Mavzu: Muqobil energiya turlari Reja: Muqobil energiya turlari. O`zbekistonda energiya muammolari


Dunyoda eng katta quvvatli offshor shamol elektrostansiyasi


Download 1.21 Mb.
bet3/4
Sana28.03.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1302567
1   2   3   4
Bog'liq
slayd

Dunyoda eng katta quvvatli offshor shamol elektrostansiyasi.
2009 yilning sentyabr oyida, SHimoliy dengizning Daniyadagi YUtlandiya yarim oroli qirg‘oqlarida, 91 dona shamol energoqurilmalaridan tashkil topgandunyoda eng quvvatli «Horns Rev - 2» offshor shamol elektrostansiyasi ishga tushirildi [14]. «Siemens» kompaniyasi ishlab chiqarganhar bir shamol energoqurilmalarining quvvati 2,3 MVt ga, «Horns Rev - 2» offshor shamol elektrostansiyasining umumiy quvvati esa 209,3 MVt ga teng. SHamol energoqurilmalari dengiz suvi sathiga nisbatan 114,5 m balandlik ka o‘rnatilgan
To‘lqinlar energiyasi. To‘lqinlar energiyasi ikki turga bo‘linadi: to‘lqinlar energiyasi va suv sathining ko‘tarilib-tushish energiyasi. Okean va dengizlardagi to‘lqinlar energiyasidan foydalanish, K.E.Sialkovskiy tomo nidan 1935 yilda taklif qilin-gan.
1985 yilda dunyoda birinchi marta Norvegiyada 850 kVt quvvat-li to‘lqinlar elektrostansiyasi ishga tushirilgan. Hozirgi kunda dunyodagi barcha to‘lqinlar elektro-stansiyalari ishglab chiqaradigan quvvat, dunyoda ishlab chiqariladi-gan quvvatning 1 % ni tashkil qi-ladi. Kam quvvat ishlab chiqari-lishining asosiy sababi, uning juda
Quyosh, er va oyning bir chiziqda turib qolgan vaqtida okean va den­gizlardagi suv sathlari ko‘tarilib tushadi. Mana shu tabiatda sodir bo‘ladigan jarayondan foydalanib ham elektroenergiya ishlab chiqarish mumkin. Buning uchun dengizning biror qo‘ltig‘i to‘g‘on bilan berkitiladi. Suv sathi ko‘tarilganda, to‘g‘on tanasiga joylashtirilgan gidroagregatlardan suv qo‘ltiqqa o‘tadi va ma’lum miqdorda elektroenergiya ishlab chiqariladi. Dengizdagi suv sathi tushganda qo‘ltiqdagi suv dengizga gidroagregatlardan o‘tkaziladi va yana ma’lum miqdorda elektroenergiya ishlab chiqariladi. SHunday qilib sikl takrorlanayveradi.
Hozirgi kunda energiya iste’mol qiluvchi barcha sohalarning organik yoqilg‘ilardan foydalanishi tufayli atrof muhit ifloslanmoqda. Natijada tabiatning flora va faunasida salbiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Odamlar va hayvonot dunyosida har xil yangi turdagi kasalliklar paydo bo‘lmoqda. SHuning uchun insoniyat oldida turgan jiddiy muammolardan biri, barcha turdagi energiya iste’mol qiluvchilarni toza ekologik energiya bilan ta’minlashdir.
Dunyodagi eng katta to‘lqinlar elektrostansiyasi, Portugaliyaning qirg‘oq bo‘yida joylashgan Povua-de-Varzin shahari yaqinida 2011 yilda ishga tushirildi Elektrostansiya yarmi suvga to‘ldirilgan ilonga o‘xshaydi. Uning uzunligi 150 m ni va kengligi 3,5 m ni tashkil qiladi. Tulqinlar ularni harakatga keltirib tebratadi va tebranishlar energiyaga aylantiriladi [14, 15]. Har bir turbina 0,75 MVt elektroenergiya ishlab chiqaradi. Hozirda umumiy qiymati 13 mln. dollarga va quvvati 2,25 MVt ga teng 3 dona qurilma o‘rnatilgan. Keyinchalik uning quvvati 21 MVt ga oshiriladi. Umuman bunday qurilmalarning quvvatini 1 GVt ga etkazish mumkin.
XULOSA
Jahon poytaxtlari ham chetda turmaydi. Masalan, Berlin Senati Germaniya poytaxti “Masterplan Solarcity” quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqladi. Shaharning umumiy rivojlanish strategiyasiga muvofiq, Berlinda 2050-yilga kelib iqlim neytral bo‘lishi kerak. 2018-yil oxirida shaharda quyosh elektr stansiyalari ishlamoqda, ular elektr energiyasining 0,7 foizini qoplagan, 2050-yilga kelib esa shahar energiya iste’molining 25 foizi quyosh energiyasi hisobiga ta’minlanadi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling