Mavzu: Mushaklar haqidagi ilm. Musaklarning tuzilishi va tasniflanishi. Mushaklar ishining umumiy prinsiplari. Tana mushaklari va fastsiyalari, ularning yoshga qarab o’zgarishi


Download 28.94 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi28.94 Kb.
#1624080
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
106 Mushaklar haqid

Mushaklarning ishi
Skelet mushaklari nerv impulsi ta’siri ostida qisqarganida ularning harakatlanuvchi nuqtasi, qotirilgan uchiga yaqinlashadi va ma’lum bir ishni bajaradi. Buning natijasida gavdaning ma’lum bir qismi harakatga keladi. Mushaklar bo’g’imlarga ta’sir qilib, suyak richaglarni holatini o’zgartiradi. Bunda mushaklar bo’g’imlarga ma’lum bir yo’nalishda ta’sir qiladi. Agar bir nechta mushaklar bo’g’imga bir xil ta’sir qilsa sinergist mushaklar, qarama-qarshi ta’sir qilsa antogonist mushaklar deb ataladi. Mushaklarning bajaradigan ishning kuchi mushakning ko’ndalang kesimiga bog’liq. Anatomik ko’ndalang kesim mushak qorinchasini ko’ndalang kesganda hosil bo’lgan maydon yuzasi bo’lib, uning qalinligini ko’rsatkichi. Fizologik ko’ndalang kesim barcha
mushak tolalarining ko’ndalang kesimi yuzalarining yig’indisidan iborat bo’lib, mushak kuchining ko’rsatkichidir. Duksimon va lentasimon mushaklarning anatomik va fiziologik ko’ndalang kesimlari bir xil. Patli mushaklarning fiziologik ko’ndalang kesimi duksimon mushaklarga nisbatan katta bo’lgani uchun ularning kuchi katta bo’ladi. Mushaklar qisqargan vaqtda bo’g’imlar vositasi bilan birikkan suyaklar richag vazifasini bajaradi. Biomexanikada ikki turdagi richag farq qilinadi: Birinchi tur richag ikki yelkali bo’lib, muvozanat richagi deyiladi. Bunda tayanch nuqtasi kuch qo’yiladigan va qarshilik nuqtalari o’rtasida turadi. Bunga misol qilib I umurtqa va ensa suyagi o’rtasidagi bo’g’imni ko’rish mumkin.
Ikkinchi tur richag bir yelkali bo’lib, ikki turda uchraydi. Birinchi turi kuch richagi deyilib, bunda qarshilik tayanch nuqtasi bilan kuch qo’yiladigan nuqta o’rtasida bo’ladi. Bunga misol qilib oyoq panjasi suyaklari o’rtasidagi bo’g’imni olish mumkin. Ikkinchi turi tezlik richagi. Bunda kuch qo’yiladigan nuqta yelkasi qarshilik yelkasidan qisqa. Bunga misol qilib tirsak bo’g’imini olganimizda ozgina yukni ko’tarish uchun katta kuch sarf qilinib tezlikdan yutiladi.


Tana mushaklari
Ko’krak mushaklari kelib chikishi va faoliyatiga asosan ikki guruhga: 1 Ko’krak qafasidan boshlanib yelka kamari va yelka suyagiga birikuvchi mushaklar 2. Ko’krak kafasini o’ziga xos (autoxton) mushaklariga bo’linadi.
Birinchi guruhga to’rtta: katta va kichik ko’krak mushaklari, o’mrov osti mushagi va oldingi tishsimon mushak kiradi. Bu mushaklar ko’krak qafasidan boshlanib kurak, o’mrov va yelka suyaklariga birikadi.
Ular qiskarganda yelka kamari va yelka suyagini harakatga keltiradi, agar qo’l qimirlamay tursa, bu mushaklar qovurg’alarni ko’tarib nafas olishda ishtirok etadi.
Ikkinchi guruhga faoliyat jihatidan bir-biriga antogonist bo’lgan tashqi va ichki qovurg’alararo mushaklar, qovurg’a osti va ko’krakning ko’ndalang mushagi kiradi.
Tashqi va ichki qovurg’alararo mushaklar, tolalari yo’nalishi qarma-qarshi bo’lib qovurg’alar o’rtasini to’latib turadi. Tashqi qovurg’alararo mushak qovurg’alarni kutarib nafas olishda ishtirok etsa, ichki mushak qovurg’alarni tushirib nafas chiqarishda ishtirok etadi.
Uncha ko’p bo’lmagan qovurg’a osti mushaklari bitta-ikkita qovurg’a tashlab yuqoridagisiga birikadi. Qisqarganda qovurg’alarni tushirib nafas chiqarishda ishtirok etadi.
Ko’krakning ko’ndalang mushagi qovurg’alarning tushirib nafas chiqarishda ishtirok etadi.
Yangi tug’ilgan bolada nafas olish qorin bilan kechgani uchun qovurg’alararo mushaklar kuchsiz va yaxshi takomillashmagan bo’ladi.
Ko’krak bilan nafas olishga o’tilganidan so’ng qovurg’alararo mushaklar ko’payib qalinlashadi. Ayrim mushaklarning ko’ndalang diametri 12 yoshlarga borib 5-6 marta kattalashadi.


Download 28.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling