Mavzu: "munshaot" asaridagi maktublar tasnifi
Necha ganj ichra bo`lsa gavharu dur
Download 102.29 Kb.
|
1 2
Bog'liqmunshaot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Navoiyning Husayn Boyqaroga yozgan maktublari.
Necha ganj ichra bo`lsa gavharu dur,
Ko`rki, bordur aning kalidi temur, Ganji maqsud kimga bo`lsa umid, Ul nasihatlar erur anga kalid. Qufl ocharda gadovu sohibi toj, Teng bo`lurlar kalidga muhtoj. Navoiy Samarqand, Astrobod va boshqa shaharlarda yashab turib, turli munosabat bilan turli zamondoshlariga yozgan nasriy maktublarini to`plab, «Munshaot» (Xatlar) nomi bilan kitob qiladi. «Munshoot»ga 107 ta ruq`a (xat) kiritilgan. Bu xatlar buyuk adibning turli vaziyatdagi kayfiyatini haqqoniy aks ettirgan tarixiy hujjatlar sifatida ham g’oyat ahamiyatlidir. Boshqacha qilib aytganda, «Navoiyning o`ziga xos realizmi birinchi navbatda ana shu xatlarda namoyon bo`lgan» Alisher Navoiy ijodida xat alohida o`rin egallaydi. SHu bois u xatlardan ikki xil yo`l bilan: a) badiiy asarlar ichida (oshiqona xatlar, do`stlarning xatlari v.h) va b) alohida janr sifatida istifoda etadi. «Munshaot» adabiyot tarixidagi xatlarning yorqin namunalaridir. To`plamdagi maktublar mazmun-e`tibori bilan ham g’oyatda qimmatli. CHunki, ularning aksariyati Navoiyning hayoti, ijodiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyatini yorituvchi badiiy lavhalardir.
2. Ba`zi maktublarda shoirning ijod jarayoni aks etadi; 3. Bir turkum xatlar davlatni idora etishga doir muhim hujjatlar bo`lsa, yana bir boshqalari tabrik va ta`ziya mazmunidagi nomalardir. «Munshaot»dagi xatlar nihoyatda turlicha mazmunda yozilgan. Ular orasida navro`z tabriklari, sog’inch maktublari, ta`ziyanomalari, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, adabiy va boshqa mazmundagi yozishmalar mavjuddir. “Munshaot”ning bosh qismidagi nomalar, xususan, yil fasllari bilan bog’liq to`rt maktub ; Dengiz safari haqida hikoya qilinuvchi 6-maktub Navoiyning Husayn Boyqaroga yozgan maktublari. Navoiy Xusayn Boyqaroga yo`llagan maktublarida shohga, u orqali saroy ahllari hamda mamlakatni idora etish usuliga o`z mu- nosabatini bildiradi. Maktublardan shu narsa ma`lum bo`ladiki, Navoiy Husayn Boyqapo va shahzodalarga katta umid bog’laydi. va o`ziga xos bo`lgan sergak tetiklik va vazminlik bilan, g’oyat mehribonlik va dono na- sihatguylik bilan ularni xavf-xatarlardan saqlamoqchi, to`g’ri yo`lga solmoqchi bo`ladi. Navoiyning Husayn Boyqaroga yo`llagan bir qator maktublari (ularning ba`zilari javob xatlaridir) mazmunidan davlat aha- miyatiga molik bo`lgan masalalarga bag’ishlangan yozishmalarni «orzi sireshklik» yoki «horaz boshi yopushturub» yuborilganligi ma`lum bo`ladi. Navoiy shunday xatlarni Mashhaddan ham, Astroboddan ham yuborgan. U ba`zan hammaga aytilishi zarur deb topilgan so`zlar yopiq nomalarda aytilganini, ba`zan esa «Maxfiy xitob javobin fosh arzadosht qilmoqni va nihon masala bayonini oshkor bitmakni adabdan yiroq va ubuduyatdin qiroq ko`rdum», ya`ni maxfiy tutilgan topshiriklar javobini, yashirin saqlanishi kerak bo`lgan masalaga oid fikrlarimni oshkor bayon qilishni odobdan deb bilmadim, xizmat qoidasidan tashqari deb tushundim, deydi. «Shuning uchun,— deb yozadi Navoiy davom etib,— munosib andoq ko`rundikim, xotirg’a kelgan shikasta basta alfozni o`zum apzg’a etkurgaymen». Maktubning tuzilishi. Xat kompozitsiyasi o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, boshqa janrlarning tuzilishidan farq qiladi. A.I.Gertsen bu haqida shunday deb yozgan edi: «Xatning shakli rang-barang, xat keng-u mo`l tikilgan ayollar kuylagidek bog’ichsiz, erkin bo`lib, hech qaeri qismaydi»1. Bundan shunday xulosa chiqadiki, boshqa janrlarga, masalan, taqriz , maqola va h.ga nisbatan xatda fikrni erkin ifodalash imkoniyati ko`proq bo`ladi. Chinakam ehtirosli xatlarda mazmun hayajonbaxsh ta`sirga ega, fikr va tuyg’udagi ta`sirchanlik quyilib keladi. Lekin bundan xat shakli betartib bo`lib, fikr istagan tarzda bayon qilinaveradi degan tushuncha kelib chiqmasligi zarur. Maktub ma`lum tartibli, qat`iy tuzilishga egadir. Xatning qurilishi o`zining ma`lum yo`nalish nuqtasiga ega bo`lib, uning markazini muallif ifodalamoqchi bo`lgan bosh g’oya tashkil etadi. Xatda bosh g’oyaviy maqsad- kompozitsion nuqta( markaz) aniq belgilangandan keyin muallif o`z fikr-tuyg’ularini shu yo`nalish asosida erkin bayon qiladi. Xatda ham boshlanma, tugun, echim, xotima kabi syujet chiziqlari mavjud bo`ladi. Unda muallif fikri 1) murojaat (boshlanma), 2) alangali nutq, 3) xat yo`llangan kishi bilan munozara,4) aniq manzaralar chizish, 5) detallardan foydalanish, 6) lirik chekinish, 7) turli badiiy vositalardan foydalanish, 8) xotima yo`nalishidagi izchillikda ifodalanadi. Adabiy-tanqidiy maktublarda qiyoslash ko`p. Bu xatlardagi kompozitsion bo`laklar hisoblanadi. Albatta, bunday unsurlarning barchasi bir xat doirasida uchramasligi mumkin. Ammo muallifning bu vositalardan unumli foydalanishi xatning badiiy ta`sirchanlik quvvatini oshiradi. Ruq`a, maktub, noma, xat, eng avvalo, insonlar o`rtasidagi aloqa vositasi ekanligi ma`lum. Ijodkorlar xat vositasida adabiyotga inson qalbidagi turli kechinmalarning rangin ko`rinishlarini ifodalash uchun murojaat etadilar. Adabiyot tarixida xatlarning paydo bo`lishi antik davrlarga borib taqaladi. O`zbek adabiyotining ilk taraqqiyot bosqichlarida ham xatdan foydalanilganligi turli manbalar asosida etib kelgan. Keyinchalik badiiy adabiyotda xat shaklidan foydalanganlar. Nomalarning paydo bo`lishi bunga misol. Xat ijodkorlarning ko`nglidagi gaplarni haqqoniy ifodalashning samarali bir usuliga aylandi. Maktublarga xos xususiyatlar quyidagilar: 1) maktublarning aniq bir kishiga yo`llanganligi- adresatning mavjudligi; 2) ko`pincha murojaat bilan boshlanishi; 3)ma`lum maqsadni ko`zlab yozilishi; 4) xat tuzilishida murojaatlarning takrorlanib turishi; 5) xat qurilishida o`ziga xos syujet unsurlarining mavjud bo`lishi: boshlanma, echim, voqealar rivoji, tugun v.h.; 6) xatda turli badiiy vositalardan foydalanish; 7) xatning ichki ko`rinishlari: mavzulariga, kimga yozilishiga, xarakteriga v.h. qarab tasniflash. Maktublarni ma`nolar xazinasidagi bir javhar deb atasak ham bo`lar. Ajabki, bizning bu kunlarimizda ilm-fan g’oyat taraqqiy etib, odamlar bir-birlariga maktub yozmay qo`ydilar. Inson uchun huzurbaxsh bo`lgan bu yumushni telefon, telegraf va faks, va nihoyat, nnternet degan vositalar bajaryapti. Qadimda dunyo munavvarlari, xususan sharq allomalari maktubot tarziga alohida e`tibor berganlar. Alisher Navoiy hazratlarining «Munshaot» (ya`ni insho) deb atalmish kitoblari fikrimiz dalili. Kitobga jamlangai bir yuz etti maktub shunchaki xabarlar bayoni emas, balki nafis adabiyotning yuksak namunasidir. Bu maktublarda go`zal tabiatnipg latif tasviri ham, ijtimoiy-siyosiy masalalar ham, tarix, ham, nazm muammolari ham o`z aksini topgan. Xalqparvar davlat arbobi sifatida Navoiy bir maktubida davlatni boshqarish yo`llari, mamlakat va xalq osoyishtaligini saqlash, xalqning farovon yashashi kabi masalalar yuzasidan ham shahzodaga yo`l ko`rsatadi. Shahzoda Badiuzzamonga yozilgan xatlarda Navoiyning ulug’ qalbi, davlat va xalq manfaati uchun kurashuvchi, shu bilan birga yoshlarni to`g’ri yo`lga boshlovchi, ular dilidagini tushunuvchi insonparvar shaxs ekanligi yorqin namoyon bo`ladi. Buyuk Alisher Navoiy xatlarini o`rganish orqali yana shunday xulosaga kelamiz: ularning xatlari kitobxonlarni do`stning do`stga, hamkasbga, birodariga, umuman, insonning insonga samimiy, chuqur hurmat, ehtiromda bo`lishga o`rgatadi. Xat yozuvchining mehrga to`la qalbidagi haroratni xatni oluvchiga ulashadi, uning yuragini ham ilitib, saxovatga to`ldiradi, desak, mubolag’a qilmagan bo`lamiz. Alisher Navoiy buni shoirona mubolag’a bilan quyidagicha ko`rsatadi: Noma yozg’on chog’da bo`lmish erdi xunafshon ko`zum, Oq varaq gulrang bo`ldi toki sochti qon ko`zum. Maktubning insonga ta`sirini bundan ortiq tasvirlab bo`lmas! Navoiy maktublarining ahamiyati. Inson ko`nglidagi gaplarni to`kib solish uchun qo`liga qalam olib xat yozadi. U boshqa birorta janrda xatchalik manbaga yaqin bo`la olmaydi, faqatgina xatda u erkin va ehtiros bilan dardlasha oladi. Alisher Navoiy xatlarini o`qir ekansiz, uning buyuk san`atkorlik mahorati boshqa asarlarida bo`lgani kabi maktublarda ham yorqin ko`rinib turadi. SHuning uchun “Munshaot”dagi maktublar bizlar uchun ham, kelajak avlod uchun ham mazmun e`tibori bilan g’oyatda qimmatli bo`lib qoladi. Chunki ularning ko`pchiligi Navoiyning hayoti, ijodiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyatini yorituvchi badiiy lavhalarga aylanib ketgandir. Bir qator maktublarda davlat ishlari va yurt osoyishtaligi yo`lida jon kuydirayotgan davlat arbobining siymosi namoyon bo`ladi. Ayniqsa, uning shahzoda Badiuzzamonga yozgan maktublarida buni yaqqol ko`rish mumkin. E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR Download 102.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling