Mavzu: mulohaza. Hulosa chiqarish. Reja: Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida


BIRLAShTIRUVChI (kon’yunktiv) hukmlar


Download 179.5 Kb.
bet6/14
Sana19.10.2023
Hajmi179.5 Kb.
#1710221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
11 mavzu. Mulohaza. Hulosa chiqarish

BIRLAShTIRUVChI (kon’yunktiv) hukmlar deb ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning «va» «ham », «ham da» kabi mantiqiy bog’lovchilar vositasida o’zaro birikishidan hosil bo’lgan hukmlarga aytiladi. Masalan: 1."Qo’ngirok chalindi va dars boshlandi». 2. «A. Navoiy shoir va davlat arbobi bo’lgan». 3. «Muhammad Xorazmiy va Axmad Fargoniylar matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar».
AYIRUVChI (dizyunktiv) hukm deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy bog’lamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog’lovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni, yoki bir qancha sub’ektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan: «Qodirov falsafa, yoki sotsiologiya, yoki psixologiya bo’limida o’qiydi». «Ikkinchi soatda yo matematika, yoki chet tili darsi bo’ladi». Ayiruvchi bog’lamalar «V» - dizyunktsiya belgisi orqali ifodalanadi.
ShARTLI (implikativ) hukm ikki oddiy hukmning «agar... unda» mantiqiy bog’lamasi orqali birikishidan tashkil topadi. Shartli hukmning mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va etarli shart tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta’minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo’lmasa, hodisa ham bo’lmaydi. Masalan: «Agar o’simlik suvsiz qolsa, u quriydi».
EKVIVALENTLIK hukmlari «agar va faqat agar ... unda» mantiqiy bog’lovchisi yordamida ikki oddiy hukmning o’zaro bog’lanishidan hosil bo’ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik hukmi shartli hukm ko’rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli hukmning ekvivalent hukm ekanligini aniqlash zarur bo’ladi. Agar shartli hukmning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va etarli shart hisoblansa, unda bu hukm ekvivalent hukm bo’ladi. Masalan:«Agar berilgan butun son juft son bo’lsa, unda u ikkiga qoldiksiz bo’linadi».
Hukmlar (mulohazalar) o’rtasidagi munosabatlar. Mulohazalar (hukmlar) ham tushunchalar kabi taqqoslanadigan (umumiy sub’ekt yoki predikatga ega bo’lgan) va taqqoslanmaydigan turlarga bo’linadi.

Download 179.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling