Mavzu: Muhandislik inshootlarining shaxsiy va tushuvchi soyalarini aniqalash
Tom karnizidan devorlarga tushgan soya
Download 39.08 Kb.
|
Muhandislik inshootlarining shaxsiy va tushuvchi soyalarini aniqalash
Tom karnizidan devorlarga tushgan soya.
Bino tomi karnizlaridan devorlarga tushgan soyani aniqlash uchun karniz chegarasida ixtiyoriy bir O nuqta tanlanadi. O nuqta Fs va S nuqtalar bilan tutashtiriladi, OFs chiziq devorni O1 da kesadi. O1 dan tushgan vertikal OS nurni O nuqtaning soyasi bo’lgan Oc nuqtada kesadi. OcF1 chiziq karnizda devorga tushgan soyadir (151–shakl). Karnizdagi A nuqtadan devorga tushgan Ac soyasini aniqlash uchun karnizning ostki qismi, ya’ni pastki gorizontal tekisligi narsalar tekisligi deb olinadi. Bu holda tushirilgan plan ko’tarilgan plan bilan almashtiriladi. A nuqta yoritish manbai S va uning ufq chizig’idagi asosi Fs bilan tutashtiriladi. AFs chiziq karniz va devor tekisliklarining kesilish nuqtasi dc ni belgilaydi. Asac dan tushgan vertikal chiziq bilan kesib, A nuqtaning devordagi soyasi Ac ni beradi. Karniz AN chiziq D nuqtada devor bilan kesishadi. Ac nuqta D nuqta bilan tutashtiriladi, chunki AN devorga perpendikulyar chiziq. Shu sababli uning soyasi D nuqtaga intiladi. AcD chiziq AN chiziqning soyasidir. A nuqta joylashgan karnizning devordagi soyasi o’ziga paralleldir, shu sababli Ac F1 chiziq karnizdan devorga tushgan soyadir. Karnizning DB qismi soyasi quyidagicha chiziladi. Karnizda ixtiyoriy tanlangan B nuqtaFs va S nuqtalar bilan tutashtiriladi. BFs chiziq devorni Bc nuqtada kesadi. Bc dan tushgan vertikal BS nurni B nuqtaning soyasi bo’lgan Bc nuqtada kesadi. BcF1 chiziq karnizdan devorga tushgan soyadir. AE karnizning soyasi ham xuddi shu usulda topiladi. Vertikal qirradan devorga tushgan soyani aniqlash uchun nur proyeksiyasi Smc chiziladi. Bu chiziq karniz bilan kesishguncha davom ettirilib, M nuqta aniqlanadi. MFs chiziq devorni mo nuqtada kesadi. Mo dan tushirilgan vertikal chiziq qirraning devordagi soyasi MS qirrani kesgan Mc nuqtadan esa AE qirraning soyasi chiziladi. Mc F1 – AE qirraning soyasidir. Karnizning ostki qismi tekisligi o’z soyasidir. 151–shakl. Foydalanilgan adabiyotlar: U. Abdullayev. “chizma geometriya va chizmachilik asoslari”. T. “O’zbekiston”. 1999. A.Abdurahmonov. “Chizmachilikdan grafik ishlar tizimi”. T. “Cho’lpon”.2005. J.Mirhamidov, G.Alaviya, H.Abidov. “Perspektiva va perspektivada soyalar”. T. “O’zbekiston”.2005. T.Azimov/ Chizma geometriya amaliy darslar uchun/T/2008/ J.Mirhamidov va boshqalar.”Qurilish chizmachiligi”. Toshkent kitob-jurnal fabrikasi. T. 2002. J.Mirhamidov, H.Abidov. “Injenerlik grafikasi”. O’zbekiston Matbuot va Azborot agentligi. T. “O’qituvchi”. 2005. Download 39.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling