Mavzu: mulohaza. Hulosa chiqarish. Reja: Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida


E –Umumiy inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to’liq hajmda olingan bo’ladi.Masalan


Download 179.5 Kb.
bet4/14
Sana19.10.2023
Hajmi179.5 Kb.
#1710221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
11 mavzu. Mulohaza. Hulosa chiqarish

2.E –Umumiy inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to’liq hajmda olingan bo’ladi.Masalan, «Hech bir dindor e’tiqodsiz emas». Bu hukmda S – dindorlarni, P – e’tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir – umumiylik hisoblanadi. Bunda har ikki terminning hajmi bir-birini istisno qiladi (3-rasm).
3-rasm


3. I –Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liqsiz hajmda olinadi, predikati esa ba’zan to’liq, ba’zan to’liqsiz hajmda bo’ladi.Masalan: «Ba’zi talabalar ingliz tilini biladi». Hukmning terminlari quyidagicha: S – talabalar, R – ingliz tilini biladilar, ba’zi – mavjudlik hisoblanadi. Bu hukmda S ham, R ham to’liqsiz hajmda olingan bo’lib, har ikki terminning hajmi bir-biriga qisman mos keladi (4-rasm).

4-rasm

Yana bir misolni ko’ramiz: «Ba’zi vrachlar xirurgdir». Bu hukmda S – vrachlar, R – xirurglar, ba’zi-mavjudlik hisoblanadi. Hukmda sub’ekt to’liq hajmda olinmagan, chunki unda ba’zi vrachlar haqida fikr bildirilgan, predikat esa to’liq hajmda olingan, chunki xirurglarning hammasi vrachdir. Predikatning hajmi sub’ektning hajmiga kirgani uchun u to’liq hajmda olingan bo’ladi (5-rasm).

5-rasm.
4. U –Juz’iy inkor hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liqsiz hajmda, predikati esa to’liq hajmda olinadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar hunarmand emas». Bu hukmning terminlari S – yoshlar, R – hunarmand emaslar, ba’zi – mavjudlik hisoblanadi. Hukmning sub’ekti to’liq hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir qismi haqida fikr yuritiladi, xolos. Hukmning predikati esa to’liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr bildirilgan (6-rasm).


6-rasm



Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy hukmlarning sub’ektihamma vaqt to’liq hajmda, juz’iy hukmlarning sub’ektito’liqsiz hajmda olinadi. Inkor hukmlarning predikatihamma vaqt to’liq hajmda bo’ladi. Tasdiq hukmlarning predikatiR S bo’lgandagina to’liq hajmda bo’ladi, boshqa hollarda esa to’liqsiz hajmda olinadi.
Hukmlarda terminlar hajmini aniqlash qat’iy sillogizmni to’g’ri tuzishda va bevosita xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega.

Download 179.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling