar maktab”lari, sport, musiqa va san’at maktablari tashkil etilayapti. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “Yoshlarimizning milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida, har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun ta’lim-tarbiya sohasida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim muasassalarining zamonaviy tizimi yaratilmoqda… Oliy ta’lim tizimida yangi, zamonaviy bilim maskanlari, jumladan, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, soha faoliyati tubdan takomillashtirilmoqda. Yurtimizda Temurbeklar harbiy litseylari, Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug;bek maktablari, atoqli adiblarimiz nomidagi ijod maktablari tashkil etilgani unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizga munosib avlod etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda”6.


1 uz wikipedia. org. wiki

2 https: //piima. uz

3 https: //piima. uz

4 https: //piima. uz

5 https: // Temurbeklar. zn.uz

6 Мирзиёев Ш. Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир. 2-жилд. Тошкент, Ўзбекистон, 2018, 493-бет.

Download 30.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling