Mavzu: Multimedia texnologiyalarining imkoniyatlari va muhim xususiyatlari. Reja: Multimedianing apparat vositalari


Download 94.44 Kb.
bet15/15
Sana05.01.2022
Hajmi94.44 Kb.
#215958
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Stsenariylar tili

“Stsenariylar tili” avtorlik usuli shakliga ko’ra an’anaviy dasturlash tillariga juda yaqin. Ushbu ob’ektga – mo’ljallangan dasturlash tilidan iborat bo’lgan vosita (maxsus operatorlar yordamida) multimedia elementlarining: tugmalar vazifalari, faol elementlarning va boshqalarni o’zaro aloqalarini aniqlaydi va o’rnatadi. Bu tizimda dastur tarkibidagi multimedia elementlarini (grafik tasvirlar, video, ovoz va x.k.) taxrirlash imkoni mavjud.

Tasvirlanayotgan ma’lumotlar oqimini boshqarish

Ushbu avtorlik usuli qisqa vaqt ichida maxsulotlar yaratish imoniniberadi. Ular ko’pincha biror loyixani qisqa vaqt ichida yaratish yoki masalani qisqa muddat ichida bajarishda qo’l keladi. Uning asosi piktogrammalar palitrasidan (Icon Palette) iborat bo’lib, unda dastur elementlarining o’zaro aloqalarinin o’rnatish funktsiyalari va piktogrammalar o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatuvchi yo’naltirilgan liniya mavjud. Ushbu usulga asoslangan avtorlik tizimlari , sekin ishlovchi modullarga ega. Biroq Authorware yoki IconAuthor kabi nisbatan mukammal paketlar takomillashgan va ko’pgina imkoniyatlarga ega.

Ushbu usulning asosiy afzalligi shundaki, uning yordamida ilova dizayni ustida bajariladigan ishlar tez bajariladi. Palitradagi piktogramma saxifa formasiga qo’yiladi va xosil bo’lgan dokument yaratilayotgan ilovaning loyixasiga aylanadi. Keyinchalik piktogramma sichqoncha bilan tanlaganda xosil bo’lgan muloqat oynasiga zarur buyruq va komandalar kiritiladi va barcha tashkil qiluvchilar foydalanuvchi bilan muloqatni tashkil etish uchun bir butun qilib bog’lanadi.

Kadr



"Kadr" usuli tasvirlanayotgan ma’lumotlar oqimini boshqarish usuliga o’xshaydi. Unga ham piktogrammalar palitrasi (Icon Palette) kiritilgan. Biroq piktogrammalar o’rtasidagi chizilgan aloqalar murakkab tarmoqlanuvchi algoritmni aks ettiradi. Ushbu metod asosida qurilgan avtorlik tizimlari – juda tezkor, biroq yaxshi avtomatik otladchikni talab etadi. CHunki xatoliklarni vizual xolda aniqlash qiyin. Bunday turdagi eng yaxshi dasturlarga Quest misol bo’ladi. Bu dastur stsenariylar tili sifatida kompilyatsiyalanuvchi tilni qo’llash imkoniga ega (ilovalar yaratishda stsenariy tili sifatida Si yoki Apple Media Kit tili qo’llaniladi).
Download 94.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling