Mavzu: mulohaza. Hulosa chiqarish. Reja: Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida


 PREDIKATGA QARAMA-QARShI QO’YISh


Download 179.5 Kb.
bet10/14
Sana19.10.2023
Hajmi179.5 Kb.
#1710221
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
11 mavzu. Mulohaza. Hulosa chiqarish

3. PREDIKATGA QARAMA-QARShI QO’YISh(lot.- contrapositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo’lib, bu usul qo’llanilganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so’ngra almashtiriladi. Natijada hosil qilingan mulohazaning (xulosaning) sub’ekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning sub’ektiga mos bo’ladi:

Bunda xulosada S ning inkor shaklida bo’lishi xulosa bog’lovchisining inkor etilishi natijasidir. Predikatga qarama-qarshi qo’yishda A-E ga, E-I ga, O-I ga o’zgaradi.
Turli mulohazalardan bu usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi sxemada ko’rsatilgan:






Хулоса асоси

Хулоса

1

А

Ҳамма S-P

Ҳеч бир P эмас S эмас

2

Е

Ҳеч бир S-P эмас

Баъзи P эмас S дир

3

О

Баъзи S-P эмас

Баъзи P эмас S дир

Masalan,
1. A. Hamma xukmlar darak gap orqali ifodalanadi.
E. Darak gap orqali ifodalanmagan fikr xukm emas.

2. E. Hech bir vatanparvar o’z Vataniga xiyonat qilmaydi.


I. Ba’zi Vataniga xiyonat qilmaydiganlar vatanparvardir.

3. O. Ba’zi talabalar faylasuf emas.


I. Ba’zi faylasuf bo’lmaganlar talabadir.
Juz’iy inkor mulohazadan predikatga qarama-qarshi qo’yish usuli bilan xulosa chiqarilganda, bu mulohazadan almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo’lmasligini e’tiborga olish zarur. Shuning uchun O mulohazadan
«Ba’zi S-P emas» shaklida emas, balki «Ba’zi S emas–Pdir»
«Ba’zi R-S emas», «Ba’zi R emas S dir»
shaklida xulosa chiqariladi.
Juz’iy tasdiq (I) mulohazadan predikatga qarama-qarshi qo’yish usuli bilan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Chunki, «Ba’zi S-P mulohazani aylantirsak «Ba’zi S-P mas emas» ya’ni juz’iy inkor xukm kelib chiqadi. Undan almashtirish orqali xulosa chiqarib bo’lmaydi.
Ma’lumki, deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bo’ladi. Sillogizm qo’shib hisoblash, degan ma’noni anglatadi. Bu termindan mantiqda, odatda, deduktiv xulosa chiqarishning ko’proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy qat’iy sillogizmni ifoda qilish uchun foydalaniladi. Sillogizm xulosa chiqarishning shunday shakliki, unda o’zaro mantiqiy bog’langan ikki qat’iy mulohazadan uchinchi-yangi qat’iy mulohaza zaruriy tarzda kelib chiqadi. Bunda dastlabki mulohazalardan biri albatta yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza bo’ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo’lmaydi. Shunga ko’ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo’ladi. Masalan, quyidagi mulohazalar berilgan bo’lsin:
Hech bir xasis sahiy emas.
Ba’zi boylar xasisdir.
Bu mulohazalardan zaruriy ravishda - «Ba’zi boylar sahiy emas», degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qat’iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat’iy sillogizm deyiladi.
Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (conslusio) dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi – S - kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi – R - katta termin (terminus major) deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bo’lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha – M - (terminus medius) o’rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o’z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni o’z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi.
Terminlarning katta yoki kichik deb atalishi o’lar ifodalagan tushunchalarning hajmiga boglik. Terminlar o’rtasidagi munosabatni doiralar yordamida quyidagicha ifodalash mumkin.
S - kichik termin.
M - o’rta termin.
R - katta termin.
O’rta termin katta va kichik terminni mantiqiy boglovchi element hisoblanadi.



Download 179.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling