Mavzu: Muhammad Shayboniyxon va uning siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi faoliyati Muhammad Shayboniy


Mavzu: XVI-XVII asrlarda Xiva-Buxoro munosabatining keskinlashuvi


Download 131.38 Kb.
bet16/20
Sana21.06.2023
Hajmi131.38 Kb.
#1638993
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
tarix.Saida

Mavzu: XVI-XVII asrlarda Xiva-Buxoro munosabatining keskinlashuvi
Buxoro xonligida qo`shinlar muntazam bo`lmay, lozim bo`lganda xon farmoniga ko`ra qo`shin to`plangan, yarim mustaqil ko`chmanchilar-qozoqlar va qoraqolpoqlar o`z sultonlari bilan birga Buxoro xoniga yordamga borishgan. Qurol-yarog`lari nayza va kamondan iborat bo`lgan.
Xonlar turli sultonlari singari shaxsiy gvardiyaga ega bo`lishgan, o`zga millat qullari (ruslar va qalmiqlardan) tashkil topgan.
Tuyalarga ortilgan kichik to`plarni xisobga olmaganda, arteilleriya deyarli yo`q edi. Faqat Buxoroning o`zida 13 ta stanoqsiz mis to`pi bo`lib, shularning bittasidan bayramlarda o`q uzilardi. To`p o`qlari yetishmas edi, bu yerda oltingugurt ko`pligidan undan ko`plab porox ishlab chiqarilardi.
Xullas, iqtisodiy inqirozning tashqi sabablaridan biri chamasi, XVI asrda dengiz yo`llarining ochilib, XVII asrda qadimgi karvon yo`llari bo`ylab savdoning to`xtashi bo`lsa kerak. O`rta Osiyo xalqlari jahonning savdo va siyosiy markazlaridan uzilib qolib, yuvropada fan va texnika sohasida erishilgan eng yaxshi kashfiyotlardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo`lishdi. Shayboniylar sulolasi qulashi bilan xonlikka saylash butkul o`zbek qabilalarining sardorlariga bog`liq bo`lib qoldi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida inqirozni bartaraf etish boshlandi. Savdo birmuncha rivojlandi. Qozoq cho`llari Rossiya tassarufiga o`tishi bilan O`rta Osiyoning Rossiya bilan savdo munosabatlari yaxshilandi. Xiva va Samarqand savdo markazlari sifatida o`z mavqeini tiklay boshladi, yangi shaharlar barpo etildi. Mol – pul munosabatlarining rivojlanishi xonliklarda davlat hokimiyatini birmuncha mustahkamlashnishiga imkon berdi.
Buxoro xonlikning aholi tarkibida: qadimdan bu yerda yashab kelgan tojiklar, turk – qarluklar, arablar, eronliklar, marvliklar, lo`lilar, juhudlar, qisman hindular va forslar o`troq edi.
XIX asr o`rtalarida xonlikdagi barcha aholining umumiy soni chamasi 2,5 min kishidan ortiq bo`lgan.
Mamlakat tepasida turgan mang`it sulolasi va unga yaqin ko`chmanchi o`zbeklar imtiyozli o`rinda edi. Buxoro amaldorlarining aksariyati o`zbeklar edi. Ular o`zlarini "oqsuyaklar" deb atashar, mahalliy turkiy tilli aholi esa "sartlar" deb yuritar edi. Sartlar Xivaning eng ko`p sonli aholisi hisoblanardi. (Bu nom etnik nom emas, sart – o`troq, shaharlik, savdogar degan ma’nolarni anglatgan).
Saidlar (payg`ambar Muhammad allayhissalomning uch xalifsasi avlodlari yoki sohta avalodlari) nomini olgan arablar guruhi ham imtiyozli qatlamga mansub edi.
Hind, juhud va shu kabi g`ayridinlar juda kamsitilardi. Hindlar yo choy sotishar yoki sudxo`rdik qilishardi.
Juhudlar esa gazlama bo`yashar, poyafzalni ta’mirlashar va shunga o`xshash ishlarni bajarishardi.
Boshqaruv va moliya ishlariga kelsak, o`z siyosiy tuzulishiga ko`ra O`rta Osiyo xonliklari YAqin Sharqning boshqa musulmon davlatlariga (Turkiya, Eron, Misr) mutlaqo o`xshamas edi.
XIX asrda Buxoro xonligiga amir hokimlik qilgan. (arbacha bu unvon payg`ambar Muxammadning noibi – xalifa boshqaradigan yaxlit musulmon davlati viloyatlaridan birinigina hokimi ekanini anglatadi).
Oliy ma’muriy hokimiyat qushbegiga taalluqli edi, chunki u katta (bosh) vazir hisoblanar edi. U Buxoro viloyatini (tuman) hokimi ham bo`lgan.
Amirga eng yaqin kishi qozikalon bo`lib, uni amir tayinlardi. Qozi shariat aqidalariga qarab ish olib borgan, uning qarori qat’iy bo`lib, shikoyatga o`rin yo`q. Murakkab xollardagina qozi ishni ulamolar hukmiga havola etgan. O`lim jazosi uchun qozi amirning ruxsatini olishi kerak bo`lgan. Hukm darhol ijro etilgan. jazo turlari: jarima solish, qamoq, darra urish, qo`l yoki oyoq barmoqlarini kesish (ug`rilik uchun) va qizib turgan yoqqa tiqish. Katta gunoh qilganlarni baland minoralardan tashlaganlar.
Xiva xonligi. Bir vaqtlari Shayboniylarga tobe bo`lgan Xorazm Abdullaxon vafotidan so`ng (1598) yanada o`z mustaqilligiga erishdi.
Elbars hukmronlik qilgan Xiva xonligi tasarrufiga Xorazm – Amudaryo etaklaridagi qadimiy dehqonchilik vohasi, shuningdek Minqishloqning Abdulxon tog`lari, Dehiston va O`zboy atrofidagi ko`chmanchi turkman xududlari kirgan.
Amudaryoning o`z yo`nalishini o`zgartiib, Kaspiy dengiziga oqmay qo`yishi (1573 - 1575) va o`n besh yil davomida Orol dengizi tomon burilib, natijada eski atrofidagi yerlarning cho`lga aylanishi Xiva xonligi iqtisodi uchun katta talofat bo`ldi. Urganch va uning atroflari, unga qarashli yerlar qishloqlar cho`lga aylandi, aholisi boshqa yerlarga ko`chib keta boshladi.
Xiva xonligining aholisi etnik, madaniy va til jihatidan bir biridan keskin farqlanuvchi uch guruhga bo`lingan edi.
1 turkiylashgan qadimgi xorazimliklarning bevosita avlodlari. Ular dehqonchilik, hunarmandchilik, hamda savdo – sotiqni yaxshi bilishgan.
2 turkman qabilalari. Ular asosan chorvachilik bilan shug`ullangan, na shahar va na qishloqlar bunyod etishgan.
3 Dashti Qipchoqdan Xorazmga Elbars bilan birga ko`chib o`tgan ko`chmanchi o`zbeklar. Ular qabilalarga bo`lingan bo`lib asosiylari 4 – ta: qiyot – qo`ng`irot; o`yg`un – nayman; qang`li – qipchoq; nuquz – mang`it.
Feodal o`zaro nizolar Arab Muxammad (1602 - 1623) davrida eng yuqori nuqtasiga yetdi. O`g`illari Xabash va Elbars unga qarshi bosh ko`tarib, natijada Elbars taxtni egallaydi, lekin ko`p o`tmay uning ukasi Asfandiyor uni taxtdan ag`daradi va o`zi egallaydi.
Asfandiyor (1623 - 1643) vafotidan keyin Buxoro xoni Xivani o`z mulkiga qo`shib olib uchun necha bor urinib ko`rdi. Lekin Abdulg`ozixon (1643 - 1663) Buxoroliklarning xujumini qaytaradi.
1662 yilda Abdulg`ozixon Buxoro bilan sulh tuzdi. Uning o`g`li Anusha (1663 - 1687) davrida xonlikning ancha rivojlangan va ravnaqi davri hisoblanadi. Anusha vafot etgach, Xiva xonligi tushkunlikka tutdi. 1698 yilda Buxoro xoni Subxonkulixon Xiva xonligini egallab, unga xon Shoxniyozni hukmdor etib tayinlaydi. Shoxniyoz va boshqa noiblar Buxoro xoniga qaram bo`lishdan qutilish uchun xomiy topish uchun xarakat qiladi. 1700 yilda u o`z xoliysidan yashirin holda Petr I ga elchi yuborib, u orqali xonlikni Rusiya tobeligiga qabul qilishni so`raydi. Petr I 1700 yil 30 iyundan yorliqa rozilik bildiradi.

Download 131.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling