Mavzu: Mushaklar biomexanikasi, emg signalini qayta ishlash. Reja
Download 0.52 Mb.
|
bio 3-laboratoriya
100 Hz chastotali biosignallarni o’rganish bosqichida ECG (40 Hz dan yuqori) va panelning arzon narxlardagi sensorlari yordamida qon tomirlari pulsini (BVP) o’lchash uchun Pulse Sensor9 datchiklari tanlanadi. 10 GHz li chastotali o’lchashlarda esa EDA biosignali va nafas olish kabi boshqa past chastotali biosignallarni hisobga olgan holda tanlanadi. Nihoyat, 1 Hz li signallarni o’lchashda tana harorati (boshqa sensorlari ham ishlatilishi mumkin) biosignallari qo’llanilishi mumkin bo’ladi (3-rasm). Dasturiy interfeysi Foydalanuvchi tomonidan tanlangan barcha kirish kanallari orqali nazorat bloklaridan namunalar olinadi va o’zgarmaydigan hajmdagi ma’lumot paketlariga formatlanadi (barcha analog kanallar tanlanganida 8 bayt va analog kanal tanlanmagan xolda 2 bayt). Ma’lumot siklidagi cheklovni tekshirish (CRC) kodi ma’lumotlar paketidagi uzilishlardan (masalan, muloqotdagi bayt yo’qolganligi sababli) aniqlash va tiklash uchun kiritilgan va ma’lumotlar to’plami yo’qolishini aniqlashga yordam berish uchun paketli tartib raqami ham qo’shilgan. 4-rasmda qurilma tomonidan yuborilgan ma’lumot paketlerining tuzilishini ko’rsatilgan. BITalino dagi aniq sozlamalar bazaviy stansiyasidan qurilmaga 1 baytli buyruqlar yuborib o’zgartirilishi mumkin (4-rasm), dasturiy ta’minot qurilmaga yuborilgan buyruqlar to’plamini jamlaydi. Bir tomondan, BITalino tizimining bu past darajadagi nazorati tadqiqotchilarni qurilmani boshqa o’rnatilgan tizimlar (masalan, robotdagi dasturiy ta’minot) bilan bog’lay olish imkonini beradi. Boshqa tomondan, bu raqamli aloqa bilan bog’liq tushunchalarni tajriba qilish uchun ishlatilishi mumkin, masalan, ma’lumotlarni to’plamdan chiqarish, bitli operatsiyalar o’tkakazish, CRC tekshiruvi, boshqalar qatorida ma’lumotlarini ishlatish tushuniladi. Tadqiqotchilar shuningdek, past chastotali barcha operatsiyalar yuqori darajadagi funksiyalarga bog’langan xolda API (Application programming interfeys) larni ham qo’llashlari mumkin bo’ladi. Ushbu API lar orqali BITalino boshqaruvini ta’minlashda hozirgi vaqtda standartlardan Java SDK (Bluesock wrapper orqali), Android Java SDK, LabView, Matlab va Python kabi dasturiy vositalar mavjud [4]. Foydalanuvchi interfeysi Foydalanuvchilar uchun GUI HTML5 va CSS3 dasturiy vositalarni qo’llab- quvvatlovchi interfeys yaratilgan. Python tilida biosignal ma’lumotlarini boshqarish, JavaScript da esa signalni osongina kiritishni amalga oshirish mumkin (5-rasmga qarang). 6-rasmda foydalanuvchi interfeysi va real vaqt ma’lumotlarini olish ekrani ko’rsatilgan (Signal BIT). U odatda mavjud bo’lgan ikkita operatsiya rejimiga ega: Haqiqiy vaqt. BITalino qurilmasini boshqarish uchun real vaqtda biosignal qabul qila olishni boshlash va to’xtatish, keyinchalik ishlash uchun panel tomonidan saqlangan dastlabki ma’lumotlarni saqlab qo’yish, raqamli chiqish portlarini almashtirish, BITalinoning real vaqt rejimida ishlashi bilan bog’liq bo’lgan boshqa operatsiyalarni bajarish. Oldin saqlangan biosignal ma’lumotlar yozuvlarini yuklash va navigatsiya qilish uchun filtrlash, xususiyatni tanlab olish, keyinchalik qayta ishlash operatsiyalarni bajarish uchun. # OpenSignals Text File Format # {"20:16:07:18:13:59": {"sensor": ["RAW"], "device name": "20:16:07:18:13:59", "column": ["nSeq", "I1", "I2", "O1", "O2", "A1"], "sync interval": 2, "time": "10:36:46.161", "comments": "", "device connection": "BTH20:16:07:18:13:59", "channels": [1], "keywords": "", "mode": 2, "digital IO": [0, 0, 1, 1], "firmware version": 1281, "device": "bitalino_rev", "position": 0, "sampling rate": 1000, "label": ["A1"], "resolution": [4, 1, 1, 1, 1, 10], "date": "2021-
1-28", "special": [{}]}} # EndOfHeader Rasm. Webga asoslangan foydalanuvchi interfeysining Pythondagi kod qismlari. Signal BIT uchun keltirilgan yondashuvlar ko’p tomonlama ishlash qobiliyatiga ega. C / C ++ kabi tillarda tatbiq etilgan monolitik yondashuvlarda ishlash uchun yuqori darajada optimallashtirilishi mumkin. Lekin ularning o’zaro faoliyat platformasi muvofiqligi, dasturiy kodlash vaqti va GUI dizayni jihatidan yuqori xarajatlarga ega. Rasm. Real vaqtda ma’lumotlarni yig’ish uchun Signal BITalino foydalanuvchi interfeysi. Boshqa bir tomondan, biosignallar bilan tajriba almashish imkonini beruvchi va kuchli ilovalarni tezkor prototiplashda, veb-texnologiyalar bilan ta’minlangan boy GUI dizayn imkoniyatlaridan va yuqori o’zaro faoliyat platformalar portativligini ta’minlashda, Script funksiyalaridan va Python da joylashgan modullarning xilma-xilligidan foydalanishimiz samarali yo’l hisoblanadi. BITalino biosignalni qabul qilish va qayta ishlashni o’z ichiga olgan bilim va tajriba faoliyatini takomillashtirish vositasi sifatida yaratilgan. Bizning maqsadlarimizdan biri, dasturiy ta’minot bazasi orqali asboblar jamlanmasini qo’llab-quvvatlash uchun Python dan foydalanib, tadqiqotchilarni mavjud uslublar bilan vizullashtirish va tajriba qilish, shuningdek dasturiy va o’z uslublarini baholash uchun osonlashtirish. Bizning yondashuvimizdan tadqiqotchilar biosignallarni qayta ishlashning oldindan mavjud usullari bilan tajriba o’tkazishlari va biologik qayta ishlash asoslarini o’rganishlari mumkin. Tadqiqotchilar o’z malakalarini oshirishda o’zlarining kodlarini sinab ko’rishlari, o’z filtrlarini sinab ko’rishlari, dasturiy komponentlarga yangi funksiyalarni qo’shishlari va boshqa xususiylashtirish operatsiyalarini bajarishlari mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar https://google.com http://fayllar.org htpp://hozir.org Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling