Mavzu: muloqot reja


Download 146.07 Kb.
bet5/5
Sana02.11.2023
Hajmi146.07 Kb.
#1740450
1   2   3   4   5
Bog'liq
muloqat

Instrumental muloqot sifatida mustaqil ehtiyoj bilan rag‘batlantirilmaydigan, maqsadga aylanmagan, lekin muloqot aktining o‘zidan qoniqishdan tashqari, qandaydir boshqa maqsadga qaratilgan muloqotni keltirish mumkin. Maqsadli – bu o‘z holicha maxsus ehtiyojni, ushbu vaziyatda muloqotga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi muloqot.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, odamlarning amaliy faoliyatida muloqotning quyidagi turlarini ajratadilar:
1. «niqoblar aloqasi» - suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va hisobga olishga intilish mavjud bo‘lmagan rasmiy muloqot bunda haqiqiy hissiyotlar, istaklar, munosabatlarni yashirish imkonini beruvchi rasmiy iboralar, odatiy xushmuomalalik, dimog‘dorlik niqoblari, yuz, imo-ishora ifodalarining to‘plami qo‘llaniladi.
2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi ob’ekt sifatida baho beradilar: agar zarur bo‘lsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar xalal beradigan bo‘lsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qo‘pol iboralarni qo‘llaydilar.
3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot (boshliq – qo‘l ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz). Bunda ma’lum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va vositalari ularga bo‘ysundirilgan.
4. Boshqariladigan muloqot suhbatdoshning shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, turli usullarni ( xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda undan foyda olishga qaratilgan.
5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bo‘lmasligidan iborat, ya’ni, odamlar o‘z fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy bo‘lgan fikrlarni bildiradilar.
6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot.
7. Do‘stlarning ma’naviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni qo‘zg‘atish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida tushunish mumkin.
Inson hayotida muloqot alohida jarayon yoki faollikning mustaqil shakli sifatida mavjud bo‘lmaydi. U jadal va ko‘p tomonlama muloqotsiz paydo bo‘lmaydigan individual yoki guruhli amaliy faoliyatga kiradi.
Odamlar o‘rtasidagi muloqotning eng muhim turlari verbal va noverbal muloqotdir ( 6.1 rasm).

Qiziqarli ma’lumotlar:



Ayollar muloqot vaqtida erkaklarga
qaraganda 15% ko'proq ko'zga
qaraydilar.






AGAR ISHINGIZ KO'P INSONLAR
BILAN MULOQOT QILISH BO'LSA
ORQANGIZGA KO'ZGU QO'YIB QO'YING
Sababi ko'p insonlar uzoq vaqt kutib
qolganlarida g'azablanishadi va sizning
oldingizga yomon kayfiyatda kirishadi. Ammo
ular organgizdagi oynada o'zlarini ko'rgach
emotsiyasidan biroz uyalishadi va kulib

muomala qilishni boshlashadi.







Delfinlar muloqot tizimi shu qadar
rivojlanganki har bir delfin o'z nomiga
ega Ular maxsus tovushlar orqali bir
birni ismini aytib chaqirashadi delfinlar
juda aqilli hayvon turiga kirar ekan

Psixologik test



O'zingizning muloqot turingizni aniqlang! Odamlar bilan qanday munosabatda bo'lasiz Buning uchun qushlardan birini tanlang va o'z muloqot munosabat turingizni bilib oling
JAVOBLAR
1⃣ Mobil tur - odamlar bilan muloqot qilishda siz hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmaysiz. Siz suhbatga osongina qo'shilasiz va hech qachon noma'lum kompaniyada adashmaysiz. Biroq, siz ko'pincha bir mavzudan ikkinchisiga o'tasiz va bu sizning katta kamchilikingiz.

2⃣ Qattiq tur - muloqotning boshida qiyinchiliklarni boshdan kechirish. Siz uchun dialog boshlash qiyin, ammo keyinroq qo'shilasiz. Agar siz muloqot qobiliyatlarini oshirishni istasangiz, bu sizning psixologik chegarangiz.


3⃣ Dominant tip - siz odamlar bilan suhbatlashishda doimo yetakchi pozitsiyani egallashga harakat qilasiz. Siz tez-tez qattiqqo'lsiz, baland ovoz bilan gapirasiz va hatto o'zingizni masxara qilishga yo'l qo'yasiz. Siz odamlar bilan muomalada ko'proq bazi narsalar cheklangan bo'lishingiz kerak, aks holda siz o'zingizni juda ko'p dushman ortirasiz


4⃣ Shartli tip - siz ko'pincha muloqotni faqat hissiy ehtiyoj sezganda boshlaysiz. Shunday qilib, atrofingizdagi odamlar sizni doimo o'z yonlaridan joy beradi sizga u hozurda kerak deb o'ylashlari mumkin. Hissiy nazorat bilan ishlashga arziydi.


5⃣ Muloqot paytida uyatchanlik, kamtarlik sizga xosdir. Siz hech qachon tashabbusni ko'tarmaysiz va aksincha, undan voz kechishga tayyorsiz. Ba'zida sukunat chindan ham oltin rangga ega, ammo ba'zida "jilovni" o'z qo'liga olish uchun ishlashga arziydi.




6⃣ Faol tur - muloqot paytida siz har doim o'sha insonga qo'l teqizish turidan foydalanasiz! Ba'zilarga bu dialog umuman yoqmaydi. Imo-ishoralarsiz gapirishni o'rganishingiz kerak
Download 146.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling