Mavzu: mulohaza. Hulosa chiqarish. Reja: Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida


Download 179.5 Kb.
bet11/14
Sana19.10.2023
Hajmi179.5 Kb.
#1710221
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
11 mavzu. Mulohaza. Hulosa chiqarish

SILLOGIZM AKSIOMASI.Aksiomalar isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy mulohazalar bo’lib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulosalashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi. Sillogizm aksiomasini terminlarning hajmiga yoki mazmuniga ko’ra, ya’ni atributiv ta’riflash mumkin.
Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi quyidagi qoidaga asoslanadi: «agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo’lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning ichida bo’lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning ichida joylashgan bo’ladi» yoki «bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo’lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan tashqarida bo’lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan tashqarida joylashgan bo’ladi». Bu qoidani quyidagi sxemalar yordamida yaqqol ifodalash mumkin.


Bu qoida sillogizm aksiomasining mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Sillogizm aksiomaning mohiyati quyidagicha: buyum va xodisalarning sinfi to’g’risida tasdiqlab yoki inkor etib bayon qilingan fikr shu sinf ichiga kiruvchi barcha buyum va xodisalarning har biri yoki ayrim qismiga ham taalluqli bo’lgan tasdiq yoki inkor fikr hisoblanadi.
Masalan:
Tafakkur shakllari ob’ektiv xarakterga ega.
Tushuncha tafakkur shaklidir.
Tushuncha ob’ektiv xarakterga ega.
SILLOGIZMNING UMUMIY QOIDALARI.Xulosa asoslarining chin bo’lishi xulosaning chin bo’lishi uchun etarli emas. Xulosa chin bo’lishi uchun yana ma’lum qoidalarga amal qilish ham zarur. Bu sillogizmning umumiy qoidalari deb ataladi. Ular sillogizmning terminlari va asoslariga taalluqli bo’lgan qoidalar bo’lib, quyidagilardan iborat:
1. SILLOGIZMDA UChTA TERMIN: KATTA, KIChIK va O’RTA TERMINlar bo’lishi kerak. Ma’lumki, sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning o’rta terminga bo’lgan munosabatiga asoslanadi; shu sababdan ham terminlar soni uchtadan kam yoki ortiq bo’lmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bo’lsa, xulosasi yangi bilim bermaydi.
Masalan: Hamma notiqlar so’z san’atini chuqur egallagandir.
So’z san’atini chuqur egallaganlar orasida notiqlar ham bor.
Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bo’lmaydi, chunki terminlar soni ikkita. Terminlar sonining uchtadan ortib ketishi ayniyat qonuni talablarining buzilishi bilan bog’liq bo’lib, terminlarning to’rtlanishi (quarternio termunorum), deb ataluvchi xatoga olib keladi:
Davlat-iqtisodiy munosabatlarining siyosiy ifodasidir.
Har bir inson uchun sixat-salomatlik eng katta davlatdir.
Bu mulohazalarda «davlat» tushunchasining ikki xil ma’noda qo’llanilishi chetki terminlarning o’zaro mantiqiy bog’lanishiga imkon bermaydi. Terminlarning uchtadan ortiq bo’lishi asoslar o’rtasidagi mantiqiy aloqadorlikning uzilishiga ham sabab bo’ladi:
Hamma notiqlar-shuxratparast.
Tsitseron-davlat arbobi bo’lgan.
Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bo’lmaydi, chunki bu mulohazalar o’zaro mantiqiy boglanmagan.

Download 179.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling