Mavzu: mumtoz adabiyot namoyandalari
Download 78.93 Kb.
|
MUMTOZ ADABIYOT NAMOYANDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
MAVZU: MUMTOZ ADABIYOT NAMOYANDALARI MUNDARIJA KIRISH ……………………………….…………………………………… 2-3 Mumtoz adabiyotda miflar va mifologiyaga munosabat masalasi …………4-10 Mumtoz adabiyot dostonlarida mifologik obrazlar talqini…….………… 11-15 Mumtoz adabiyot namoyandalari……………….….…………………… 16-18 XULOSA………………………………………………………………….. 19 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………….. 20 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O’zbek adabiyotining tarixiy tadriji juda qadim tarixiy ildizlarga ega. Uning ilk namunalari xalq og’zaki ijodi janrlari va shakllari asosida yaratilgani barchaga ma’lum. Qaysi bir xalqni olmang, uning mahnaviy merosi badiiy asarlarsiz, xalq asarlarisiz mavjud bo’lmaydi. Mumtoz adabiyotning xalq og’zaki ijodi zaminida yuzaga kelgani ham shubhasiz. SHu bois mumtoz adabiyotning va xalq og’zaki ijodining uzviy bog’liqligi, asrlar davomida yonma-yon rivojlanganini tadqiq etish muhim hisoblanadi. Yurtboshimizning mustaqillik yillarida katta ehtibor qaratgan sohalardan biri ham adabiyot va madaniyat, tarix va milliy meros bo’ldi. Chunki hech bir xalq o’zining milliy madaniy merosidan ayri holda mavjud bo’lmaydi. Bu borada Prezidentimizning quyidagi fikrlari alohida ahamiyatga egadir: “Mahnaviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-ehtiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”1. Alisher Navoiy ijodida mifologik obrazlarning, folg’klor an’analarining shakllanishi, tarixiy tadrijida tutgan o’rni va ahamiyatini yoritish maxsus ilmiy kuzatishlar talab etadigan ilmiy masaladir. Biz ushbu ishimizda folg’klor va mumtoz adabiyot sarchashmalaridan u yoki bu darajada oziqlanib qalam surgan Alisher Navoiy asarlarida mifologik obrazlar hamda folklor an’analaridan qay miqyosda ijodiy foydalanganligi haqida muxtasar mulohazalar bildirishga intildik. Mifologik obrazlar talqini masalasi tadqiq etilar ekan, tarixiylik tamoyillariga amal qilishni unutmaslik kerak. Chunki, birinchidan, ushbu tamoyil istalgan so’z sanhatkorining ijodidagi folg’klor an’analarining o’rni, ularning muayyan adib yoki shoir ijodidagi rivojlantirilganligi aniq tarixiy davr nuqtai nazardan, qolaversa, individual ijodkor mahorati nuqtai nazaridan to’g’ri, obektiv yoritilishiga imkon bersa, ikkinchidan, folklor va adabiyot munosabati niqobi ostida so’zni quruq olib qochishdan tadqiqotchini saqlaydi, ayni paytda, uni bu murakkab masalada aniq fakt asosida fikrlashga undaydi. Folklordan ijodiy foydalanish ko’pincha sintez xarakteriga ega bo’ladi. Chunki badiiy asardagi folklor unsuri shu asarning barcha komponentlari bilan o’ta darajada birikib ketadiki, uni tashqi tomondan ajratib olish mumkin bo’lsa ham, biroq mazmun jihatidan alohida ajratib bo’lmaydi. Demak, folg’klorga xos an’analarning badiiy adabiyotdagi o’rni ijodiy qayta ishlanish orqali belgilanadiki, ular yozma badiiy asarning zarur tarkibiy qismiga aylanib ketadilar. Albatta, o’zining g’oyaviy niyati va maqsadiga qarab ijodkor folklor an’analariga turlicha munosabatda bo’ladi. Chunki u bir o’rinda folklor materialini shaklan o’zgartirmay aynan qo’llasa, boshqa bir o’rinda uni shu darajada qayta ishlab, asarning ruhiga shu darajada singdirib yuboradiki, ko’p hollarda, bunday folklorizmni alohidalab olish ham mumkin bo’lmay qoladi. Mifologik obrazlar uzoq ajdodlarimizning inson, tabiat va hayot haqidagi qarashlarining qaymog’i, ular haqidagi badiiy xotirasidir. SHu bois chin istehdod egasi bunday badiiy sarchashmani hech qachon chetlab o’ta olmaydi. Xalqning buyuk istehdodlari tomonidan qachonlardir yaratilgan xalq eposi va ertaklari, afsona va rivoyatlari, maqol va topishmoqlari, askiya va qiziqchilik sanhati ijodkorlar uchun tayyor mahsulotdir. Iste dod sohiblari esa ana shu manbaning syujet hamda motivlaridan, xalq donishmandligining nodir namunalaridan, ommaning yumor hamda hajv dahosidan o’z davrining barcha muammolariga javob topa oladi. Download 78.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling