Mavzu: «musiqa darslari, musiqa savodxonligi jarayonida bastakorlar va xalq xofizlari ijodiyotini o’rganish metodlari»


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/33
Sana24.12.2022
Hajmi1.25 Mb.
#1054017
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Mavzu «musiqa darslari, musiqa savodxonligi jarayonida bastakor

 
 


102 
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti, Pedagogika 
fakul’teti, 5111100 - musiqa ta’limi yo’nalishi
 IV bosqich talabasi IsaQulov G’ulomning “Musiqa darslari, musiqa 
savodxonligi jarayonida bastakorlar va xalq hofizlari ijodiyotini o’rganish 
metodlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
XULOSASI 
O‘zbek musiqa san‘ati asrlar osha o‘zbek xalqi tomonidan ulug‘ ma‘naviy 
qadriyat sifatida ardoqlab kelingan. U yillar osha og‘zaki uslubda shakllanib, 
rivojlanib kelgan; xalq orasidan ajoyib bastakorlar, ijrochilar yetishib chiqqan. 
O‘zbek musiqa ijodkorligi asosan bastakorlik uslubida shakllanib kelgan. Hozirgi
davrga kelib esa o‘zbek musiqa san‘atida Yevropa musiqa nazariyasiga 
asoslangan kompozitorlik uslubi ham keng rivojlandi va bu uslubda o‘zbek 
kompozitor - bastakorlari ham ko‘plab musiqa durdonalarini yaratmoqdalar. 
Kompozitorlarning asosiy ijod manbai bu xalq musiqasidir. O‘zbek bastakor va 
kompozitorlari ana shu cheksiz manbadan foydalanib musiqa san‘atining turli 
janrlarida ijod qilmoqdalar.
Musiqa bu inson qalbi, shuning uchun ham inson musiqasiz, san‘atsiz 
tarbiya ololmaydi. Mustaqil Respublikamizning vazirlar mahkamasi chiqargan 
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ da musiqa ta‘lim vositalari bilan yosh avlodni 
tarbiyalash, o‘tgan davr va hozirgi zamon kompozitorlari asarlari vositalari bilan 
tariximizni o‘rganish va uni bilib olish imkoniyatidan foydalanish kabi maqsadlar 
qo‘yilgan. Sermazmunlik-bu musiqa san‘atida xos xususiyatdir. Lekin ―Musiqa va 
hayot‖ mavzusi umumta‘lim maktablardagi musiqa darslarining asosiy negizi 
hisoblanadi.
O‘zbekiston kompozitorlarining juda ko‘p asarlarida mehnatni, o‘z xalqini, 
o‘z Vatanini ardoqlash mavzulari tobora kengroq ko‘zga tashlanmoqda. Bu 
asarlardagi tuyg‘ular maktab o‘quvchilarini har tomonlama yuksaltirib yuqorida 
aytilgan mavzular vositalari bilan yosh avlodni o‘z mehnatini, xalqiga bo‘lgan 
hurmatini va vataniga nisbatan sadoqatini e‘zozlashga sababchi bo‘la oladi.
Bitiruvchi Isaqulov G‘ulom bitiruv malakaviy ishi ―Musiqa darslari, musiqa 
savodxonligi jarayonida bastakorlar va xalq hofizlari ijodiyotini o‘rganish 
metodlari‖ mavzusida yozilgan.
Malakaviy ish kirish qismi, ikki bob, 6 paragraf, xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
Bitiruv malakaviy ish ilmiy darajada yozilgan bo‘lib, uni bajarishga 
qo‘yilgan talablarga mos tarzda bayon etilgan. Men, ilmiy rahbar sifatida bitiruv 
malakaviy ishni YaDA himoyasiga tavsiya etish mumkin deb hisoblayman.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling