Mavzu: Muhandis xodimlar shaxsining bilish faoliyati psixologiya tavsifi
Download 0.81 Mb.
|
Umarbek Psixologiya
Shaxs psixologiyasini o’rganish o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash demakdir. O’quvchilarning idividual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo’llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish to’g’risidagi hujjatlarda o’quvchilarni (o’z imkoniyatlarini o’zi baholash orqali) mustaqil kasb tanlashga o’rgatish juda muhim va zarur vazifa ekanligi ta‘kidlanadi. Shunga ko’ra psixolog olimlar, metodistlar, tashxis Markazi xodimlari keng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb-kor tanlashga oid yo’l-yo’riqlar va metodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy shaxobchalari kengaytirilishi, professiogramma, professiog-rafiya, psixogrammalar ko’lami orttirilishi lozim.
Bu borada Respublika tashxis Markazining 2003 yil ma‘lumotlari juda qiziqarli va ba‘zan munozaralidir. Bularni quyidagi raqamlarda ham ko’rish mumkin: Respublika bo’yicha 9-sinflarni bitirgan o’quvchilarning 8,00 %ga sanoat yo’nalishlariga yo’llanma berilgan bo’lsa, ularning atigi 3% o’qishga joylashgan. Sog’liqni saqlash sohalariga esa 12,60% yo’llanma berilgan bo’lsa, amalda ularning 4,80 % o’qishga kirgan. Maorif sohalariga esa 9,60 % yo’llanma berilgan bo’lib, ularning 4,00% gina o’qishga joylashganlar («Maktab va hayot» jurnaliga ilova 2003 yil, №1-2, 24-39 betlar). Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab o’quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, so’ngra kasbga yo’llash kerak.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling