MAVZU: MULK HUQUQINING O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA QO’LLASH IMKONIYATLARI.
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
1. Mulk shakllarining bozorga ta’siri
2. Davlat mulkini xususiylashtirish
3. O’zbekistonda mulkni davlat tasarruvidan chiqarish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Bugungi kunda butun jahon ko’chmas mulk bozori o’ta tez su’ratlar bilan rivojlanib, tobora takomillashib bormoqda. Hozirda butun dunyo mamlakatlari boshidan kechirayotgan islohatlar ko’chmas mulkka bo’lgan ishonch va qiziqishining behuda emasligini yana bir bor tasdiqladi. Shu o’rinda e’tirof etish kerakki, respublikamiz Prezidenti va hukumati tomonidan ko’chmas mulkni baholash, mulkni davlat tasrrufidan chiqarish, fuqarolarimizning mulkka bo’lgan loqayd qarashlarini tubdan o’zgartirish, mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishdagi iqtisodiy va huquqiy savodxonligini oshirishga mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq alohida e’tibor qaratib kelinayotganligini davlatimiz tanlagan bozor iqtisodiyotiga o’tish modeli naqadar oqilona va uzoqni ko’zlagan dastur ekanligini tasdiqladi. Hozirgi kunda mulkchilik munosabatlarining o‘zgarishi va xususiy mulkning vujudga kelishi barcha mulk turlari bo’yicha, jumladan ko‘chmas mulk qiymatini baholash faoliyatining rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga ko‘chmas mulk bozori va uning qiymatini baholash xizmatlari bozori jadal sur’atlar bilan rivojlanib, ular o‘zaro bog‘liqlikda tobora takomillashib bormoqda.Bugungi kunda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlardan ko‘chmas mulk qiymatini baholash, jamiyatda xususiy mulkni rolini oshirish, mulkchiliktizimini yanada rivojlantirish bo’yicha bir qancha me’yoriy-huquqiy baza yaratilib, isloh etib borilmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-iyundagi PQ-3764-sonli qarori yuqoridagi fikrlarimizning isboti sifatida qarashimiz mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda tasarruf etishda uning qiymatini adolatli baholarda aniqlash bugungi kundagi eng muhim muammolardan biri sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |