103
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti, Pedagogika
fakul’teti, 5111100 - musiqa ta’limi yo’nalishi
IV bosqich talabasi Isaqulov G’ulomning
“Musiqa darslari, musiqa
savodxonligi jarayonida bastakorlar va xalq hofizlari ijodiyotini o’rganish
metodlari”
mavzusidagi bitiruv malakaviy
ishiga
TAQRIZ
Yoshlarda Vatanparvarlik his-tuyg‘ularini shakillantirishi pedagogika
fanining dolzarb vazifalaridan biridir. O‘z tabiati
bilan milliy va baynalminal
bo‘lgan musiqa san‘ati bu borada eng ta‘sirchang vositalardan. Musiqani
tushunish, ongli idrok etish va uning orombaxsh ta‘sir kuchidan ma‘naviy oziq
olish darslarda o‘smirlarning vatanparvarlik va baynaminallik his-tuyg‘ularini
o‘stirishga yordam beradi. Ana shu maqsadni amalga oshirish borasida-
vatanparvarlik yo‘nalishidagi musiqiy asarlarni tanlash va bir tizimga
solish aniq
maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ishlarni mumtazamligi va samaradorligini oshirish
lozim bo‘ladi. Shu yo‘nalishda musiqiy asarlarni tinglash va tahlil qilishda
o‘quvchilarni hissiy faolligini ta‘minlash orqali ongli idrok etish darajalarini
orttirish lozimdir. Maktab musiqa darslarida o‘quvchilarda
vatanparvarlik
tuyg‘ularini tarbiyalash jarayonida o‘qituvchining eng ta‘sirchang va samarali
pedagogic rahbarligini ta‘minlashga erishish zarurdir. Shu mavzudagi xor asarlarni
ijro etishida maktab musiqa o‘qituvchisi o‘quvchilaridan ko‘tarinki ruhda,
bardamlik bilan, g‘urur tuyg‘ularida qo‘shiqni aytishlariga o‘rgatadi.
Ishning nazariy qismida muammolarni yechimini ajratib ko‘rsatish, musiqa
madaniyati darslarida va badiiy havaskorlik to‘garak mashg‘ulotlari
orqali
o‘quvchi-yoshlarning o‘zbek kompozitorlarining vatanparvarlik mavzusidagi
asarlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiluvchi usullardan foydalanish,
musiqa madaniyati darslari sinfdan tashqari musiqa mashg‘ulotlari jarayonida
o‘zbek kompozitorlari asarlari vositasida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik
tarbiyasini shakllantirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalarni
ishlab chiqish kabi
vazifalar qo‘yilgan.
Bitiruv malakaviy ishida xor jamoalari shuningdek jo‘rsiz xor asarlari orqali
o‘quvchi yoshlarni estetik ruhda tarbiyalash vositalaridan biri ekanligi ilmiy
asoslab yozilgan. Isoqulov G‘ulomning ―Musiqa darslari,
musiqa savodxonligi
jarayonida bastakorlar va xalq hofizlari ijodiyotini o‘rganish metodlari‖
mavzusida
yozilgan bitiruv malakaviy ishi ba‘zi bir kamchiliklarga ega. Lekin bu bitiruv
malakaviy ishning mohiyatiga ta‘sir etmaydi.
Bitiruv malakaviy ishi Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim Vazirligining
(DAK) talabalariga javob beradi va himoyaga tavsiya etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: