Mavzu: Muhammad Shayboniyxon va uning siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi faoliyati Muhammad Shayboniy
Mavzu: Qo’qon xonligining ma’muriy bo’linishi
Download 131.38 Kb.
|
tarix.Saida
Mavzu: Qo’qon xonligining ma’muriy bo’linishi
Qo‘qon davlati kuchayib borishi bilan uning siyosiy maqomi ham o‘zgardi. Agar Qo‘qonning dastlabki hukmdorlari “biy”, “bek” unvonlari bilan davlatni boshqargan bo‘lsalar 1805 yildan bu davlat rasman Qo‘qon xonligi deb e’lon qilindi va Olimxon “xon” unvoni bilan hokimiyatni boshqara boshladi. Markaziy hokimiyatning kuchayib borishi, davlatni boshqarishda xonning cheklanmagan huquqqa egaligi Olimxonga qarshi fitnalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Olimxon o‘z hokimiyatini mustahkamlash uchun ukasi Rustambekni va bir qancha sarkardalarni, din peshvolarini o‘ldirtirib yuborgan edi. Yuzaga kelgan fitnaga uning ukasi Umarbek boshchilik qildi. Nihoyat 1810 yilda Olimxon Qo‘qonga kelayotganda o‘g‘li Shohruhxon bilan birga fitnachilar tomonidan otib o‘ldirildi va taxtni ukasi Umarxon egalladi. Uning hukmronligi davrida (1810-1822) xonlikda siyosiy vaziyat ancha murakkabligicha qoldi. Chimkent va Turkistonda g‘alayonlar ko‘tarildi, o‘ratepa hokimi xonga itoat etishdan bosh tortdi. Ammo davlatni boshqarishda din peshvolari va sarkardalar bilan ittifoq bo‘lib ish tutgan Umarxon bu g‘alayonlarni bostirib, xonlik hududini bo‘linib ketishdan saqlab qoldi. Umarxon 1818 yili Qo‘qon shahrida katta jome masjidi qurish haqida farmon berib, din homiysi sifatida ham o‘z mavqeini oshirdi. Natijada “amir al-muslimin” unvonini va diniy hokimiyatni ham o‘z qo‘liga olishga erishdi. Umarxon davrida Qo‘qonda adabiyot va she’riyat ancha yuksaldi. Xonning o‘zi ham yaxshi she’rlar yozardi. 1822 yilda Umarxon kasallanib, vafot etadi va taxtga o‘g‘li Muhammad Alixon o‘tiradi. Tarixda Madalixon nomi bilan qolgan bu hukmdor davrida (1822-1842) Qo‘qon xonligi siyosiy jihatdan ancha yuksaldi. Qorategin, Ko‘lob, Darvoz viloyatlari va boshqa bir qancha yerlar bosib olinib, xonlik hududi ancha kekngaytirildi. 1826-1831 yillar davomida bir necha marta Qashqarga hujum qilib, xitoyliklar bilan urush olib bordi. Qashqarda olib borilgan urushlar paytida 70 ming uyg‘ur musulmonlari Andijon viloyatiga ko‘chirib keltirildi.Bu davrda Buxoro amirligi bilan ham chegara shaharlar uchun harbiy to‘qnashuvlar bo‘lib turdi. Bu esa mehnatkash aholi turmushining qashshoqlashuviga sabab bo‘ldi. Natijada bir necha bor qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi. Qolaversa, hukmdorligining so‘nggi yillarida Madalixon ham aysh-ishratga berilib ketgan edi. Shu sababli ham unga qarshi fitna yuzaga keladi. Qo‘qonda Madalixon o‘z o‘gay onasiga uylandi va bu bilan musulmonchilikdan chiqdi, degan gaplar tarqatildi. Davlatni boshqarishda katta tajribaga ega bo‘lgan va xonning yaqin maslahatchisi Xaqquli mingboshi tuhmatga uchrab xon tomonidan qatl etilgani fitnachilarga yanada qo‘l keldi. Fitnaga bosh qo‘shgan Qozikalon, Isoxo‘ja lashkarboshi, Toshkent hokimi va boshqalar Madalixonni taxtdan ag‘darib, Olimxonning o‘g‘li Sheralini yoki Murodbiyning o‘g‘li Xo‘jabiyni xon qilib ko‘tarmoqchi bo‘ladilar. Ular Buxoro amiri Nasrulloga elchi yuborib, madalixonni taxtdan ag‘darishda yordam so‘raydilar. Qo‘qon xonligini zabt etib Buxoroga qo‘shib olishni rejalashtirib yurgan amir Nasrullo 1842 yil aprelda katta qo‘shin bilan Qo‘qonga yurish qiladi. Uning asl maqsadini tushungan Madalixon yashinicha saroy xazinasini, oilasini olib, o‘ziga sodiq bo‘lgan 1000 kishi bilan Qo‘qondan Namangan tomonga qochadi. Download 131.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling