Mavzu: Muhammad Shayboniyxon va uning siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi faoliyati Muhammad Shayboniy
Mavzu: Buxoro xonligining tashkil topishi jarayonlarining manbalarda yoritilishi
Download 131.38 Kb.
|
tarix.Saida
Mavzu: Buxoro xonligining tashkil topishi jarayonlarining manbalarda yoritilishi
Buxoro xonligi 1533-yil tashkil toptan bulib. Buxoro xonligiga Shayboniylar sulolasidan bulgan Ubaydullaxon asos solgan. Ubaydulaxon Shayboniylar davlati poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko’chirdi. Ubaydullaxon Mavoraunnaxrga bostirib kirgan Najmi soniy boshchiligidagi eron askarlarnga karshi muvaffakiyatln urush olib borgan Ubaydullaxon vafot etgach (1540) xonlik qisqa muddat 3 qismga bo’linibketadi. 1551-1556-yillarda Movorounnahr uchun kurashda Iskandarxonning o’g’li Abdulaxon II g’olib chiqadi va 1557- yilda Buxoroni egallab uni o’z poytaxtiga aylantiradi. Abdullaxon II avval amakisi, Balx va Badaxshon hukmdori Pirmuhammadni (1557—1561), keyin otasi Iskandarxonni (1561—1583) xon deb e'lon qilgan bo`lsa-da, amalda mamlakat hukmdori Abdullaxon II ning o`zi edi Amalda o’zi 1583-1598-yillarda rasman xon sifatida Buxoro xonligini boshqaradi. Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. Chunonchi, 1574-yili Balxni, 1578- yili Samarqandni, 1583-yili Toshkent va Farg'onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595yili Xorazmni zabt etdi va o`z davlati tarkibiga qo`shib oldi. Shundan keyin uning davlati sarhadlari janubda Hirotdan Mashhadgacha, shimolda Orol dengizigacha, Kaspiy dengizidan Issiqko`lgachayetdi. Butun Movarounnahr, Xorazm va Xuroson yana yagona hukmdor qo`li ostida birlashtirildi. XVI asr oxirlariga kelib Buxoro xonligi nisbatan markazlashgan ulkan davlatga aylandi. Buxoro jahonning eng qadimiy va tarixiy-me'moriy obidalarga boy go'zal shaharlaridan biri bo'lib, u azaldan islom olamida yuksak nufuzga ega bo'lgan. Buxoro nomi dastlab IX asrda tarixchi Narshaxiy tomonidan zikr etilgan. Ko'plab tarixchilar, tilshunoslar fikricha, Buxoro so'zi qadimgi hind – sanskrit tilidagi “vixara” so'zidan kelib chiqqan bo'lib, “qal'a” ma'nosini anglatadi. Qadimda shahar Numijkat va Faxira, deb ham atalgan. Bu shaharning har bir go'shasida – boy tarixga ega minoralari, osori- atiqalari, muqaddas qadamjolari va obidalarida olis o'tmishning aks-sadosi, qoldirgan izi bor. SHuningdek, u SHarqu G'arbda “ochiq osmon ostidagi muzey, shavkatli tarixning jilvakor ko'zgusi” nomini olgan. VIII asrda mintaqaga islom dini kirib kelishi ortidan Buxoro asta-sekin eng muhim diniy markazga aylanib, islom olamida sharif sanaladigan to'rtta shahardan biriga aylangan. Buxoroi sharifdan butun jahon tan olgan buyuk olimlar, mutafakkir va donishmandlar etishib chiqqan. Ushbu zamin Imom Buxoriy, Ibn Sino, Narshaxiy, Naqshbandiy, G'ijduvoniy kabi buyuk allomalarning dunyoga tanilishida muhim rol` o'ynadi. Ular yozgan asarlar jahon ma'naviy mulkining durdonalariga aylandi. Ayniqsa, Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” to'plami va boshqa asarlari, Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonuni” kitobi islom olami va jahon ilmi javohirlari, deb e'tirof etiladi. Buxoro hududida ulkan tarixiy ahamiyatga ega muqaddas qadamjolar, masjidu maqbaralar, minoralar va madrasalar joylashgan. Islom ta'limi tizimida universitet maqomida bo'lgan nizomiya madrasalari, ya'ni oliy madrasalar aynan Buxoroda faoliyat yuritgan. Download 131.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling