Mavzu: mulkchilik va xo`jalik yuritish shakllari


II. Mulk ob'ektlari va sub'ektlari


Download 66.5 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1632345
1   2   3   4
Bog'liq
Mulkchilikning turli shakillardagi xojalik subyektlari moliya siyosati

II. Mulk ob'ektlari va sub'ektlari
Mulkchilik munosabatlari uning obektlari va subektlari bo‘lishini shart qilib qo‘yadi.
Mulkchilik obekti- bu mulkka aylangan barcha boylik turlaridir. Unga yer, suv, konlar, o‘simlik va xayvonot dunyosi, mashinalar, mashina uskunalar, imoratlar va inshootlar, moddiy va ma'naviy buyumlar, pullar, qimmatli qog‘ozlar, maxsulotlar-xizmatlar, tarixiy yodgorliklar, ilmiy-texnikaviy g‘oyalar, tovar belgilari, tovarlarning o‘zi, insonning unumli va ijtimoiy mexnat qilish qobiliyati kiradi.
Mana shu moddiy va nomoddiy ne'matlarni o‘zlashtirish yuzasidan mulkiy aloqa shakllanadi.
Ne'matlar mulkka aylangandagina o‘zlashtiriladi.
Mulkchilik subekti - mulk obektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlarning ishtirokchilari.
Bular jumlasiga davlat, respublika fuqarolari, kolllektivlar, ularning uyushmalari, jamoat va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va boshka birlashmalari, xalqaro tashkilotlar, boshqa xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar kiradi. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar bitta mulkning subektlari bo‘lishi mumkin.
Aytilgan subektlarga qarab o‘zlashtirish individual, oilaviy, ijtimoiy-siyosiy, xuquqiy va umummilliy tus oldi.
Mulkning tuzilishi va shakli xilma-xilligi sababli, bu mulkni o‘zlashtiruvchi yuqorida ko‘rsatilgan subektlar xam turli darajada bo‘ladi.
Masalan, davlat mulkining bevosita subektlari respublika xukumati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari va muassasalari xamda ularning mexnat jamoalari a'zolari bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, mulk subektlari ko‘p darajali bo‘lib, shu subektlardan birortasi o‘zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tusda bo‘ladi. O‘zlashtiriladigan mulk ikki xil bo‘ladi:

  1. ishlab chiqarish resurslari yoki vositalarini o‘zlashtirish;

  2. ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish;

a) Ishlab chiqarish resurslarini o‘zlashtirishda moddiy va mexnat resurslari ishlab chiqarish soxibining mulkiga aylangandan so‘ng o‘zlashtiriladi.
b) Ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish yaratilgan maxsulot- xizmatlarini, ularni sotishdan kelgan daromadni kishining mulkiga aylanishini bildiradi. Resurslar kishining mulki bso‘lsa, natija xam uniki bo‘ladi.Lekin bu xolda egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish yaxlit xolda va bir subekt ixtiyorida bo‘lgandagina yuz beradi.



Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling