Mavzu: Mushaklar biomexanikasi, emg signalini qayta ishlash. Reja
Download 0.52 Mb.
|
bio 3-laboratoriya
BITalino qurilmasi
BITalino: Elektromiografiya (EMG) Ko’p turdagi biosignallar olish tizimi Qurilma instrumental muammolarini bartaraf etish maqsadida bioelektrik va biomexanik ma’lumotlarni to’plash uchun bir nechta sensorlarni birlashtiradigan (all-in-one) va simsiz texnologiyaga asoslangan qulay va arzon narxli qilib ishlab chiqilgan. BITalino modulli bloklar majmuasi sifatida yaratilgan bo’lib, maksimal ko’p tomonlama qulayliklarga ega bo’lgan quyidagi avtonom mobil qurilmalardan tashkil topgan: ATMEga328P raqamli mikrokontroller; Kuch boshqaruv bloklari; Class II Bluetoth v3.0 simsiz ma’lumot uzatish moduli; Ikkita yordamchi RJ22 aloqa bloklari; Analogli kiritish-chiqarish kanallari orqali elektromiografiya (EMG) moduli; Elektrokardiograf (ECG) moduli; Elektrodermal faoliyat (EDA) moduli; Akcelerometr (ACC) moduli; 2-rasmda BITalino ni umumiy arxitekturasi keltirilgan. Odatda, tizim yagona panelga ega bo’lib, uning sensorli qurilmalari nazorat blokidagi analog va raqamli portlarga ulaydi. BITalino ning har bir bloki asosiy paneldagi jismoniy jihatdan ajratish mumkin bo’lgan tarzda ishlab chiqilgan va uchta konfiguratsiya ega bo’lishi mumkin: Panel. BITalino modifikatsiyalar bilan foydalanilmaydi, chunki tadqiqotchilar laboratoriya faoliyatida ijobiy natijalar olishi uchun nafaqat sensorlarni sinab ko’rish, balki asosiy fiziologik hodisalarni real vaqtda kuzatish orqali muhitdagi aniq tushunchalarni ifodalash imkonini berishi kerak bo’ladi [2]. Plagin. BITalino ga qo’shimcha ravishda qo’shiladigan xamda, sensor qurilmalari bilan aloqani bog’laydigan shinali qism. Ozod qism. Barcha shaxsiy raqamli va analog bloklar BITalino asosiy panelidan ajratib turadi, bu esa tadqiqotchilarni o’zlarining loyiha g’oya- lariga va ilovalariga mos keladigan tarzda birlashtirilishini ta’minlaydi.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling