8-amaliy mashg’ulot Mavzu: Yozma yodgorliklar bo‘yicha tuzilgan lug‘atlar Ishdan maqsad
Download 24.87 Kb.
|
8 amaliy mashg\'ulot LA
8-amaliy mashg’ulot Mavzu: Yozma yodgorliklar bo‘yicha tuzilgan lug‘atlar Ishdan maqsad: yozma yodgorliklar bo‘yicha tuzilgan lug‘atlarning tuzilish tamoyillari bilan tanishish. “Drevnetyurkskiy slovar” “Drevnetyurkskiy slovar” (L., 1969) hozirgi zamon turkologiya ilmida qadimgi turkiy yodgorliklar bo‘yicha yaratilgan ilmiy lug‘atdir (qarang: DTS). Lug‘at rus turkologiyasining yetakchi mutaxassislari tomonidan tuzilgan. Ishda qamrab olingan yozma yodgorliklarning ko‘lami nihoyatda keng: unda VII-XIII asrlarda ko‘k turk (turk-runiy), arab, uyg‘ur, moniy, brahma yozuvlarida turkiy tilda bitilgan turli xildagi adabiy, tarixiy, diniy-falsafiy mazmundagi asarlar, rasmiy hujjatlar, fanning turli sohalariga oid bitiglarda qo‘llangan so‘zlar jamlangan. Bular qadimgi turk xoqonliqlari davridan qolgan urxun va yenisey yodgorliklari, uyg‘ur xoqonliq va davlatlarida yaratilgan budda, moniy va xristian mazmunli bitiglar, rasmiy hujjatlar, “O‘g‘uzxoqon” dostoni, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asari, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” asari, “Turkiy tafsir” singari nihoyatda ulug‘ manbalar bo‘lib, misollar ularning turkshunoslikda e’tirof etilgan ilmiy nashrlaridan olingan. Lug‘atda keltirilgan turkiy so‘zlar va yozma yodgorliklardan olingan misollar lotin alifbosi negizida yasalgan transkripsiyada. Unlilar uchun to‘qqiz belgi qabul qilingan: a, a, e, t, i, o, o, u, u. Undoshlarda: jarangsiz [sh] tovushi uchun - s, [ch] uchun - c, jarangli [g‘] uchun - y, sonor [ng] uchun - q, [x] uchun - x, arab xatida ^ bilan berilgan, tishora [dz] tovushi uchun - 6, arab yozuvli matnlarda ^ bilan berilgan lab-lab hamda “vav” bilan berilgan lab-tish [v] undoshlari uchun - v, arab xatida j bilan berilgan sirg‘uluvchi [j] uchun - z, arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda keluvchi £ (ayn) uchun (’) belgilari qabul qilingan. So‘zlarning berilishi alifbo ketma-ketligida: A, A, B, C, D, 6, E, F, G, y, H, H, 1, I, Y, K, L, M, N, O, O, P, Q, R, S, S, T, U, U, V, x, Z, Z, J. Avval katta harflarda bosh so‘z berilib, keyin uning ma’nolari va ma’nolarning har biriga mos keluvchi misollar ruscha tarjimasi bilan keltiriladi. Qavsda ushbu so‘z yoki misolning qanday nashrdan olinganligiga havola etiladi. Lug‘atda so‘zlarning qadimgi dialektlarda yoki yozma yodgorliklarda o‘zaro farq qiluvchi fonetik variantlari ham bosh so‘z sifatida beriladi: ADAQ, A6AQ, AYAQ, AZAQ; EB, EV singari. Bunday so‘zlarning bir varianti berilgach, oxirida boshqa variantiga ham qaralsin, degan belgi qo‘yib ketiladi. Ko‘p ma’noli so‘zlarning bir-biridan farq qiluvchi ma’nolari arabcha sonlar bilan, omonimik ma’nolar esa rimcha sonlar bilan ajratib ko‘rsatiladi. Masalan: AC I golodnbiy ...; AC II milost...; AC- I 1. otkmvat, otvoryat ...; 2. rasseyat, razveyat, razognat ...; 3. otvyazat, otsepit...; 4. prolojit put.; 5. zavoevat.; 6. razreshit.; 7. obelit.; 8. doverit, poverit chto-l.. AC- II izgolodatsya, silno golodat. Masalan, qadimgi turkiy sab so‘zi va uning ma’nolariga berilgan izoh quyidagicha: SAB slovo, rech: tabyac bodun sabi sucig ayisi jimsaq ermis u naroda tabgach rech bbila sladkaya, dragotsennosti “myagkie” (KTm.5); korug sabi antay slova lazutchika takovbi (Ton.9); qapim sabin tiplayin da uslwshu ya slova svoego otsa (ThS II.90). ◊ sab id- govorit, soobщat: sab anca idmis on tak skazal (Ton.9); bitiginta inca tep sav idmis erdi v svoem pisme soobщal o sleduyuщem (Hwen.238); sab otugparn. prosba; izvestie: jalabaci edgu sabi kelmaz [ot tatbiysev] ne prixodyat poslw i xoroshie izvestiya (BK.39); sab si- iskajat slova: menip sabimin simadi [rezchik] ne iskazil moix slov (KT.11); sab soz parn. slova, rech: sab soz qodup lishivshis rechi (Suv 4.18); icra sab sm. icra; soz sab sm. soz. □ Sr. sav I. “Drevnetyurkskiy slovar” hozirgi turkshunoslikning katta yutug‘i o‘laroq, mutaxassislar uchun eng eski turkiy yozma yodgorliklar leksikasini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. A.K. Borovkovning “Leksika sredneaziatskogo tefsira XII-XIII vv.” asari Qur’on-i karimning tarjimalari va tafsirlarining eng eskisi “Turkiy tafsir” (“O‘rta Osiyo tafsiri”) otini olgan. Qo‘lyozmasi Qarshidan topilgan. Asar Quron-i karim suralarining tarjimasi va sharhidir. Tarjimon va qo‘lyozma kotibining oti ma’lum emas. Asarning tuzilgan davri va qo‘lyozma sanasi ham noma’lum. Matnning til xususiyatlariga asoslanib, asar XII-XIII yuzyilliklarda yaratilgan deya taxmin etadilar. Asarning dastlabki bo‘limi XLIX suraga qadar Qur’on-i karim tarjimasidir. So‘ngra ayrim bo‘limlarning sharhi beriladi. Suralar tarjimasida satr osti o‘girmalari arabcha matnga monand bo‘lib, turkiy tilning sintaktik qurilishiga uqadar mos tushavermaydi. Tafsir qismi bunday emas, undagi matn turkiyning gap qurilishi bo‘yicha bitilgan. A.K. Borovkovning “Leksika sredneaziatskogo tefsira XII-XIII vv.” kitobi ana shu “Turkiy tafsir” ning tiliga bag‘ishlangan (qarang: Borovkov 1963). Kitob ikki bo‘lim: kirish va glossariy (so‘zlik)dan iborat. Yodgorliklardan olingan misollar transkripsiyada. Transkripsiya uchun kirill harflari asosga olinib, ayrim tovushlar uchun lotin harflari va uning turkiy transkripsiyaga moslashtirilgan shakllari aralashtirilgan. Unlilar uchun to‘qqiz harf qabul qilingan: a, a (ye), i, i, o, o, u, y. Undoshlarning berilish yo‘li shunday: lab-lab va lab-tish [v] tovushi w, sonor [ng] uchun ц, [y] uchun j harfi ishlatilgan. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlardagi £ uchun‘a, j uchun b harfi ishlatilgan (masalan: ‘abab), ^ o‘rnida dj dan foydalanilgan (djuft, djumla singari). Arabcha so‘zlarda h, h belgilari ham ishlatiladi. So‘zlikda so‘zlarning berilish yo‘li hozirgi lug‘atchiligi prinsiplariga tayanadi; u quyidagi ketma-ketlikda: a, a (ye), b, w, g, g‘, d, dj, z, i, i, j, k, q, l, m, n, o, o, p, r, s, t, u, y, f, x, h, h, ch, sh. So‘zlik asarda kelgan so‘zlarning barini qamraydi: unda sof turkiy so‘zlar bilan bir qatorda, kelib chiqishi arabcha va forsiy so‘zlar ham to‘liq. So‘zlikda avval bosh so‘z va uning ruscha ma’nolari beriladi, so‘ng tafsirdan olingan misoli bilan dalillanadi. Misolni berganda ayrim so‘zlarning qo‘lyozmadagi arab yozuvli shakli ham keltirib o‘tilgan. Oxirida esa ko‘rsatilgan bosh so‘z yana boshqa qanday yozma yodgorliklarda uchrashi qayd etiladi yoki uning fonetik shakllari chog‘ishtiriladi. Qavsda yozma yodgorliklarning nashrlariga havolalar berilgan. Masalan, ag‘ach, arin so‘zlarining izohiga e’tibor bering: Download 24.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling