Mavzu: multi medi yali kompyuterlarni ng texni k va
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-маъруза матни
MA’RUZA №1 MAVZU: MULTI MEDI YALI KOMPYUTERLARNI NG TEXNI K VA DASTURI Y TA’MI NOTI HAQI DA BOSHLANG‘I CH M A’LUMOTLAR REJA
1. Kirish. 2. Shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari 3. Tizimli blok va unin tashkil etuvchilari 4. Kiritish qurilmalari. 5. Shaxsiy kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalari 6. Tizimli dasturiy ta’minot. 7. Operatsion tizim tushunchasi. 8. Amaliy dasturiy ta’minot. Kompyuter – bu dasturiy boshqariluvchi universal elektron qurilma bo‘lib, ma’lumotlarni avtomatik tarzda qayta ishlash, saqlash va uzatish vazifasini bajaradi. Hisoblash mashinalari yaratila boshlagan davrdan buyon, ularni dasturiy boshqarish prinsipi asosida ishlab chiqishga harakat qilingan. Kompyuterning dasturiy boshqarilish prinsipi shundan iboratki, buyruqlar ketma-ketligidan tashkil topgan dastur avval kompyuter xotirasiga yoziladi. So‘ng kompyuter bu dasturda keltirilgan buyruqlarni avtomatik ravishda bajarishga kirishadi. Dastur – bu oldindan belgilangan ma’lum bir tartibda bajariladigan arifmetik, mantiqiy va boshqa turdagi amallarning chekli ketma-ketligidir. Kompyuter dasturchi tomonidan ishlab chiqilgan va kompyuter xotirasiga kiritilgan dastur asosida ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar arxitekturasining asosini magistral-modulli prinsip tashkil etadi. Kompyuterlarning modulli tashkil etilishi qurilmalar orasida ma’lumotlar almashinishning magistralli (shinali) prinsipiga tayanadi.
Bundan tashqari modulli prinsip kompyuterlarni yangi qurilmalar bilan boyitish imkonini yaratadi. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning funksional sxemasi quyidagicha:
Rasm 1. Kompyuterlarning funksional sxemasi Multimediali kompyuter — bu multimedia texnologiyalari asosida ishlay oladigan texnik va dasturiy ta`minotga ega bo’lgan kompyuterdir. Barcha z amonaviy kompyuterlardagi kabi multimediyali kompyuterlar ham ikkita murakkab o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir qiluvchi elementlarni o‘z ichiga oladi. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy (software) ta’minot lardir. Apparat ta’minot — bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo‘shimcha (atrof) qurilmalaridir. Barcha shaxsiy kompyuterlar asosiy va qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topadi. Asosiy qurilmalariga kompyuter ishlashi uchun albatta mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan qurilmalar kiradi. Ular quyidagilardan iborat: 1. Monitor; 2. Tizimli blok; 3. Klaviatura va sichqoncha. Monitor – bu vizual chiqarish qurilma bo‘lib, asosiy vazifasi sonli, matnli va graffikli ko‘rinishdagi ma’lumotlarni ekranda tasvirlashdan iborat. Monitorlar ishlab chiqarilish texnologiyasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 1. Elektron nur trubkali monitorlar: 2. Qo‘yiq kristal oynali monitorlar: 3. Gazo-plazmali monitorlar: Tizimli blok – bu kompyuterning asosiy qismi bo‘lib, u tizimli blok korpusiga joylashuvchi bosh plata va unga ulanuvchi qurilmalar: mikroprotsessor, qattiq disk, tezkor va kesh xotira mikroshemalari, har xil tashqi qurilmalar ishini boshqaradigan elektron sxemalar – kontrollerlar, adapterlar (video, musiqa, tarmoq platalari), elektr manbai bloki va kompakt disk yurituvchi kabilardan iborat. Tizimli blonking asosiy vazifasi kompyuterning barcha qurilmalarini birlash-tirishdan va ularning ishini ta'minlashdan iborat. Tizimli blokning asosiy tashkil etuvchi qismlari quyidagilardir:
1. Mikroprotsessor – bu kompyuterning markaziy qurilmasi bo‘lib, dastur orqali berilgan arifmetik va mantiqiy amallar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyasini va kompyuterning barcha qurilmalari ishini boshqarish funksiyasini bajaradi. Shunga ko‘ra protsessor ikki qurilmadan: arifmetik-mantiqiy qurilmadan va boshqarish qurilmasidan tashkil topadi. Arifmetik-mantiqiy qurilmaning vazifasi buyruqlarni bajarishdan, boshqarish qurilmasining vazifasi esa kompyuter qurilmalari ishini dasturiy boshqarishdan iborat. 2. Qattiq disk – bu ma’lumotlarni doimiy saqlash qurilmasi bo‘lgani uchun ba’zan uni doimiy xotira ham deb atashadi. Bundan tashqari vinchester deb ham nomlanadi. Bunga sabab birinchi ishlab chiqarilgan qattiq disk nomidan kelib chiqqan, ya’ni 1973 yilda IBM firmasi tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi "30/30" bo‘lgan va bu mashhur Winchester miltiqning kalibrga o‘xshar edi. Qattiq disklarning asosiy xarakteristiklari ularning hajm va ishlash tezligidir. 3. Tezkor xotira mikrosxemalari yoki kompyuterning tezkor xotirasi – bu kompyuter yoqilganda kompyuterni bashqaruvchi dasturlar va boshqa amaliy dasturlarni vaqtinchalik o‘zida saqlovchi qurilma hisoblanadi. Asosiy xarakteristikasi uning hajmi va ishlash chastotasi hisoblanadi. Hozirgi kunda tezkor xotiraning bir qancha ko‘rinishlari mavjud. 4. Kesh xotira mikroshemalari –bu kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko‘p ishlatiladigan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o‘rtasida joylashadi. 5. Kontroller yoki adapterlar. Ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta'minlaydilar. Ishlash holatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmoq platasi va hakozalar.) 6. Bosh plata (Mother board) – bu asosiy elektron sxema bo‘lib, unga mikroprotsessor, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, kontroller va adapter elektron sxemalari o‘rnatiladi, qattiq disk va disk yurituvchilar ulanadi.
7. Disk yurituvchilari. Bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni o‘qish va ularga saqlash ishlarni bajararuvchi qurilma. Kompakt disk yurituvchilarining quyidagi turlari mavjud: CD-ROM – kompakt disklarni o‘qish uchun ishlatiladi. CD-RW – kompakt disklarni o‘qitish va yozish uchun ishlatiladi. DVD-ROM – kompakt va raqamli multimedia disklarni o‘qish uchun ishlatiladi. DVD-RW – kompakt va raqamli multimedia disklarni o‘qish va yozish uchun ishlatiladi. Blu-Ray – shu turli disklarga ma’lumotlar yozish va o‘qish uchun ishlatiladi. 8. Elektr manbai bloki – bu har bir qurilmaning o‘ziga mos elektron quvvat ehtiyojini ta'minlovchi qurilmadir. Ular ishlash quvvatlari bo‘yicha farqlanadi.
Kiritish qurilmalari Kiritish qurilmlari – bu kompyuter xotirasiga ma’lumotlarni kiritish imkonini yaratuvchi qurilmalardir. Kiritish qurilmalarining asosiy vazifasi har xil ko‘rinishdagi: son, matn, grafik, audio va video ma’lumotlarni raqamli (ikkilik) formaga o‘tkazib, kompyuter xotirasiga kiritishdan iborat. Kiritish qurilmalariga quyidagilar kiradi. Клавиатура — bu кoмпьютер xotirasiga alfavit raqamli ma’lumotlarni kiritishga mo‘ljallangan qurilma. Standart holda klaviaturadagi tugmalar soni 101tadan 105 tagacha bo‘lishi mumkin. Lekin hozirda asosan multimediyali kaviaturalar ishlab chiqarilmoqda. Ularda qo‘shimcha bir qancha tugmalar kiritilgan. Klaviatura harfli tugmalarning joylanishiga ko‘ra ingliz (QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga bo‘linadi.
1. Alfavit-raqamli va belgili tugmalar 2. Funksional tugmachalar: F1, F2, F3 .. F12 3. Yo‘nalish tugmalari 4.
Qo‘shimcha panel tugmachalari
Manipulyatorlar – bu (koordinatani ko‘rsatuvchi qurilma, kursorni boshqarish qurilmasi) axborotni kiritish uchun qo‘shimcha boshqaruv pulti hisoblanadi. Ular klaviatura bilan birgalikda foydalanuvchiga kompyuterda ishlashda qulay muhit yaratib beradi.
Hozirda shaxsiy kompyuterlarda quyidagi manipulyator turlaridan foydalaniladi: joystik; nurli pero; “sichqoncha” turidagi manipulyator; sharli manipulyator (shar tipidagi manipulyator). Joystik – kursorni ekranda to‘rt yo‘nalishdan biriga ko‘chishini ta’minlaydi. U maxsus ko‘rpusga o‘rnatilgan dastakdan iborat. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling