Mavzu: Muhammad ibn muso al Xorazmiy, Nasriddin Tusiy, Jamshid G’iyosiddin al Koshiy Ulug’bek asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida


G‘iyosiddin Jamshid ibn Mas’ud Qoshiy —matematik va astronom


Download 62.13 Kb.
bet3/4
Sana11.05.2023
Hajmi62.13 Kb.
#1450739
1   2   3   4
Bog'liq
Olimlar123

G‘iyosiddin Jamshid ibn Mas’ud Qoshiy —matematik va astronom.

  • G‘iyosiddin Jamshid ibn Mas’ud Qoshiy —matematik va astronom.
  • 1380 yil Koshon (u vaqtlar Amir Temur davlatiga tegishli bo‘lgan, hozirgi Eron) shahrida tug‘ilgan. 1413-1414 yillar Amir Temurning o‘g‘li Shohruhga bag‘ishlangan (u davda hokimiyatni Amir Temur boshqargan) astronomik jadvalni tuzgan. Uning qalamiga quyidagilar tegishli:
  • “Miftax al-xisab” ((forsiyda yozilgan) “Arifmetika kaliti”) - al Koshiyning asosiy asari bo‘lib, arifmetika va algebra bo‘yicha batafsil ma’lumotlar bayonotiga bag‘ishlangan. Fan tarixshunoslar tomonidan yuqori baholangan, ko‘plab ovrupa tillariga tarjima qilingan;
  • “Ar-Risala al-muxitiyya” ((forsiyda yozilgan) “Aylana haqida risola”) - asar π (pi) soni hamda sin 1° ni o‘z davri uchun o‘ta aniqlakda hisoblashga bag‘ishlangan;
  • “Zidj Xakani dar takmili zidji Elxani” ((forsiyda yozilgan) “Zidji Hoqoniy”) - Shohruhga bag‘ishlangan astronomik jadvallar.
  • Ulug‘bekning akademiyasi kabi qimmatli ma’lumotlar mavjud otasiga yozgan maktubi Ovrupa va Osiyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan

Jomiy al Koshiyning matematika faniga qo‘shgan hissasi

  • Jomiy al Koshiyning matematika faniga qo‘shgan hissasi
  • 1. Ilk bor (Ovrupada Simon Stevindan 150 yil avval) o‘n karra hisobini kiritgan va undan muntazam foydalangan.
  • 2. Ulug‘bek hamda Qozi zoda Rumiy bilan birga ketma-ketlik yaqinligi usulini ishlab chiqqan, XIX asrda Ovrupada fransuz matematigi E.Pikar tomonidan qayta ochilgan.
  • 3. “Nyuton binomiy” nomi bilan ataluvchi formulaga asoslangan ixtiyoriy ildiz darajalarining yaqin joylashuv usulini ishlab chiqdi.
  • 4. Endilikda “Gorner chizmasi” nomi bilan mashhur ko‘phadni hisoblash uslubini ishlab chiqqan.
  • Jamshid Koshiyning fan rivojiga qo‘shgan hissasi butun dunyoda tan olingan va munosib baholangan. Uning asarlarining ko‘plab ko‘chirma nusxalari Berlin, Leyden, Sankt Peterburg, London va boshqa davlatlar kutubxonalarida saqlanmoqda. U haqda G. Zuter (Germaniya), V. V. Bartold (Rossiya), E. Kennedi, D. Knut (AQSh) va boshqalar yuqori fikr bildirishgan.

Download 62.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling