Mavzu: Munis Xorazmiyning “Savodi taʼlim” asarining didaktik ahamiyati


Download 40.5 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1787765
Bog'liq
44-Mavzu


Mavzu: Munis Xorazmiyning “Savodi taʼlim” asarining didaktik ahamiyati.
Reja:
1. Husnixat-chiroyli yozish sa’nati.
2. Munis Xorazmiyning hayoti va ijodi.
3. Munis Xorazmiyning “ Savodi taʼlim” asari – xusnihatga doir dastlabki qoʻllanma sifatida.
Tayanch tushunchalar :
Xusnixat, ta’lim islohotlari, hujjatlar, tabiya, yozma yodgorliklarpedagogik fikrlar, tahlil etish, , pedagogik g’oyalar, o’quv-tarbiya jarayoni, islohatlar.

Arab xati turlari: kufiy, nasx, suls va nastaʼliq musulmon Sharqining yirik madaniy markazlarida keng tarqaldi hamda taraqqiy etdi.
Husnixatni oʻrganish asosida, ikki: "nazariy" - mashhur xattotlarning yozuvlaridan nusxa koʻchirish hamda, "xayoliy" - turli yozuvlarni oʻrganish va qiyoslash uslubi yotadi.


Xattotning asosiy ish qurollari — qora va rangli siyoh, qogʻoz, qamish-qalam, mistar, davot qalamdon, juzgir va qalamning uchini tekislash uchun pichoq. Xattotlar matn bilan birga meʼmoriy yodgorliklar ,qogʻoz, mato va bezaklar ham yaratganlar. XIX - asr oxirlariga kelib shtografiyaning paydo boʻlishi bilan husnixatning ahamiyati pasaya boshladi. XX-asr ikkinchi yarmidan kitobat sanʼatini qayta tiklashga urinishlar husnixatning qayta jonlanishini taʼminladi.
Munis Xorazmiy taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhammad Amir Avazbiy. Oʻzbek shoiri, tarixnavisi, tarjimoni, xattoti va maʼrifatparvari.
Dastlabki maʼlumotni tugʻilgan qishlogʻida ta’lim olgan, keyinchalik Xiva madrasalarida oʻqigan. 1800-yilda otasi vafot etgach, Avaz Muhammad Inoq Munis Xorazmiyni saroyning farmonnavis kotibi qilib tayinlagan.
Shermuhammad Munis oʻgʻli 1778-yilda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida Avazbiy mirob oilasida tugʻildi. 1800-yilda otasi va ogʻa-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq va uning oʻgʻli Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis „Firdavsul-iqbol“ nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813-yilgacha boʻlgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi.
Munis „Munisul-ushshoq“ („Oshiqlar doʻsti“) nomli devon (1804–1805) tuzadi. Bu devonning turli davrlarda koʻchirilgan, toshbosmalarda bosilgan bir necha nusxalari OʻzFAShI qoʻlyozmalar fondida saqlanadi. Munisning sheʼriy merosi 10000 baytga yaqin. U mumtoz adabiyotning deyarli barcha janrlarida ijod qilgan. Mirxondning „Ravzat us-safo“ asarini oʻzbek tiliga tarjima qiladi.
Munis о‘z davrining yetuk murabbiy shoiri sifatida bolalarning savodxonligini va husnixatini yaxshilash yо‘lida kо‘p izlanadi va yoshlarga husnixatdan ta’lim berib, “bilgancha surib qalamni har yon, ta’lim ishin aylar erdi oson” deydi. “Bilimning eshigi alifbe” deganlaridek, Munis ham ta’limdagi muvaffaqiyatlarning garovi savod ekanligini tushungan va shuning uchun “umumiy arqom” yozuv ilmini yaratishga bel bog‘lagan.
Munisning “Savodi ta’lim” asari ana shu tarzda 1804-yil 6-dekabrda vujudga keladi. Mazkur risola nazariy ma’lumotlar va mashqlarni о‘z ichiga olgan. Risola ikki qismdan tarkib topgandir. U “Savodi ta’lim”ning nazariy qismida о‘zigacha mavjud bо‘lgan bolalarga xat-savod о‘rgatuvchi risolalarning barcha nuqson va kamchiliklarni ochib tashlaydi va eski risola bilan о‘zi yaratayotgan risolani bir-biri bilan taqqoslab, eski risolaning о‘sha kungi talablarga javob bera olmasligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beradi. Risolaning ikkinchi qismida arab alifbosidagi har bir harfning yozilish uslubini ma’rifiy-didaktik nuqtai nazardan sodda qilib tushuntirishga harakat qiladi.
Munis Xorazmiy:
Olam ishi intizomi andin,
Olam elining nizomi andin.– deb olamda — jamiyatdagi ishlarning tartibli bo'lishi ham, el farovonligini ta'minlaydigan nizomlar ham ilmga asoslanishini aytadi.
Munis Xorazmiy kishilik jamiyati rivojida elni mukarram etishda yozuv - xatning ahamiyati beqiyos ekanligini aytadi. Uning ta'kidlashicha, yozuv so'z va ma'no xazinasidir. Yozuv bo'lmasa, aytilgan so'z unutiladi.
U deydi:
Har so'zki ko'ngildin o'ldi majud,
Xat bo'lmasa bo'lmasa bo'lg'ay erdi nobud...
Xat aylar o'z ahlini mukarram ,
Xatiga chekib ulusni har dam.
Munis Xorazmiy ilm va badiiy ijod ahlini so'z durdonalari xazinasini bunyod etib, elni mukarram etishga chorladi. Munis Xorazmiy adolatlilikni yuksak insoniy fazilat hisoblaydi. Uning fikricha, adolat sharaf ko'rki, osoyishtalik, xushnudlikdir. Shu sababli ham u adolatlilikni ulug'lab:
Adolatdin o'ldi el osoyishi,
El osoyishi – mulk osoyishi...
Sharaf ko'rki shahdin adolat chog'i,
Erur xalq xushnud,xolik dog'i.— deydi va odamlarni , yoshlarni adolat sohibi bo'lishga da'vat etadi.
Munis nafs haqida so'z yuritar ekan, nafsga erk berish kishining hurmatsizlanishiga, xorlikka duchor bo'lishiga sabab bo'lishini aytadi. Uning fikricha, nafs balosiga yo'liqqan kishining izzati tubanlashadi, ob'ro'- e'tibori yo'qoladi.
Shoir yoshlarni bu balodan saqlanishga da'vat etib shunday deydi:
Ey nafs, bo'lur izzat eshigi madrus( yopiq),
Bo'lsang ne ajab mazallat( xorlik)ichra mahbus.
Har dung'a(pastkashga) qilib nisor, izzat go'harin,
Bisyor to'karsen obro'-yu nomus.
Munis Xorazmiy asarlarida bayon etilgan ma'rifatparvarlik, xalqparvarlik, adolat va axloqqa doir pedagogik fikr va maslahatlardan hozirgi mustaqillik davrida ham yosh avlod tarbiyasida foydalanilmoqda.
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling