Mavzu: Muhammad Shayboniyxon va uning siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi faoliyati Muhammad Shayboniy
Mavzu: Ashtarxoniylar sulolasi vakillarining davlat boshqaruv faoliyatidagi asosiy jihatlari
Download 131.38 Kb.
|
tarix.Saida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer egaligi munosabatlari.
- Dehqonchilik va chorvachilik.
Mavzu: Ashtarxoniylar sulolasi vakillarining davlat boshqaruv faoliyatidagi asosiy jihatlari
Ashtarxoniylar davrida davlat tizimi va boshqaruvi o’z tuzilishi, mohiyati jihatidan shayboniylar davridagidan deyarli farq qilmas edi. Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy hokimiyat boshlig‘i – Xon ixtiyori bilan hal qilinardi. Devonbegi xondan keyingi shaxs bo‘lgan. Ashtarxoniylar davrida saroy qutvoli davlat lavozimi joriy etilib, u davlat mablag‘i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, suv inshootlan barpo etish va obodonchilik ishlarini boshqargan. Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga bo’linib boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Eng yuqori davlat lavozimlariga qudratli o‘zbek qabilalarining boshliqlari tayinlangan. Bu esa mazkur qabilalarning xonlikdagi mavqeyini yanada kuchaytirgan. Harbiy sohada doimiy qo‘shin, markaziy harbiy qo‘mondonlikning yo‘qligi, qo‘shinning zamonaviy qurolyarog‘lar bilan ta’minlanmaganligi Buxoro xonligining harbiy jihatdan o‘ta zaiflashuviga olib kelgan. Yer egaligi munosabatlari. Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf yerlari shakllari mavjud edi. Mulki sultoniy davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga kelib tushardi. Davlat yerlaridan o‘sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yerni ishlatib, olingan hosildan xiroj solig‘i to‘laganlar. Xon davlat tasarrufidagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va sayyidlarga suyurg‘ol shaklida, harbiy qism boshliqlari va saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om qilardi. Suyurg‘ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to‘lamas edi. Tanho shaklida in’om qilingan yerlar tanhodorning xususiy mulki bo‘lmagan. Bu o‘rinda tanhodor o‘sha yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq yig‘ib olish huquqiga ega bo‘lgan. Xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko‘rsatgan alohida xizmatlari uchun ham yermulklar in’om etardi. Bunday mulklar soliqlardan ozod qilinardi va shu boisdan ular “Mulki hurri xolis“ deb atalardi. Diniy mahkamalarga mulki sultoniy hisobidan berilgan yerlar, masjidlar, xonaqohlar, qabristonlar vaqf mulki hisoblanardi. Vaqf mulkidan ham soliq olinmas edi. Barcha mulk shakllarida yersiz kambag‘al dehqonlar ijara hisobiga mehnat qilganlar. Dehqonchilik va chorvachilik. Sug‘oriladigan yerlarda bug‘doy, arpa, jo‘xori, loviya, mosh, sholi, paxta, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Dasht va tog’oldi lalmi yerlarda ham boshoqli ekinlar, kunjut, tarvuz, qovun ekilib, dehqonchilik qilingan. Qabila boshliqlari va amirlar o‘rtasidagi ichki kurashlar mamlakat iqtisodiy hayotini, aholining moddiy turmushini ayanchli ahvolga tushirdi. Dehqonchilik mamlakat iqtisodining butunlay inqirozga tushib qolishidan saqlab turgan asosiy omil bo‘lib, aholining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilgan. Imomqulixon davrida, 1614-1615yillarda Qashqadaryodan Qarshi cho‘liga, 1633-1634-yillarda Qo‘shqo‘rg‘onda kanal chiqarilib, vohalarga suv chiqarilgan. Biroq, ashtarxoniylar davrida suv inshootlari qurilishiga yetarli e’tibor berilmadi. Chorvachilik ham qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i bo’lgan. Download 131.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling