Mavzu: mulk huquqining o’zbekiston iqtisodiyotida qo’llash imkoniyatlari


Download 26.37 Kb.
bet3/4
Sana27.03.2023
Hajmi26.37 Kb.
#1299121
1   2   3   4
Bog'liq
institutsional iqtisodiyot

Davlat mulkini xususiylashtirish

Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishida mulk shakllarining turliligi va xususiy mulkning asosiyligini ta’minlash davlat mulkini xususiylashtirish, uning monopol holatini bartaraf etishni muhim masala qilib qo`yadi. Chunki bozorga o`tish, nobozorcha boshqarish usuli o`rniga bozorcha xo`jalik yuritishni o`rnatish, davlat iqtisodiyotini parchalash, raqobatbop xo`jalik turlarini yaratish asosiy muammolardandir. Davlat mulkini xususiylashtirish (privatizatsiya) umumiqtisodiy voqelik bo`lib, bozor iqtisodiyoti shakllanishi va rivojining zarur shartidir. Privatizatsiya davlat mulkidan boshqa mulk shakllariga o`tishni anglatadi. Privatizatsiya lug`aviy mazmuni xususiylashtirish bo`lgani uchun bu iqtisodiy jarayonni davlat mulkini xususiylashtirish, deb ataydilar. Lekin mazmunan xususiylashtirish privatizatsiyaga nisbatan kengroqdir. U yana umuman iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat mulkiga xususiylik munosabatlarini singdirish kabi erkin, iqtisodiy sharoitga bog`liq choratadbirlarni ham o`z ichiga oladi.
Xususiylashtirish davlat iqtisodiy monopollligini bitirish va o`rniga bozorga xos bo`lgan mulk erkinligini ta’minlashga qaratilgan. Chunki bunda davlat mulki hukmronligi o`rniga asta-sekinlik bilan nodavlat, birinchi navbatda xususiy mulk shakllarini yaratish va bozorga o`tish sharoitilarini paydo etish uchun davlat mulkini xususiylashtirilayotgan bo`lsak, rivoj topgan mamlakatlarda bozor iqtisodi rivoji sohasida katta tajriba orttirib, bozor taraqqiyotini takomillashtirish vash u sohada davlat va bozor tizimlari o`rtasidagi muvozanatni zamonaviylashtirish amalga oshmoqda. Bu ham tub mazmuni bilan monopollashuvga qarshi kurash, raqobatli bozorin kuchaytirish bilan bog`langandir. Shuning uchun bizdagi va G`arbdagi xususiylashtirishni bir xil deb bo`lmaydi. Bizning sharoitimizdagi bu jarayon o`tish vazifasini bajarish va bozor iqtisodiga asos solish bilan bog`langan bo`lsa, G`arbdagisi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotini ta’minlash hamda navbatdagi davlat va raqobat bozori o`rtasidagi yangi balansni ta’minlashdan iborat.
Mulkiy munosabatlarning umumiy va xususiy tomonlari mavjud bo`lganidek, xususiylashtirishning ham umumiy qonuniyat va talablari hamda shuningdek, milliy, ommaviy xususiyatlari ham mavjuddir. Keyingi yillarda iqtisodiyotni nodavlatlashtirish jarayoni sharoitida nog`oyaviylashtirish kuchaymoqda. Chunki faqat xususiylik tarafdorlari bo`lganlar yoki davlat iqtisodiyoti tarafdorlari bo`lganlar kamayib, o`z ahamiyatlarini yo`qotmoqdalar. Aytaylik, Buyuk Britaniyaning yirik neft kompaniyasi bo`lgan “British petrolium”ni konservatorlar emas, balki leyborist demokratlar xususiylashtirishdi.
Shvetsiyada ham sotsial-demokratlar xuddi shunday qilishdi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Nodavlatlashtirish faqat xususiylashtirishdan iborat emas. Buning yo`l va usullari ko`p bo`lib, iqtisodiy ahvol, kuchlar muvozanati, hozirgi holat kabilarni hisobga olgan holda qulay usullardan foydalanish talab etiladi. G`arb davlatlari tajribasiga ko`ra iqtisodiyotning nodavlatlashtirish usullaridan to`rt xilini samarali deb tanlasa bo`ladi. Albatta bu usulni O`zbekiston uchun to`g`ri keladi deb bo`lmaydi. Lekin ulardan foydalanish mumkin. Shunga ko`ra bularni tahlil etish foydadan holi emas deb o`ylaymiz.
1.Bozorni liberallashtirish – bu baholar erkinligiga o`tish bilan birga, raqiblarni bozorda ko`paytirish choralarini qo`llash, kichik biznesni kuchaytirish, chet tovarlarni ko`proq keltirish sharoitlarini kengaytirish kabilar bozorni o`zidano`zi privatizatsiyasiz nodavlatlashtirib, kengaytiradi va talabni qondirish darajasini ko`taradi.
2.Aktsionerli davlat – shaxsiy korxonalarini yaratish, ularning faoliyat sohasini kengaytirish. Bunda davlatning aktsiyali kapitaldagi hissasini pasaytirib borishga qaratilgan soliq, kredit kabi mexanizmlar mavjud.
3.Davlat iqtisodiyotiga xos nobozor muhitni ketma-ket yo`q qiluvchi nodavlatlashtirish usullari. Bular byudjet hisobiga korxonalarning ishini yaxshilash, davlat buyurtmasini qisqartirish, kredit qarzlardan voz kechmaslik, xususiy investitsiya sharoitlarini davlat korxonalariga tadbiq etishlardan iboratdir. Bu bozor munosabatlariga yo`l ochadi.
4.Xususiylashtirishni amalga oshirish. Agar xususiylashtirish keng qo`llanilsa ayrim shaxslar, sotiladigan korxonalar, bank, yangi aktsioner jamiyatlar, chet firmalarning jamoa a’zolari mulkdorlar qatoriga qo`shilib boradilar.
Amalda yuqorida keltirilgan to`rt usul birgalikda olib boriladi. Lekin iqtisodiyotning nodavlatlashtirishda liberallashtirish va xususiylashtirish bir-birini to`ldirib keladi. Chunki bularning o`ziga xos katta ustuvorliklari mavjud. Liberallashtirishni olsak, u bozor eshiklarini keng ochib qo`yadi. Bunda bozorning ichki tuzilishi o`zgarib boradi va iqtisodiyotning nodavlatlashuviga yordam qiladi hamda monopolashuvni zaiflashtiradi. Xususiylashtirish esa birdaniga bunday o`zgarishlarga olib kelmaydi, chunki faqat mulk shakli o`zgaradi, bozorda darrov o`zgarishlar yuz bermaydi va o`sha tovar taqchilligi, monopoliya mavjudligi, tovar sifatining pastligi saqlanib qolaveradi.
Lekin xususiylashtirishning ijobiy tomoni shuki, u mulkning real – haqiqiy egasini topadi. Bilamizki, mulk egasini topmaguncha samaradorlik bo`lmaydi. Demak, bozor mexanizmlari ishga tusha boshlaydi, ishlab chiqraish o`sib, taklif kuchaya boradi. Rivoj topgan mamlakatlarda xususiylashtirish moliya bozoriga ta’sir etadi, natijada sotiladigan aktsiyalar ko`payishi bilan taklif ortadi. Bu hech qanday xarajatlar bilan bog`liq bo`lmaydi va iste’mol buyumlariga bo`lgan talabning qisqarishiga olib keladi. Foydali bo`lgani uchun fuqarolar xursandlik bilan davlat mulkining sotilishida faol qatnashadilar. Inflyatsiyaga qarshi ta’sir kuchli bo`ladi. Daromadlarning bir qismi aktsiyalar sotib olishga sarflanganligi sababli tovar va xizmatlar bozorida talab pasayadi. Angliya, Fransiyaga o`xshagan mamlakatlarda xususiylashtirish jarayonida xuddi shunday voqelik yuz bergan.



Download 26.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling