Mavzu: Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqmustaqil ishim 11
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI “ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” FAKULTETI «IQTISODIYOT» KAFEDRASI «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan MAVZU: Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari. Bajardi: K1-19I gurux talabasi Aminov Sodirbek Yusufovich. Ilmiy rahbar: Katta o’qituvchi M.M.To’xtasinova FARG’ONA 2020 KURS ISHI 2 FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI “ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” fakulteti «IQTISODIYOT» kafedrasi «TASDIQLAYMAN» «Iqtisodiyot» kafedrasi mudiri Iq.fan.nom.Mo`minova E. «____» ___________________2020 y KURS ISHINI BAJARISH BO`YICHA TOPSHIRIQ Aminov Sodirbek Yusufovich 1. Kurs ishi mavzu: Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari Ishni bajarish uchun boshlang`ich asoslar: O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror,farmon va maruzalari, tanlangan mavzu bo`yicha ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotlar, davriy ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqola va tezislar, O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va uning xududiy xududiy bo’linmalari ma`lumotlari, O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo`mitasi statistik to`plamlari, rasmiy internet saytlari ma’lumotlari. 2. Tushuntirish qismi tarkibi Kirish __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 3.Kerakli chizmalar ro`yxati __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 3 4.Kurs ishini bajarish grafigi Ishni bajarish muddati Ishning nomi Boshlanishi Tugashi Bajarganligi To’g’risidagi Belgi 1 2 3 4 5 1 Al Farg`oniy nomli va FarPI axborot resurs markazlarida mavzu bo`yicha adabiyotlar yig`ish. 2 Ishning rejasini tuzish 3 Kirish qismi boyicha ishlash 4 Birinchi rejani tayyorlash va yozish. 5 Ikkinchi rejani tayyorlash va yozish. 6 Uchinchi rejani tayyorlash va yozish. 7 To’rtinchi rejani tayorlash va yozish 8 Beshinchi rejani tayorlash va yozish 9 Xulosa qismini tayorlash va yozish 10 Adabiyotlarni rasmiyashtirish 11 Ilovalarni rasmiylashtirish 12 Tugallangan kurs ishini ilmiy rahbarga taqdim etish. Topshiriq berilgan sana: “____”_________________2020 yil Tugallangan kurs ishni topshirish sanasi: “____”_______________2020 yil Kurs ishi rahbari: _____________________________________________ (imzo) Topshiriqni oldim: ________________________________________ (imzo) “______”______________2020y Kafedra mudiri__________________________ Iq.fan.nom. Mo`minova E.A 4 TAQRIZ “Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti K1 19I guruh talabasi Aminov Sodirbek Yusufovichning kurs ishi mavzusi:Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari. 1. Kurs ishi mazmuni______________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ _____________________________________________________________ 2. Kurs ishining ijobiy tomonlari ____________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ ________________________________________________________________ 3. Kurs ishining salbiy tomonlari ____________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ _____________________________________________________________ 4. Tushuntirish qismi______________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 5. Xulosa _________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Taqrizchi : _________________________________________________________ (familiyasi, ismi, lavozimi, imzo) 2.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. 3.Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari. 4. O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari va xususiyatlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Reja Mavzu: Mulkchilik shakillari o'zgarishining yo'llari va usullari. 1.Mulkchilik shakllari va ularning turlari. 1 6 7 8 1.Mulkchilik shakllari va ularning turlari Ma‘lumki moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish mulkchilik munosabatlarisiz amalga oshirilmaydi va jamiyatning rivojlanishi ham mulkka egalik qilishni talab qiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik munosabatlariga quyidagi mulk turlari kiradi: 1. Davlat mulki; 2. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlari; 3. Ijtimoiy tashkilotlar mulki; 4. Uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi mulki; 5. Yakka tatibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulki; 6. Tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllari; 7. Xususiy mulklardan iboratdir. “O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida”gi Qonunida turli tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritilgandir: Mulkchilik shakllari Davlat mulki Jamoa mulki Xususiy mulk Shaxsiy mulk Aralash mulk 1-rasm.Mulkchilik shakllari. 2 Davlat mulki – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan barcha mulk ob‘ektlaridan iborat. Bu mulk asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi: - birinchisi, xususiy mol-mulk milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkaziladi, - ikkinchisi, davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarga investitsiyalar kiritish. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshoatlar va transport vositalari, yo’llarni ko’rsatish mumkin. O’zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zahirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi. Ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan davlat hokimiyati mahalliy organlar mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualari, xalq ta‘limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabi mol-mulki bo’ladi. Jamoa mulki – bu ixtiyoriy ravishda jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratish va uni hamjihatlik bilan o’zlashtirilishidir. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aksiya chiqarib uni sotish yo’llari bilan shakllanadi. Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarining mulki kiradi, bu mulkka ayrim shaxslar emas, balki ma‘lum guruh, kishilar egalik qiladilar. 3 Shaxsiy mulk - bu har bir kishining mulki bo’lib, bu mulkdan shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojni qondirish uchun foydalaniladi va qonun bilan himoya qilinadi. Shaxsiy mulk har bir kishining mehnat daromadlari evaziga hosil bo’ladi va ko’payib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan kelgan dividend, bank foizlari, xususiy tadbirkorlik daromadi, mulkini ijaraga berishdan kelgan daromad kabi yangi manbalarga asoslanadi. Shaxsiy mulk ob‘ektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste‘mol buyumlari, yakka tartibda faoliyati uchun kerakli bo’lgan ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. Xususiy mulk – bu ayrim tadbirkolarga, sohibkorlarga, ishbilarmonlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. O’zbekiston Respublikasi “Mulkchilik to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasida “Xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir” - deb ko’rsatilgan va qonunlar doirasida uning miqdori va qiymati cheklanmasligi ham qayd etilgan. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, turli shakldagi mulklarning qo’shilishi natijasida aralash mulk paydo bo’ladi va bu mulkdan hosil bo’lgan daromaddan har bir sub‘ekt - mulk egasi - o’zining ulushini oladi va bu mulkni rivojlanishidan manfaatdor bo’ladi. 4 2.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro’y beradi. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin. Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog`liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni o’zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda 5 foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi. Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqariladi. Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo’ysinuvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari (egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko’rinishi hisoblanadi. Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog`liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g`oyat muhim rol o’ynaydi. Bu rol shunda ko’rinadiki, tovar xo’jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo bo’ladi. Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, - birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, - ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini, - uchinchidan, mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi. Mulk egasi, ya‘ni mulkdor mulkiy munosabatlarning faol tomoni bo‘lib, mulkni egallash uchun xuquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Mulk ob‘ekti tabiatdagi narsalar, energiya, aqliy qobiliyat, buyumlar sub‘ektiga to‘la yoki qisman tegishli bo‘lib, mulkiy munosabatlarning passiv tomoni xisoblanadi. Mulkiy munosabat, mulkning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qamrab oladi, ya‘ni mulkiy ob‘ektning sub‘ektiv munosabatlarini ifodalaydi. Bu munosabatlar iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, mulkdorlar o‘rtasida mahsulotlar, daromadlar,boyliklar taqsimlanishini belgilab turadi. 6 Mulkchilik o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, u egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo etadi. Mana shu uch jihat mulchilikning ajralmas unsurlaridir. Zamonaviy mulk (ne‘mat mazmunidagi) tushunchasini keng ma‘noda naf, foydalilik, manfaat, samara, mulkiy huquqlar nuqtayi nazarlaridan mulkdorga, huquqiy va iqtisodiy fantomlarga ega hamda shaffof axborot va huquqiy himoyalanganlik xususiyatlari bilan xarakterlanuvchi ―ne‘mat-fantom-mulkdor uchligi sifatida ifodalab tizimli o‘rganish maqsadga muvofiq. Mulkni bunday ma‘noda ifodalanishi, avvalambor, uni tovar, kapital, turli munosabat vositasi sifatida jalbdor va samarali bo‘lishini, unga bo‘lgan huquq va manfaatlarni to‘liq himoyalanishini anglatadi. Mulkchilik shakllari asosan quyidagi yo‘llar bilan vujudga keladi: - ilohiy va omad faktorlari; - ijtimoiy, siyosiy va huquqiy jarayonlar; - inson mehnati, yuridik shaxslar (jumladan, biznes subektlari) faoliyati; - davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va milliylashtirish (natsionalizatsiya). Bunda davlat, mahalliy hokimiyatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, alohida jamoalar mulkdor subektlar sifatida qaraladi. Sotsium nuqtayi nazaridan mulkka ijtimoiy manfaat va iqtisodiy manfaat manbayi sifatida qarash mumkin. Miqdoran iqtisodiy naf, manfaat, qimmatlilik mulkning jamiyat subektlari uchun qiymat va narx kategoriyalari asosida aniqlanadigan daromad (foyda) miqdori bilan ifodalanadi. Mulkiy munosabatlarsiz ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni va bozor faoliyati mazmunga ega bo‘lmaydi. Zero, yuqoridagi fikrga qo‘shimcha sifatida aytilsa, mulkiy munosabatlar - bu jamiyatdagi boyliklarni bozor muomalasi va o‘zlashtirish bilan bog‘liq ijtimoiy- iqtisodiy,informatsion-huquqiy munosabatlar bo‘lib, ularni amalga oshirilishi jarayonida huquq va majburiyat, mas‘uliyat va javobgarlik, manfaat kategoriyalarining uzviy birligi muhim ahamiyatga ega. 11 15 16 3.Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari. Mulkchilik shakllarini o’zgartirish usullari mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mulkchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek qo’yib,jamiyatda faollik ko’rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusiga keng yo’l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatlashtirishdan qaytish yo’llaridandir. Xususiylashtirish davlat mulkini ma’lum darajada xaqiqiy egalari fuqarolarga berish demakdir. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog`liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog`liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur. Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U so’zsiz tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik munosabatlarini rag`batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug`diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan bo’g`inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. 11 Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog`liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari,kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin. Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo’ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida o’zlashtirilishini bildiradi. Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxona va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksionerlik jamiyatlariga,mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini davlatdan sotib olishidir. Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi: - davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish; - davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; - mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga bepul berish; - mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; - ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; - davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va boshqalarni tashkil etadi. 11 2-rasm.Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari. Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda sotishni uyg`unlashtirish orqali xususiylashtirish. Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos jihati – bu uning bosqichma-bosqich amalga oshirilganligidir. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutstion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmni tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari Mulkni bo’lib berish orqali xususiylashtirish Mulkni sotish orqali xususiylashtirish Mehnat jamoalariga bepul tarqatish Mehnat jamoalariga sotish Jamiyat azolariga bepul bo’lib berish Barcha jamiyat a’zolariga sotish Aholining ayrim ijtimoiy qatlamlariga bepul berish Kim oshdi savdosi orqali jismoniy yoki yuridik shaxslarga sotish Harbir jamiyat a’zosining qo’shgan hissasiga qarab bo’lib berish Keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga berish Foyda keltirmayotgan korhonani mehnat jamoasiga bo’lib berish Tashqi qarzni evaziga berish yoki sotish 11 4.O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari va xususiyatlari. Iqtisodiyotni rivojlantirishning bozor yo’li - bu ko’p mulkchilikdir yoki ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirishdir. Buning asosida davlat tasarrufida bo’lgan mulkni xususiylashtirib davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. Davlatimiz rahbari mulkchilik masalasini hal qilishni “....bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi” deb ko’rsatadi. Shu sababli O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berilib, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi Qonuni 1991 yil 19 noyabr qabul qilindi. Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishini bildiradi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa, davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub‘ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a‘zolari o‘rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki», deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko‘rsatib o‘tilgan yo‘llari hamda usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog‘liq. Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali bepul taqsimlash usuli qo‘llanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g‘oyat keng qatlamini vujudga keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o‘rtasida o‘tkaziladi. 22 Agar xususiylashtirish chetdan kapitalning kirib kelishiga, yo‘l ochishi zarur bo‘lsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni qo‘llashni rad etmaydi, aksincha,ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish, bu aksiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining ishtirok etishi ham bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab - pulli; - pulsiz; - imtiyozli tarzda o‘tkaziladi. O‘z shakli va usulidan qat‘iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta‘minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkning barcha shakllari va turlari rivojlanadi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek qo‘yib, jamiyatda faollik ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusiga keng yo‘l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlat zimmasidan soqit qilish yo‘llaridan biri bo‘lib, davlat mulkini ma‘lum darajada haqiqiy egalari - fuqarolarga berish demakdir. Ko‘pincha xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi.Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini bo‘lib berib bo‘lmaydi,bunda aholining hammasi mulkka ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni o‘z zimmasiga olavermaydi. Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo‘lib, aholining daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan, biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo‘lib, aksiya sotib olish va korxona mulkida o‘z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar. 23 Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling