Mavzu: multi medi yali kompyuterlarni ng texni k va
Shaxsiy kompyuterlarning qo‘shimcha qurilmalari
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-маъруза матни
Shaxsiy kompyuterlarning qo‘shimcha qurilmalari
Komp’yuterning imkoniyatlari — nafaqat ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va ekranda chop qilishdan iborat emas. Ularga turli xil qo‘shimcha qurilmalar ulash orqali ularni imkoniyatlarini yanada kengaytirish mumkin. Hozirgi zamonaviy kompyuterlarning barchasi ochiq arxitektura prinsipi asosida tashkil etilganllgi uchun ularga juda ko‘plab qo‘shimcha qurilmalar ulash imkoniyati mavjud. Shaxsiy komputerlarga ulash mumkin bo‘lgan qurilmalar kompyuterlarning qo‘shimcha qurilmalari deb ataladi. Kompyuterlarning qo‘shimcha qurilmalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Printerlar - bu ma’lumotlarni qog‘ozga chop etish uchun xizmat qiladigan qurilma. Printerlar matritsali (ignali), purkagichli va lazerli turlarga bo‘linadi. Ularning har biri bir biridan ozining xarakteristikalari bilan, yani ishlash holati, chop etish tezligi va sifati, rangli va rangsizligi kabilar bilan ajralib turadi. Matrisali printerlar pechatlash mashinaga o‘xshagan holda ishlaydi. Qog‘oz va ignali qurilma o‘rtasida qora rangli lenta joylashadi va ignalar lentaga urilganda qog‘ozda nuqtalar paydo bo‘ladi.
Purkagichli printerlarda qog‘oz ustidan kraska joylashgan qurilmalar harakatlanadi va kerakli joyda kraska bilan nuqta qoldiriladi.
Lazer printerlarning ishlash prinsipi nusxa ko‘chirish apparatlarining ishlash prinsipiga o‘xshash bo‘ladi. Qog‘oz magnitlangan qurilma ustidan o‘tib kerakli joylar magnitlanadi, keyin maxsus rangli parashok joylashgan qurilma tagidan o‘tib magnitlangan joylarga paroshok yopishadi. So‘ng issiq qurilma ustidan qog‘oz o‘tib shu paroshok quriydi. Lazer printerlar yuqori tezlikda va shovqinsiz ishlashi bilan birga sifati yuqori darajada rangli va rangsiz holda ma’lumotlarni bosmaga chiqaradi.
2. Modem yoki faks-modemlar. Telefon tarmog‘i orqali boshqa komp’yuterlar bilan ma’lumot almashinish uchun maxsus qurilma— modemdan foydalaniladi. Telefonda hamma ma’lumotlar tovush signallari holatida, kompyuterda esa raqamli signallar holatida bo‘ladi. Shuning uchun bitta modem raqamlarni tovush holatiga o‘tkazsa, ikinchisi esa tovushlarni raqamlarga o‘tkazadi. Bu holat modulyator va demodulyator deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM deb nomlangan. 3. Skaner – bu ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga optik kiritish qurilmasidir. Skaner orqali kiritilgan barcha ma’lumotlar (sonli, matnli, grafikli) kompyuter xotirasida grafik ko‘rinishda bo‘ladi. Skanerlarning bir qancha turlari mavjud. Ular skaner qilish tezligi va sifati bilan farqlanadi. Skanerning tasvirni qabul qilish nuqtalari soni qancha ko‘p bo‘lsa sifat shuncha yahshi bo‘ladi. 4. Grafik akselatorlar (tezlatgichlar) – zamonaviy video kartalarning barchasi grafik akselator hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi video xotirani tashkil etish bo‘lib, o‘zida video ko‘rinishidagi ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turadi. Ularning asosiy xarakteristikasi xotira hajmining kattaligi hisoblanadi. 5. CD-ROM/RW, DVD-ROM/RW – optik disk yurituvchilar. Optik disklardagi ma’lumotlarni o‘qish va ma’lumotlarni optik disklarga yozish uchun xizmat qiladi. Asosiy xarakteristikasi o‘qish va yozish tezligi hisoblanadi. 6. Ovoz kartalari (sound
card ) – bu kompyuterning qo‘shimcha qurilmalaridan biri bo‘lib, audio ma’lumotlarni qayta ishlashga – ovozlarni yozish yoki akustik qurilmalarga chiqarish kabi ishlarni bajaradi. Hozirgi zamonaviy kompyuterlarning juda ko‘pchligida bosh plataga o‘rnatilgan ichki ovoz kartalari mavjud. 7. Tyunerlar– bu televizion va video magnitafon signallarini qabul qilish va ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan TV-tyunerlar va radio signallarni qabul qiluvchi FM-tyunerlardir. 8. Tovush tizimlari va kolonkalar. Tovush tizimlari - bu sabbuferlar (kuchaytirgichlar) bo‘lib, ular o‘zlariga bir necha tovush kalonkalarini birlashtirgan holda tovush eshitishlarni
boshqaradi. Kolonkalar esa tovush eshitish qurilmalari hisoblanadi. Ular passiv va aktiv turlarga bo‘linadi. Passiv kalonkalar tovush kartalarining ichki ovoz kuchaytirgichlari hisobiga ishlaydi. Aktiv kalonkalar o‘zlarining tovush kuchaytirgichlariga ega bo‘ladi, shuning uchun ularda tovush eshitilishi kuchliroq va sifatliroq bo‘ladi. 9. Mikrofon – bu qurilma ovozli ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish qurilmasi bo‘lib, u ovoz kartasi qurilmasiga ulanadi. 10. MIDI-klaviatura – bu MIDI standarti asosida musiqa hosil qilishga mo‘ljallangan qurilma bo‘lib, tovush kartaning MIDI razyo‘miga ulanadi. Bu sintezator klaviaturasiga o‘xshagan klaviatura bo‘lib unda musiqali signallar kompyuter signallariga o‘tkazib beriladi. 11. Plotter – bu murakkab ko‘rinishdagi grafik ma’lumotlarni –konstruktorli chizmalar, arxitektura loyihalari chizmalar, geografik kartalar va plakatlar kabilarni qog‘ozga chiqarib beruvchi qurilmadir. 12. Web kamera – bu real vaqt rejimida video ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun xizmat qiladi. Bu qurilmadan video konferensiyalar o‘tkazishda foydalaniladi.
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minotlari orasida bog‘lanish mavjud bo‘lib, bu bog‘lanish interfeys deb ataladi. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish – bu apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa – dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish – apparat-dasturiy interfeys deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda, kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo‘yicha tasniflash mumkin: tizimli dasturiy ta’minot; amaliy dasturiy ta’minot; dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari – yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan.
Tizimli dasturiy ta’minot Tizimli dasturiy ta’minot (System software) — kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) asosan quyidagilarni bajarishga qaratilgan: kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash; kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish. Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo‘shimcha tarzda olinishi mumkin. Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) — bu, kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to‘plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi: operatsion tizim (OT); tarmoq operatsion tizimi. Yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysini) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ish samaradorligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir. Shunday qilib, tizimli dasturiy ta’minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin.
Rasm 1. Tizimli dasturiy ta’minotning tashkil etuvchilari Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling