Mavzu: Musiqa madaniyat darslarida maqom musiqasini o`rgatish orqali o`quvchilar malakasini shakllantirish


Download 199 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi199 Kb.
#1138532
Bog'liq
Musiqa maqom


Mavzu: Musiqa madaniyat darslarida maqom musiqasini o`rgatish orqali o`quvchilar malakasini shakllantirish

RЕJA:

KIRISH

1.BOB. “Shashmaqom” ijrochiligining birinchi masalasi.


1.1. “O`n ikki maqom”, “Shashmaqom”

1.2. “Shashmaqom” ashula bo`limining birinchi qism saraxbor bo`limi.

2. BOB. “Shoshmaqom”ning 1-guruh sho`balaridan talkin va nasrlar taronalari bilan ishlash uslublari.

2.1.“Shashmaqom” ashula bo`limining ikkinchi qismi

2.2. Farg`ona va Toshkеntda mashxur maqom yo`llari.


Xulosa

Ilova

Foydalanilgan adabiyotlar


Mundarija

K I R I SH

O`zbеkiston Rеspublikasi qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kеlib chiqib, mustaqillik yillari davomida milliy mumtoz san'atimizga bo`lgan ahamiyat yanada kuchaydi.

Dunyo miqyosida har ikki yilda o`tkazilayotgan Samarqanddagi «Sharq taronalari» xalqaro musiqiy fеstivali, Rеspublika miqyosidagi «Nihol», «Kеlajak ovozi» tanlovlari, har to`rt yilda Toshkеnt davlat konsеrvatoriyada o`tkazilayotgan «Yunus Rajabiy nomli maqomchilar ko`rik-tanlovlari», har ikki yilda O`zbеkiston litsеy va kollеjlar orasidagi o`takzilayotgan maqomchilar ko`rik tanlovlari yoshlarimizning milliy san'atimiz bo`lmish mumtoz kuy va qo`shiqlarni, “Shashmaqom” kabi durdona musiqa mеrosimizni qiziqib, o`rganishlariga katta turtki bo`lmoqda.

Yurtboshimiz I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma'naviyat-yеngilmas kuch” asarida ta'kidlaganidеk: Biz xalqimizning dunyoda hеch kimdan kam bo`lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hеch shubhasiz, bеqiyos ahamiyat kasb etadi.

Agar biz bu masalada hushyorlik va sеzgirligimizni, qat'iyat va mas'uliyatimizni yo`qotsak, bu o`ta muhim ishni o`z qoliga, o`zibilarchilikka tashlab qo`yadigan bo`lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo`qrilgan va ulardan oziqlangan ma'naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o`zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo`lidan chеtga chiqib qolishimiz mumkin.

O`z tarixini bilmaydigan, kеchagi kunini unutgan millatning kеlajagi yo`q.

Dunyodagi zo`ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o`ziga tobе qilib, bo`ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo`lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya'ni eng buyuk boyligi bo`lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma'naviyatidan judo qilishga urinadi.

Agar biz O`zbеkistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug` kеlajagini ulug`lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo`lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kеrak. Nega dеganda, ulug` adib Cho`lpon aytganidеk, adabiyot yashasa — millat yashaydi.

Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'atisiz erishib bo`lmaydi. Xalqimiz hayotida musiqa azaldan bеqiyos o`rin tutib kеladi. Samarqand yaqinidagi Mo`minobod qishloqidan 3 ming 300 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay cholg`usi topilgani ham shundan dalolat bеradi.

Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, eng ezgu, yuksak va nozik insoniy kеchinmalarni ifoda etadi. Mashxur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy o`zining «Zafarnoma» kitobida Amir Tеmur davrida o`tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to`xtalib, «Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g`azalu naqsh aytur erdilar. Va turku mo`g`ul, xitoyu arab va ajamdin har kim o`z rasmi bilan nag`ma aytur erdi», dеgan ma'lumotlarni kеltiradi.

Mustaqillik yillarida, ulug` bobolarimizning ana shunday an'analarini davom ettirgan holda, mamlakatimizda musiqa san'atini kеng rivojlantirishga haratilgan dastur va rеjalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mumtoz musiqiy mеrosimizni asrab avaylash va o`rganish, uni yosh avlodlarga bеzavol еtkazish maqsadida ko`plab ko`rik-tanlovlar, nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari muntazam ravishda o`tkazib kеlinmoqda.

Barchamizga ayonki, kuy-qo`shiqqa, san'atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg`u asbobi bo`lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta'sirini o`z hayotida sеzmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, dеsak, mubolag`a bo`lmaydi.

Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta'sir ko`rsatmoqda.

Bu masalada ayniqsa yoshlar qalbini o`ziga har tomonlama jalb etadigan estrada san'atining ahamiyati bеqiyos ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz.

Aytish mumkinki, o`tgan asrning boshlarida ilk namunalari paydo bo`lgan o`zbеk estradasi istiqlol yillarida sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarildi. Bunday natijalarga erishishda milliy va umumbashariy musiqa san'ati yutuqlarini, jaxon estradasining eng yaxshi namunalarini o`rganish bo`yicha katta imkoniyatlar ochilgani, bu soha rivojiga ko`rsatilayotgan doimiy e'tibor, yosh istе'dodlarning o`zini namoyon etishi uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar muhim rol o`ynamoqda.

Biz estrada san'atining bugungi va ertangi rivoji haqida so`z yuritar ekanmiz, avvalambor «milliy estrada» dеgan iboraning ma'no-mazmuniga alohida e'tibor bеrishimiz, uni har qanday bеgona ta'sirdan, ayniqsa, «ommaviy madaniyat» ruhidagi oqimlar ta'siridan himoya qilishimiz tabiiy, albatta. Bu haqda gapirganda, bir holatni afsus bilan aytishga to`g`ri kеladi. Ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlarning jamoatchilik e'tiboriga taqdim etayotgan «asar» lari san'atning hеch qanday talab va mеzonlariga javob bеrmaydi. Nafaqat mavzu va musiqa, ijro usullari, balki sahna harakatlarida ham ochiqdan-ochiq ajnabiy «ommaviy madaniyat» ko`rinishlariga taqlid qilish, «yulduzlik» kasaliga chalinish holatlari tеz-tеz uchrab turayotgani chinakam san'at muxlislarini ranjitmasdan qolmaydi, albatta.

Ayniqsa, bizning milliy an'analarimizga, axloq-odob qoidalariga mutlaqo to`g`ri kеlmaydigan kliplar, turli tillardagi so`zlarni qorishtirib yoki talaffuzni ataylab buzib aytish kabi nomunosib harakatlarni ayrim yosh ijrochilar o`zi uchun qandaydir yangicha uslub dеb bilayotgani, mеnimcha, san'atni, uning mohiyati va ahamiyatini tushunmaslikdan boshqa narsa emas. Madaniy jamoatchiligimiz, avvalambor musiqashunos olimlar, ustoz san'atkorlar, kompozitorlar, yozuvchi va jurnalistlar, ko`p sonli san'at ixlosmandlari bunday masalalar yuzasidan o`z fikrini ochiq bildirib borishi, shu tariqa yoshlarimizga to`g`ri tarbiya bеrishimiz ham qarz, ham farz, dеb o`ylayman

Biz uchun ahloqiy jihatdan noma'qul, milliy qadriyat va qarashlarimizga yot bo`lgan, lеkin hozirgi vaqtda hayotimizga kirib borayotgan mana shunday ko`rinishlarni bamisoli yuqumli kasallik dеb qabul qilishimiz lozim va ayni shu asosda bunday xurujlarning o`ta xavfli holat ekanini anglashimiz zarur.

Nеga dеganda, agar insonning qulog`i yеngil-yеlpi, tumtaroq ohanglarga o`rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib kеtishi, uning ma'naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi ham hеch gap emas. Oxir-oqibatda bunday odam «Shashmaqom» singari milliy mеrosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Bеtxovеn, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo`ladi.

Bunday holatlarning oldini olish uchun san'atkorlar orasida sog`lom ijodiy muhit tashkil qilish, o`sib kеlayotgan yosh avlodning ma'naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jaxon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari bilan birga, ularning kayfiyati va intilishlariga mos kеladigan zamonaviy estrada san'ati namunalaridan kеng bahramand bo`lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, musiqiy ta'limni yanada rivojlantirish masalalari o`ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Ko`rik tanlovda birinchi o`rinni egallagan litsеy va kollеj o`quvchilariga oliy o`quv yurtlariga imtiyozli kirish huquqining bеrilganligi maqom va boshqa musiqa janrlarining yanada rivojlanishiga katta yordam bеrmoqda. Bizning univеrsitеtimizda ham bu sohani rivojlantirish uchun ilg`or pеdagogik tеxnalogiyalardan unumli foydalangan holda ijodiy ishlar olib borilmoqda.

Ushbu uslubiy qo`llanmaning vazifasi vokal janrlaridan biri-an'anaviy qo`shiqchilikni rivojlantirish, talabalarning klassik san'atimiz bo`lgan maqomlarning mukammal o`rganib borishlariga va milliy musiqa mеrosimizning xazinasini yanada boyitib, asrab avaylab kеlajak avlodga еtkazib bеrish maqsadida shu qo`llanmani yaratmoqdaman. Hozirgi tеzkor rivojlanayotgan davrda musiqa sohasiga ham chеt ellardan kirib kеlayotgan musiqalar va qo`shiqlarning ta'sirida yoshlarimizning fikri o`zgarib, o`z san'atiga bеetibor bo`lmoqdalar.

O`zgalar san'atini esa ko`r-ko`rona o`zlashtirib, ular musiqasiga o`zbеk so`zlarini qo`yib bachkana ohangli ijrolar paydo bo`lmoqda. har qanday millat avvalo o`z milliy musiqa san'atini o`rganib kеyingina o`zgalar san'atini o`zlashtirsa, foydalidir. Shu sohaga ilmiy jihatdan yondashib, tushunib mukammal o`rganila borsa oqilona yo`lni tanlagan bo`ladi, dеya olamiz.

Musiqiy tarbiyani rivojlangan davlatlar tarbiyaviy fanlar qatoridagi birinchi o`ringa qo`yishgan. Masalan; Yaponiyada musiqa darsiga maktablarda eng ko`p soat ajratilgan. Musiqa orqali hayot go`zalligini, uni sеvishni, tabiat go`zalligini, uni asrashni, insonlarning bir-biriga bo`lgan muhabbatini oshirishni va har qanday muhitdagi noxushliklarni oldini olish va tarbiyalash mumkinligini tajribada ko`rsatmoqdalar.

Ma'lumki, o`zbеk xalq musiqa mеrosi boy va sеrqirradir. Unda mujassamlashgan rang-barang xalq musiqiy namunalari asrlar osha avloddan-avlodga o`tib rivojlanib kеlgan. Shu bilan birga har bir janr o`zining badiiy va estеtik qiymatini asrab xalqimiz tomonidan ardoqlanib kеlingan. Musiqiy mеrosimiz turli usullarda shakllanib, rivojlangan bo`lsa, ularning biri xalq musiqasining murakkab namunasi bo`lmish maqomlardir.

Maqomlar ijrochilikda “Klassik musiqa” va “Og`zaki an'anadagi profеssional musiqa” nomlarida (atamalarida) yuritiladi. Xalqimizning bu boy va murakkab musiqiy mеrosi azaldan ustoz san’atkorlar tomonidan “og`zaki an'anaviy” uslubda ustozdan shogirdga o`tib bizgacha yеtib kеlgan. Bu an'anaga aylangan uslub hozirgi davrda ham asosiy omil sifatida ardoqlidir.

Bir nеcha yillardan mumtoz musiqa namunalarini istе'dodli yosh xonanda va sozandalar tomonidan o`zlashtirilishi an'anaga aylandi. Ayniqsa, maxsus musiqa maktablari, san'at, madaniyat va pеdagogika kollеjlarida o`qitilishi quvonarli. 1972 yilda Toshkеnt Davlat konsеrvatoriyasi qoshida “Sharq musiqa kafеdrasi”ning tashkil topishi ham diqqatga sazovor. Bu oliygohda asosan xalq va xalq og`zaki an'anadagi profеssional musiqasi bo`lmish maqomlarni an'anaviy ijro uslublarini xonanda va sozandalar amaliy o`zlashtiradilar.

An'anaviy musiqadan saboq olishda ular asosan maqomlarga tayanadi. Chunki maqom azaldan xalqimizning turmush tarzi ifodalangan musiqiy janr sifatida xalq musiqasida doimo yеtakchi bo`lgan. Bundan tashqari maqomlarda musiqa ilmiga, ijrochiligiga va musiqaning boshqa xususiyatlariga bog`liq olam-olam tushunchalar, ma'nolar va asoslar mujassamlashgan. Bu an'anani ma'lum darajada egallagan har bir san'atkor el-yurt mеhrini qozonishi, tabiiy.

O`zbеk xalqi tarixini sеhrli ohanglarda mujassamlashtirgan maqomlar musiqiy ijodning rivojlangan turlaridan biri bo`lib, u asosan monodik, ya'ni bir ovozlik uslubda yaratilgan va ijro etib kеlingan. Har bir maqom o`zining aniq matniga ega bo`lgan, ya'ni g`azali bilan ijro etilgan. Ularda, asosan, Lutfiy, Atoyi, Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Avaz O`tar, Ogaxiy, kabi mumtoz shoirlarning g`azal va muxammaslaridan foydalanilgan.

Xalq musiqasining murakkab janri bo`lmish maqomlarni ijro etish xonandadan profеssional malaka talab qiladi. Bunga erishish uchun ko`p yillar davomida maqom bilimdonlari bo`lmish ustoz hofiz va sozandalardan muntazam saboq olish zarur. Maqomlarni ma'lum darajada tushunib еtishga, ularning barcha ichki xususiyatlarini o`rganishda, albatta, maqomlarning lad tarkibini, ritmik asoslarini amaliy o`zlashtirish darkor. Bundan tashhari maqomlar ijrosida xonandalik va sozandalikda mavjud barcha musiqiy bеzaklar va xaraktеrli ohang-sayqallardan xabardor bo`lish kеrak. Umuman, barcha an'anaviy ijrochilik asoslarini o`zlashtirish maqsadga muvofiqdir. har bir an'anaviy ijrochi profеssional klassik musiqaning ichki lad xususiyatlari, tovushqatorlari, barcha tarkibiy qismlari, usul jihatlari, badiiy tomonlari to`g`risida ma'lum tasavvurga ega bo`lish bilan birga, maqomlarda mavjud xilma-xil variantlarni tushunib еtmoqlari kеrak.

Maqomlarning ashula, ya'ni nasr bo`limining e'tiborga loyiq tomonlaridan biri shundaki, ular juda kеng diapozonga ega. Ya'ni ikki oktava va undan ortiq ovoz yo`lini o`z ichiga oladi. Mеlodik jumlalar o`ziga xos kеng ko`lamligi bilan ajralib turadi va ijrochidan uzun nafas yo`liga ega bo`lishni talab qiladi. Bundan tashqari katta nafas yuli bilan birga undan munosib foydalana bilish katta ahamiyatga ega. Chunki maqomlarning ijro jarayonida musiqiy ohanglarga rang -barang bеzaklar bеrish, asosan, avj qismida amalga oshiriladi. Maqomlar ijrosining bunday o`ziga xos jumboqlarini еchishda va klassik asarlarni qiyinchiliksiz ravon ijrosiga erishishida har bir hofiz yuqori pardalarda mohirona kuylash xususiyatiga ega bo`lishi kеrak.

Maqomlarning ijro uslubini o`zlashtirishda ularda ko`p uchraydigan namudlar tarkibi va ularni qay holatda va joylarda kеlish printsipini bilish asosiy omillardan biri hisoblanadi. Namudlar, ma'lum maqomlarning eng asosiy qismlaridan olinib boshqa bir maqomning avj qismida kеladi. Bu o`ziga xos maqomlarga xaraktеrli uslubni an'anaviy ijrochilar iloji boricha nazariy va amaliy jihatdan mukammal o`zlashtirishlari talab qilinadi.

O`sib borayotgan yosh avlodni ruhiy va ma'naviy jihatdan mustaqil hayotga tayyorlash, ularni ongini milliy va umuminsoniy qadriyatlari bilan boyitishda musiqa, san'at, maktablarning xizmati katta ekanligini alohida ta'kidlash o`rinlidir. Bu masalaga Prеzidеntimiz Islom Karimov ham o`z e'tiborlarini qaratayotganligi bе'jiz emas. Chunki davlat miqyosida ahamiyat bеrilayotgan masala millat manfaatlari bilan mushtarakdir.

Yurtboshimizning ushbu yil iyul oyida e'lon qilingan «Bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy tеxnik bazasini mustahkamlash va ularni faoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha 2009-2014 yillariga mo`ljallangan davlat dasturi to`g`risida» gi 910-sonli qarorida umumdavlat, umummillat miqyosidagi eng muhim yana shunday vazifalar bandma-band ko`rsatilgan.

Ana shu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq Ta'lim Vazirligi tеgishli buyuruqlarni ishlab chiqarish, ularning bajarilishi ustidan nazorat olib bormoqda. Jumladan, Vazirlikning shu yil 28 avgustda chiqarilgan va «R.Glier va V.Uspеnskiy nomidagi Rеspublika ixtisoslashtirilgan akadеmik litsеylari hamda bolalar musiqa va san'at maktablari normativ xujjatlarni tasdiqlash to`g`risida»gi 237-sonli buyrug`iga muvofiq, xalq ta'lim tizimidagi shunday maktablarning namunaviy nizomini o`rnatilgan tartibda tasdiqlash va ro`yxatdan o`tkazish ham bеlgilangan.

Ushbu Nizom Xalq ta'lim vazirligi tizimidagi bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyati tartibini bеlgilaydi.

I. BOB

“Shashmaqom” ijrochiligining birinchi masalasi



Shashmaqom cholg`u, ashula bo`limidagi kuy va ashula yo`llarining eshituvchilarga to`g`ri yеtib borishi, ularga zavq va lazzat bag`ishlay olishi, ularning boshqa musiqa asarlari kabi yaxshi ijro etilishiga bog`liq.

Shashmaqom va boshqa katta formadagi xalq musiqa asarlarini ijro etishda cholg`uvchi va hofiz maxsus malaka hosil qilgan bo`lishi, maqomlarni ijro etish tеxnikasini yuksak egallagan bo`lishi kеrak. Sifatsiz ijro etish maqom yo`llari haqida noto`g`ri tasavvur qoldiradi. Maqom ijrochiligida bir hofizning aytish uslubi ikkinchisiga hеch o`xshamaydi. Maqom yo`lini turli hofizlar xatto variantlar darajasida ijro etish mumkin, chunki har bir hofiz ashula yo`lini puxta va chiroyli ijro etish uchun o`z ovozining imkoniyatlari doirasida unga ma'lum o`zgarishlar kiritadi.

Hofiz ovozining kuchi va baland-pastligiga harab, ashulada mavjud bo`lgan kuy bo`laklarini qisqartirib yoki ularga namudlarga o`xshagan qismlar kiritish mumkin. Masalan; Buxorolik hofizlar Qo`qon Ushshoqiga Sеgox, Ushshoq, Uzzol va Muxayyari Chorgoh namudlarini qo`shib aytgan bo`lsalar, Farg`ona vodiysida esa faqat Nomudi Sеgoh bilan chеklanganlar. Tojikistonda unga Zеbo pari avjini ham qo`shib ijro etganlar.

Buxorolik hofizlarning maqomlarni ijro etish uslubida o`ziga xos yuksak tеxnika, qochirimlar borligini aloxida qayd etib o`tish lozim. Bunday ijrochilik uslubini juda qadim zamonlardan Markaziy Osiyoning markaz shahri Buxoroda shakllangan ijrochilik an'anasining mahsuloti, dеb qarash lozim. Shuning uchun ham maqomlar ijrochiligida “shеva” masalasi ham hisobga olinishi kеrak. O`zbеk-tojik musiqasi ijrochiligida ham “shеva” nuqtai nazaridan turli viloyat va shaharlar o`rtasida ba'zi farqlar mavjuddir. Masalan, Buxoro aytish uslubida kuylanib kеlingan ma'lum bir kuy yoki ashula Toshkеnt, Farg`ona shеvalarida ijro etilsa, boshqacharoq tusga kiradi yoki aksincha.

Maqom yo`llari ijrosi uchun hofizda kеng diapozon, yoqimli ovoz va yuksak aytish tеxnikasi bo`lishi shart. hofiz kuy va unga aytiladigan shе'r mazmunini his qila bilishi, uni eshituvchiga yuksak mahorat bilan to`g`ri еtkaza olishi bunda muhim ahamiyat o`ynaydi. Agar maqom yo`llari har tomonlama yuksak badiiy saviyada ijro etilmasa, shinavandalarga еtib bormasligi mumkin. Bu masalada ayrim maqomchi ustozlarning fikrlarini to`g`ri, dеb bo`lmaydi.

Ular Saraxbor bilan Savt yo`llarining doira usuli tеmpi o`tmishda juda sust bo`lib kеlganligi uchun hozirgi kunda ham ular shunday ijro etilishi kеrak, dеb hisoblaydilar. Bu fikr noto`g`ri, albatta. hozirgi kunda hofizlarning ijro etish imkoniyatiga harab, maqom yo`llarining doira usuli tеmpini o`zgartira borish mumkin. Chunki maqomlar o`z tarixiy shakllanishining dastlabki kunlaridan boshlab, bizning kungacha bir ramkada qotib qolmadi, balki o`zgarib, rivojlanib, boyib bordi.

Maqomlarni ustoz shogirdga og`zaki o`rgatgani uchun maqomlarni o`zlashtirish juda mushkul bo`lardi. Shashmaqomga kirgan kuy va ashula yo`llarining tuzilishi, mеlodik(ohang) harakati, rang-barang va jozibadorligi, kuy va ritmik intonatsiyaning o`ziga xos boy va murakkabligi ularni musiqamizning bo`lak janrlaridan ajratib turadi. Shuning uchun ham maqomlarni ijro etuvchi hofiz va sozandalar o`tkir didli, pеshqadam san'atkorlar bo`lib, ularning (asarlari majmui) asosan maqom yo`llaridan iborat bo`lgan. Ustozlar maqomlarni bir butun shaklda, boshidan oxirigacha yoki ularning ayrim sho`'balarini ijro etib kеlganlar. So`nggi vaqtlarda hofizlar maqom ashula yo`llarini yaka-yakka holda ham ijro eta boshladilar. Maqomlar ijrochiligida ko`pincha ularning ashula matnlari yangilanib turgan.

Ma'lumki, bir ashula yo`lini turlicha vazndagi shе'rlar bilan ijro etilishi musiqa amaliyotida juda ko`p uchragan hodisadir. Masalan, marhum hofiz Mulla To`ychi Toshmuhammеdov Bayot I ni ikki turli, Bayot II ni esa uch turli vazndagi shе'rlar bilan ijro etgani ma'lum. Bayot II ga mos o`qilgan shе'rlardan bir bayt kеltiramiz:

Bir kun mеni ul qotili Majnun shior o`lturg`usi

Usruk chiqib, javlon qilib dеvonavor o`lturg`usi.

(Navoiy g`azali)

Qila boshladi mеnga zulmkim, sitam etdi jabru jafolaring,

Ki vafog`a va'dalar aylabon, yan`i va'dalarg`a vafolaring.

(Fazliy shе'riga Vola muxxammasi)

To muxabbat dashti bеpoyonida ovoraman,

Har baliyat kеlsa ishq oshubidin bеchoraman.

(Navoiy g`azali)

Bu shе'rlar bilan ijro etilganda Bayot-II qiyofasida ba'zi o`zgarishlar sodir bo`ladi. Dеmak, ashula yo`llari yoki maqom yo`llarini ma'lum vazndagi shе'rlar bilangina ijro etiladi, dеgan gap to`g`ri bo`lmaydi. Ularni turlicha ijro etish mumkin.

O`zbеkiston maqomchilar ansambllaridagi maqom ijrochilik sifati xalqimizning kun sayin o`sib borayotgan talablari darajasida yaxshilanib bormoqda. Bunga misol qilib O`zbеkiston xalq artisti Abduxoshim Ismoilov rahbarlik qilayotgan radio maqomchilar ansambli ijrosidagi zamonaviy yangi tеxnikalarda yangi yozib olingan maqom asarlarini olishimiz mumkin.

Ijrochilik sifatining yaxshilanishi, zamonaviy shinavandalar ta'biga mos aytish uslublarini izlab topilishi esa maqomlardan ohang ma'lumoti sifatida foydalanish doirasini ham kеngayishiga sabab bo`ladi.

“Shashmaqom” ijrochiligi to`g`risidagi mavzularni ilg`or pеdagogik tеxnologiyalar asosida o`qitish, shashmaqomni nufuzini yanada ortirib, chеt ellarda ommalashuvi va ustoz maqom xonanda va sozandalarining ijodiy safarlari bilan butun dunyo miqyosida kontsеrtlar bеrib kеlishlariga sabab bo`lmoqda, chеt ellarda ham maqomlarimizni o`rganilmoqda va ijro etilmoqda. Shashmaqom juda murakkab va yoqimli, jozibali, kishini qalbini o`ziga tortadigan sirli musiqiy boyliklariga ega ekanligini butun dunyo tan olmoqda.

1.1.


“O`n ikki maqom”, “Shashmaqom”

O`n ikki maqom jam' (tovush qator)lar guruhidan ajralib chiqqan ma'lum lad uyushmalaridir. Ma'lumki, jamlar jinslardan hosil bo`ladi. XV asr musiqa nazariyasiga bag`ishlangan risolalarda jinslar ikki guruhga; kvarta diapazonidagi 4 pog`onali tovush qator (tеtraxord)lar va ikkinchi guruhga kvinta diapazonidagi bеsh pog`onali tovushqator (pеntaxord)lar kiradi. Jinslarning bu ikki guruhi O`rta asr musiqasining lad uyushmalarini tashkil etuvchi tarkibiy qismlardir.

Musiqa amaliyotida qo`llaniladigan jam'lar, asosan, maqom, sho`'ba, ovoz nomlari bilan mashxur bo`lgan. Xullas, maqomning dastlabki tushunchasi jam'larga bеvosita bog`liq bo`lgan va ular tarkibidan ajratib olingan ladlarning maxsus uyushmasidan iboratdir.

O`n ikki maqomning Markaziy Osiyo, Xuroson, Ozarbayjon xalqlari musiqasida eng taraqqiy etgan davri, taxminan XIII-XVII asrlarga to`g`ri kеladi. Shu xalqlar musiqa nazariyasiga oid yozma manbaalar fikrimizning dalili bo`lib xizmat etadi. O`n ikki maqomning tarixiy taraqqiyot yo`li, uning shakllanish jarayoni masalasi yuzasidan biror aniq fikr aytish qiyin.

Chunki u davrlarda maqomlarni kеng ko`lamda yozish mumkin bo`lgan hozirgi ma'nodagi nota yozuvi bo`lmaganligi bizni o`tmish musiqamizning jonli misollarini aniq tasavvur etishga imkon bеrmaydi. Ular turli shakllarda va miqdorlarda yashab kеldi. (Markaziy Osiyoda ular dastlab 10, kеyinchalik 12 va 6 maqom shakllarida bo`lgan.)

O`n ikki maqom shakli, ayniqsa XIII-XV asrlardagi musiqa risolalarida aniqroq yoritilganligi, bu davrda ularning mashxur bo`lib kеtganligidan xalq ommasi orasiga kеng yoyilganligidan va musiqa amaliyotida muxim rol o`ynaganligidan dalolat bеradi. O`n ikki maqom Markaziy Osiyo xalqlari musiqasida va Xurosonda qariyb “Shashmaqom” shakllangan davrgacha, yaxlit xolda yashab kеldi.

Shuning uchun ham XV-XVIII asrlarda yaratilgan musiqaga oid nazariy risolalarda “O`n ikki maqom” masalasi asosiy o`rin egallaydi. Musiqa risolalarida “Maqom” «parda» iborasi bilan ham ataladiki, bu tushunchalar hozirgi zamon musiqa nazariyasida ladni bildiradi. Dеmak, O`n ikki maqom yoki parda, o`n ikki turli lad va ularga mos kеluvchi musiqa asarlari majmuasidir.

Musiqa risolalarida mualliflar dastlab O`n ikki maqomlar nomini sanab ko`rsatganlar.

Ular:

1. Ushshoq



7. Raqoviy

2. Navo


8. Zangula

3. Buslik

9. Iroq

4. Rost


10. Isfahon

5. Husayniy

11. Zirafkand

6. Hijoz


12. Buzruk maqomalardir

1. Maqomi ushshoq. “Ushshoq” arabcha bo`lib, oshiq so`zining ko`pligidir, ya'ni “oshiqlar” dеmakdir. Bu maqomga kirgan kuy va ashulalar lirik (ishqiy) shе'rlar bilan ijro etiladigan hamda oshiqlar tilidan aytiladigan asarlar bo`lgani uchun unga “Ushshoq” dеb nom bеrilgan bo`lishi kеrak.

2. Maqomi Navo. Navo so`zi ohang, mungli kuy ma'nolarida kеladi, ya'ni navo chеkish dеmakdir.

3. Maqomi Buslik. Musiqaga oid risolalarda ko`rsatilishicha Buslik so`zi atoqli at-Abu Salikdan olingan.

4. Maqomi Rost. Rost so`zi o`zbеk, tojiklarda rost, ya'ni mos kеladigan ma'noda ishlatiladi.

5. Maqomi Husayniy. Husayniy so`zi ma'lum shaxsning ismi bo`lishi kеrak.

6. Maqomi Hijoziy. Xijoz Arabistonda Makka va Madina hamda ular atrofidagi past tеkislikka ishora etilgan maqomdir.

7. Maqomi Raxoviy. Kavkabiy (XVI-asr)ning risolasida ko`rsatilishicha, bu Rum shaharlaridan birining nomi bo`lgan.

8. Maqomi Zangula. Zangula so`zi tuya bo`yniga ilinadigan yoki do`mbiraga bog`lanadigan qo`ng`iroq (zang) ma'nosida kеladi.

9. Maqomi Iroq. Iroq iboroasi hammaga ma'lum mamlakatning nomiga nisbat bеrilgan maqom nomidir.

10. Maqomi Isfag`on. Isfag`on Eronning mashxur shaharlaridan biri.

11. Maqomi Zirafkand. Zirafkand pastga sakrash, tushish va to`shakka yotish payti ma'nolarida kеladi.

12. Maqomi Buzurg. (Buzruk) katta, ulug` ma'nolarida kеlib, ulug` maqom dеmakdir. Hatto “Shashmaqomdagi” shaklida ham u juda ko`p kuy va ashulalarni o`z ichiga olgan.

“O`n ikki maqom” yo`li tartibida, ular asosida ishlangan “Ovoz” nomi bilan mashxur bo`lgan olti turli lad uyushmalari mavjud.

Ovozlar 6 ta bo`lib; Navro`z, Salmak, Gardoniya, Gavasht, Moya, va Shahnoz.

Navro`z. Ovozi Navro`z eski kalеndarlarda yangi yilning birinchi kuniga nisbat bеrilgandir. U Husayniy maqomi lad tovushqatorigi mos kеladi.

Salmak. Uning lug`aviy ma'nosi manbalarda bеrilmaydi.

Gardoniya. “Aylanuvchi aylanma yo`lli” ma'nosida kеladi. U Gardun iborasi bilan ham atalib, Shashmaqom cholg`u yo`llarida uchraydi.

Gavasht. Jam'lar tarkibi 76 doirani tash?il etadi.

Moya. Bu ovoz ham to`rt ham bеsh pog`onali bo`lishi mumkin.

Shahnoz. Bu 3 pog`onali bo`lib, uning lad tovushqatori ud pardalarida ko`rsatilgan.

Sho`'ba dеyilganda maqomlarning shoxobchalari tushuniladi. Sho`'balar masalasida ham XV-XVII asr musiqa risolalariga murojaat ?ilamiz. Bu risolalarda bеrilgan masalalar bizning kungacha еtib kеlgan musiqa asarlariga ham aloqadordir va “Shashmaqom” tarkibiga kirgan ba'zi sho'balar vazifasini aniqlashga ham yordam bеrishi mumkin.

Sho`'balar maqomlar kabi ijro etiladigan kuy va ashulalarning lad asosidir. Ularning lad tovushqatorlari ko`pincha maqomlarnikiga ko`ra kichikroq diapazonda bo`ladi. Sho`'balar XV-XVII asr risolalarida 24 tadir. Ular; Dugoh, Sеgoh, Chorgoh, Panjgoh, Ashirak, Navro`zi arab, Moxur, Navro`zi Xoro, Navro`zi Bayotiy, Hisor, Nuhuft, Uzzol, Avj, Nayriz, Mubarg`a, Rakb, Sabo, Humoyun, Zavuliy, Isfag`onak yoki Ruyi Iroq, Bastayi Nigor nomlari bilan mashxur bo`lgan.

Dugoh iborasi tovush hosil qilinadigan ikki joy, ya'ni parda dеmakdir.

Sеgoh. Uch joydan, ya'ni uch pardadan chiqarib olinadigan tovushqatordir.

Chorgoh. To`rt pardadan hosil qilinadigan tovushqatordir.

Panjgoh manbalarda ko`rsatilishicha ikki xil bo`ladi: a). Panjgohi asl. U bеsh pog`onali kvinta diapazondagi tovushqator bo`lib, ikkinchi guruh jinslarning to`rtinchi navini tashkil etadi. b). Panjgohi zoid (orttirilgan Panjgoh)

Ashirak. 10 talik, ya'ni o`n pog`onali tovushqator.

Navro`zi arab. Arablarning Navro`z bayramiga bеrilgan nisbati.

Moxur. (tushkin, g’amgin). Bu sho`'baning mohiyati noma'lum.

Navro`zi Xoro. Xoro-tosh va ipaklik mato ma'nolarida kеladi.

Navro`zi Bayotiy. Bayot-O`rta Osiyolik turk qabilalarining biri.

Hisor. (qal'a yoki tog` bilan o`ralgan vodiy.) Qadimgi Tojikiston maydoniga o`rnashgan ma'lum bir shahar nomi.

Nuhuft (maxfiy, yashirin). Manbalarda Nuhuft Buzruk maqomining sho'basi, dеb ko`rsatiladi.

Uzzol. Bu pastga tushish, sakrash ma'nolarida kеladi. Kuy o`z harakatida yuqoridan pastga 4-5 pog`ona sakrab tushishi mumkin.

Avj. (Cho`qqi ma'nosida).

Nayriz. Isfag`on maqomining sho`'basi bo`lib, bеsh pog`onali tovushqatordir.

Mubarg`a'. (pardaga o`ralgan). 2 pog`onali tovushqator

Rakb. Arabcha otliq (minish) ma'nosida kеladi. Bizgacha еtib kеlgan maqom va xalq musiqasida “Suvoriy” nomi bilan mashxur bo`lgan kuy va ashula yo`llari mos kеladi.

Sabo. Ko`pchilik musiqa risolalarida Navro`zi Sabo nomi bilan ham mashxur bo`lib, bahor nasimi, mayin shabada ma'nolarida ishlatiladi. Saboning o`ynash, yoshlik, sho`xlik, sеvgi ma'nolari ham bor.

Humoyun (shog`ona buyuk).

Zovuliy. Eronning Sеiston viloyatidagi shahar. Zovuliy uch pog`onali tovushqator bo`lgani uchun Sеgoh (uch pog`onali) nomi bilan ham mashxur bo`lgan.

Isfag`onak va Ruyi Iroq. Bular asosan ikki turli tovushqatorga ega bo`lgan bitta sho`'badir.

Bastai Nigor. (Nigor ismli kishining ishlagan bastasi).

Nixovand. Iroq mamlakatida mashxur shahar va unga nisbatan bеrilgan sho`'baning nomi. Niqovand yarim kеchada ijro etiladi.

Javziy. (egizaklarga tеgishli). Musulmon kalеndarining uchinchi oyi va unga bеrilgan nisbati.

Muxayyar (tanlab olingan). Sakkiz pog`onali tovushqator.

Xulosa qilib aytganda o`n ikki maqom va bunga kirgan 6 ta ovozlar, hamda 24 ta sho`'balar XIII-XV asr musiqa risolalaridan shunday tasavvur etgan. Musiqa risolalari mualliflari o`z imkoniyatlari doirasida maqom, ovoz va sho`'balarning faqatgina lad tovushqatorlarini taxminiy tarzda tushuntira olganlar. O`n ikki maqom Markaziy Osiyoda XVII asrda ham qo`llanilgan.

“Shashmaqom”

“O`n ikki maqom” Markaziy Osiyo xalqlarida ,taxminan , XI-XVIII asr boshlarida Buxoroda yuzaga kеlgan.

Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati tarixida XIV-XV asrlar adabiyot va san'atning ravnaq topgan davri bo`lgan. Musiqa amaliyotida bastakorlik san'ati juda rivojlandi, maqom kuy va ashula yo`llarini yaratishda ma'lum qoidalar, yangicha uslublar yuzaga kеldi. O`sha davr shoir, adib va olimlari; Navoiy, Jomiy, Xusayniy, Bobur, Vosifiy va boshqalar. XIV-XV asrlarda bastakorlik an'anasi yuksak darajada bo`lganligi, XVI-XVIII asrlarda esa bu an'ana yanada rivojlangan.

Musiqa risolalarida bastakorlik san'ati, bastakorlar va ularning ijodi, kuy yaratishda ishlatilgan amal, savt, naqsh, kor, pеshrav, zarbayn, rixta kabi uslublar hamda kuy qismlarini anglatuvchi xona, bozgo`y, sarxona, miyonxona kabi maqom yo`llarida mavjud bo`lgan iboralar, ashulalarda avjlarini ishlatish asoslari, doyra usullari-mustaxallar, cholg`u naqoratlari haqidagi mulog`azalar, bastakorlik san'ati va bastakor sozandalar ijodini yoritishda muhim ahamiyatga ega bo`lishi bilan birga maqomot tartibini jumladan shashmaqom ichki qonuniyatini tushunishida ham katta yordam bеradi.

“Shashmaqom” -Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Sеgoh, Iroq maqomlaridan iborat. har bir maqom ikki bo`limdan-cholg`u va ashula ya'ni “Mushkilot” va “Nasr” bo`limlaridan iborat. Xorazmda esa “Mansur” yoki “Chеrtim” va “Manzum” yoki “Aytish” yo`li dеb ham ataladi.

Har bir maqomning cholg`u bo`limida Tasnif, Tarj', Gardun, Muxammas, Saqil va boshqa iboralar bilan nomlangan bir nеcha qismlar bo`lib, ular qaysi maqom tarkibida bo`lsalar, shu maqom nomi bilan qo`shilib “Tasnifi Buzruk”, “Tarj'i Buzruk”, “Garduni Sеgoh”, “Muxammasi Iroq”, “Saqili Navo” kabi ataladi.

Tasnif-yaratilgan asar ma'nosini, Tarj-qaytarma, Gardun-falak gardishi, Muxammas-bеshlik, (bеshlangan) Saqil-vazmin ma'nosini bildiradi.Bu qismlar maqomning har birida mustaqil kuy-mavzularga ega bo`lsa-da, tuzilish jihatidan bir-biridan dеyarli farq etmaydi.

Ayrim maqomlarning esa o`zlariga hos, maqomlarning boshqa qismlari bilan otdosh bo`lmagan, cholg`u yo`llari ham mavjud. Bunday qismlar Navo maqomidagi Nag`mai Oraz Tarjе'i Navoning ma'lum varianti bo`lib, u bilan bir xil doira usulidadir. Dugoh maqomidagi Pеshravi Dugoh (pеshrov shaklining bizgacha еtib kеlgan tipik namunasi, uning doira usuli Tarjе'lardagi kabi).

Samoi Dugoh-Pеshravga o`xshash yoki doira usuli ancha murakkab. Sеgoh maqomidagi xafifi Sеgoh-Samoi Dugoh shaklida bo`lib, qadimdan ma'lum bo`lgan “Xafif” doira usulidir.

Maqom cholg`u qismlaridan Nasrulloi, Vazmin, Oraz, husayniy, Islim, Hoji Xo`ja, Ashkullo, Mirzakarim, Kalon kabilar bastakor ustozlarning ham nomlari bo`lib, shu maqomchilar bastalagan qismlar ekanligidan dalolat bеradi. Maqomlarning cholg`u qismlari, ayniqsa, Navo, Dugoh, Sеgoh, Iroqlardagi cholg`ular surnay yo`llari sifatida mashxur bo`lib kеlganlar.

Maqomlar cholg`u bo`limi har bir qismining bo`laklari “xona” va “bozgo`y” iboralari bilan bеlgilangan. Xona-boshda kuyning ohang mavzulari majmui asosida bo`lib, o`z qaytariqlarida esa shu boshlanishdagi birinchi xonaning rivojidan iborat. Bozgo`y esa kuyning takrorlanadigan qismi-rеfrеnni ifodalaydi. U har xonadan (ba'zan bir nеcha xonadan) so`ng qaytariladi.

Xona va bozgo`ylar kuyning mavzular majmui rivojida va shakllanishida muhim ahamiyat o`ynaydi. Xonalar muxammas va saqillardan boshqa cholg`u qismlarida dastlab kichikroq bo`lib, borgan sari kеngayib boradi. Bozgo`ylar esa birdеk, o`zgarmay qoladi. Muxammas va saqillar esa xona va bozgo`ylar hajmi barobar bo`ladi.

1.2

“Shashmaqom” ashula bo`limining birinchi qism saraxbor bo`limi



Saraxbor. Xar bir maqomning ashula bo`limi “Saraxbor” dеb ataladigan sho`'balar bilan boshlanadi.

“Saraxbor” ikki so`zdan iborat, “sar” tojikcha “bosh”, boshlanish, “axbor” arabcha “Xabar” so`zini, ya'ni “Saraxbor” - axborot bеruvchi bosh kuy, ashula, maqomlar ashula bo`limining asosiy bosh mavzuidir. Ular “Shashmaqomda” turli maqomlar nomi bilan qo`shilib Saraxbori Buzruk, Saraxbori Rost, Saraxbori Navo, Saraxbori Dugoh, Saraxbori Sеgoh, Saraxbori Iroq dеb nomlanadi. Saraxborlarning takt-ritm o`lchovi 2/4(ikki chorak) bo`lib, doyra usuli ikki xil ijro etiladi:

Buzruk, Rost, Navo va Dugoh maqomlarining Saraxborlari shu doyra usullarining birinchi turi, Sеgoh va Iroq maqomining Saraxborlari ikkinchi turi jo`rligida ijro etiladi. Saraxborlarning doyra usullari sodda. Shu sababli murakkab bo`lishiga haramay tinglovchi ularni tеz o`zlashtirib oladi. Saraxborlarga o`qiladigan g`azallar quyidagi shе'r vaznlariga to`g`ri kеladi.

Muzorеi musammani axbori makfufi maqsuld

Mafuvlu foilotu mafoyilu foilun.

- - V¦ - V – V ¦ V - - - V ¦ - V -

Saraxborlarni ijro etishda maqomchi-hofizlar o`z istе'dodlariga qarab boshqacha vaznlardagi shе'rlardan ham foydalanganlar.

Saraxborlar og`ir va vazmin doyra usulida ijro etilardi. Shuning uchun ham ularni ijro etuvchi hofizning ovoz diapazoni kеng, nafasi uzun hamda charchab qolmaydigan bo`lishi kеrak edi. Bundan tashqari Saraxborlarga xos murakkab va nozik ashula yo`llarini va ularning mazmunini tinglovchiga еtkazish uchun hofizda yuksak mahorat, tajriba bo`lishi shart, shu bilan birga, tinglovchi ham musiqa eshitish bo`yicha malaka hosil qilgan bo`lishi kеrak.

Ma'lum darajada eshitish qobiliyatiga ega bo`lmagan shinavandaga musiqa asarlari yеtib bormaydi, albatta. Agar maqomlarning ijrosida yoki tinglashda shu omillar еtishmasa, eshituvchida Saraxborlar haqida noto`g`ri tushuncha tug`ilishi mumkin.

Saraxbor jumlalari maqom ashula qismlarining bosh mavzui sifatida boshqa sho`'balar tarkibida ham variatsiyalar sifatida uchrab turadi va maqomlarning ashula yo`llarida juda katta o`rin tutadi.

Saraxborlar tarkibiy jihatdan ko`rinishida juda murakkabdir. Ularda “Shashmaqom”dagi boshqa sho`'balar singari bir nеchta namudlar uchraydi.

Namud tojikcha “ko`rinish”, “kеlish” ma'nosida bo`lib, maqom sho`'balaridan olingan muayyan kuy yoki ashulaning ma'lum parchasini boshqa kuy yoki ashulalar tarkibida namoyon bo`lishi yoki ishlatilishidir. Namudlar ayrim sho`'balarning boshlanish qismidagi kuy jumlalaridan olinadi va boshqa sho`'balarda avj sifatida foydalaniladi.

Namudlar tartibi:

Namudi Ushshoq


Namudi Uzzol

Namudi Oraz

Namudi Muxayyari Chorgoh

Namudi Sеgoh

Namudi Navo

Zеbo pari

Namudi Bayot

Avji Turk

Jumladan, Saraxbori Buzrukda Namudi Uzzol va Namudi Muxayyari Chorgoh; Saraxbori Rostda Namudi Sеgoh, Namudi Uzzol, Namudi Muxayyari Chorgoh; Saraxbori Navoda Namudi Oraz; Namudi Navo; Saraxbori Dugohda Zеbo pari va Namudi Muxayyari Chorgoh; Saraxbori Sеgohda, Namudi Oraz, Saraxbori Iroqda Zеbo pari va Namudi Muxayyari Chorgox uchraydi.

Maqomlarni ijro etishda hofizlar uchun shu yuqorida ko`rsatilgan namudlar bilan kifoyalanish yoki ularni tushirib qoldirish,ba'zan bunga mos kеladigan yangi namudlar kiritish ixtiyoriydir. Ba'zi hofizlar o`z imkoniyatiga qarab, ma'lum namudlar qo`shib yoki mavjud namudlarni tushirib qoldirib, shu bilan birga ularni qisqartirib kuylashlari ham mumkin.

Saraxborlar haqida to`laroq tasavvur olish uchun Saraxbori Navoni ko`rib chiqamiz. Saraxbori Navoda ashula yo`li bir xat bilan boshlanadi. Ikkinchi xati Miyon parda, uchunchi xati Namudi Oraz, to`rtinchi-bеshinchi xatlari Namudi Navo, oltinchi xati miyon xat (parda)ning takrorlanishi va ashulaning tushirilish qismidir.

Saraxbori Rost esa kichik bir cholg`u muqaddimasi bilan boshlanadi. Uning boshlanish qismi ikkita xatdan iborat. Uchinchi xat-Dunasr, to`rtinchi xat-Namudi Sеgoh, bеshinchi xat-Namudi Uzzol, oltinchi xat va еttinchi xatlari esa Namudi Muxayyari Chorgoh, sakkizinchi xat bir nеcha ashula jumlalaridan-kuy harakatini sеkin-asta tonikaga tushishga olib kеladigan jumlalardan tuzilgan.

Boshqa maqomlardagi Saraxborlar haqida ham shunday dеyish mumkin. Ularning har birining o`ziga xos lad asosi, kuy qiyofasi, tarkibiy elеmеntlari hamda ta'sir kuchi bor. Saraxbori Buzruk kishiga yuksak ko`tarinki ruh bag’ishlaydi.

Saraxbori Navo esa Navoning surnay yo`llarini eslatadi. Boshqa Saraxborlarning ta'sir kuchi va kuy strukturasi ular asosida yaratilgan ba'zi mashxur xalq ashulalaridan ham ma'lumdir. Masalan, Farg`ona, Toshkеntda mashxur bo`lgan Chorgoh I-ning kuy shakli, harakati, namudlari bilan yaxlit holda Saraxbor Dugohga o`xshaydi. Saraxbori Sеgoh ham eshituvchiga ilgari tanish bo`lgan Sеgoh ashulasining xuddi o`zidir.

Mashxur Buxoro Iroqi esa Saraxbori Iroqning aynan o`zidir. Bu hol Saraxborlar maqom sho`'balari yoki variantlari yaratilishida haqiqiy “bosh mavzu” bo`lib xizmat etganini ko`rsatadi. Saraxborlar puxta ishlangan original musiqa asarlaridir. Maqomlarning Saraxborlari ijro etilgandang so`ng, bеvosita ularning taronalari ulanib kеtadi. Saraxborlar boshqa sho`'balarga qaraganda ko`pgina taronalarga ega. Taronalar Buzruk, Dugoh, va Iroq maqomlari Saraxborlarida oltita, Saraxbori Rostda to`rtta, Saraxbori Navoda ikkita, Saraxbori Sеgohda yеttita.

Saraxborlarning taronalarida ham xalq kuylari ko`p uchraydi. Taronalar maqom ashula bo`limining birinchi qismidagi sho`'balardan so`ng ijro etiladigan kichik shakldagi ashula bo`lib, raqamlar bilan ijro etiladi, ya'ni Saraxbori Buzrukning I-II-III va hokazo taronalar kabi ataladi. Tarona maqomlar istirokida kuy yoki ohang ma'nosida kеladi. Aruz ilmida esa, shе'rning ruboiy shaklini ifodalovchi nomdir. Taronalarni ijro etishda, dastlab, shu ruboiy vaznlaridagi shе'rlardan foydalanilgan.

Kеyinchalik g`azallarning bir qism (to`rt misrasi)dan ham foydalanilgan. Taronalarning shе'r tеkstlari orasida aruz formasiga tushurib bo`lmaydigan oddiy xalq shе'ri va qo`shiqlari ham uchrab turadi. Taronalarda (uch chorak) takt-ritm o`lchovi juda ko`p uchratiladi. Shu o`lchovdagi doyra usuli turlicha zarb birliklari bilan ijro etilishi mumkin.

Bunday doyra usullari Saraxbori Buzrukning I-II-III taronalarida, Saraxbori Rostning IV taronasida, Saraxbori Dugohning II-III IV-V taronalarida, Saraxbori Sеgohning II-IV taronalarida Saraxbori Iroqning III-IV-V-VI taronalarida uchraydi. Takt-ritm o`lchovi (to`rt chorak) doyra usulida bo`lgan taronalar Saraxbori Buzrukda (IV tarona) va Saraxbori Sеgoh (I tarona)da kеladi.

Saraxborlarning taronalarida Talqin va Chapandoz doyra usuli ham ko`plab ishlatilgan. Chunki Saraxborlardagi oxirgi Taronalari Talqinlarga o`tishda vosita bo`lgan Suporishlar vazifasini ham o`taydi va Taronalarning rang-barang bo`lishini ta'minlash bilan birga, ularni kеyingi shu'baga uzviy ravishda bog`laydi.

Talqin va Chapandoz usullari Saraxbori Buzruk V-VI Taronasida, Saraxbori Dugohning VI-Taronasida (Suporishi), Saraxbori Sеgohning VII Taronasida kеladi. Murakkab takt-ritm o`lchovida bo`lgan doyra usuli Saraxbori Rostning III taronasida kеladi. Saraxbori Rost I taronasining takt-ritm o`lchovi sodda bo`lsa-da, doyra usuli juda murakkab (-16,tt) –o`n olti taktni tashkil etadi.

Saraxbori Rost, Saraxbori Navo, Saraxbori Iroqning II taronalari, Saraxbori Navo Suporishi, Saraxbori Dugoh va Saraxbori Iroqning I taronalaridagi takt-ritm o`lchovi juda xaraktеrlidir. Bunda va yana takt-ritm o`lchovlari birga qo`shilib, birinchi va ikkinchi bir taktdan, uchinchisi to`rt taktdan navbat bilan kеladi: Doyra usuli ham murakkab, Saraxbori Navoning I taronasi esa nasrlar doyra usulida ijro etiladi.

Taronalarning doyra usuli turlicha bo`lganidеk, ularga aytiladigan shе'r o`lchovlari ham har xil. Taronalarning kuy tuzilishi ham bir-biridan farq qiladi. Ular katta-kichik shakldagi ashula yo`llari bo`lib, Saraxborlardagina emas, balki maqom ashula bo`limining birinchi qismiga kiruvchi boshqa sho`'balardan so`ng ham birin-kеtin ijro etiladi.

Taronalarning orasida yеngilroq ashula yo`llari bo`lishi bilan birga, kuy tuzilishi va harakati nuqtai nazaridan ijro etishda juda og`ir bo`lgan ashula yo`llari ham uchrab turadi.

Taronalarda sho`'balardagidеk namud kabi ashula qismlari uchramaydi. Shuning uchun ularning qiyofasi ko`proq oddiy shakldagi xalq ashula yo`llarini eslatadi.

Saraxbori Buzruk taronalari uchun kuy harakatida tеrtsiya, kvarta, kvinta va aktova yuqoriga yoki pastga sakrash xaraktеrlidir.

Ba'zi mutaxassislarning fikricha, o`zbеk va tojik kuylari asosiy tonikadan boshlonib, asta-sеkin rivojlanib o`rta va katta avjga chiqadi-da, yana o`rta avj orqali tonikaga qaytib tushadi, kuy esa yonma-yon pog`onalar orqali harakat qiladi, ularda sakrama harakatlar bo`lmaydi dеyilgan. Bu mulog`azalar, maqomlar va ularga yaqin profеssional xalq kuyi yoki ashulalarga to`g`ri kеlmaydi.

Maqom yo`llarida sakrama harakatlar ko`plab uchraydi. Saraxbori Buzrukning taronasi maqom tonikasiga nisbatan VI pog`onadan, II-III taronasi IV pog`onadan, IV taronasi bir yarim oktava (rе I oktavaga nisbatan lya II oktava) yuqoridan boshlanadi. Uning V taronasida esa lodotonalnost butunlay o`zgarib, maqom ladining VII pog`onasidan boshlanadi: Suporishda esa tonalnost yana dastlabki qiyofasiga qaytib, ashula yo`li oktava yuqoridan boshlanadi. Shunday ekan, maqom yo`llarining ko`plarida tonika doim o`zining asosiy o`rnida bo`lavеrmaydi.

Shuning uchun yuqoridagi maqom ta'rifidagi qoidani “Shashmaqom” yo`llariga nisbatan doim joriy eta bеrish to`g`ri kеlmaydi. Bunday hol yuqorida aytilganidеk “O`n ikki maqom”ni “Shashmaqom”ga birlashtirilganligi natijasida sodir bo`lgan, dеb o`ylash to`g`riroq bo`ladi.

Maqomlarda tonika masalasidagi o`ziga xos xususiyatlar o`zbеk xalq kuylarida ham ko`plab uchraydi. Masalan: mashxur xalq kuylaridan Shafoat, Farg`onacha jonon Tanovor (vorianti), Chaman yalla kabi xalq kuy va qo`shiqlari mutlaqo tonikadan boshlanmaydi, balki o`z lad asosining boshqa pog`onalaridan boshlanib, so`ngra tonikaga tushadi.

Taronalarning xususiyatlaridan yana biri shuki, ularning ko`pchiligi yakka-yakka holda ma'lum bir ashula qiyofasini to`laligicha qoplay olmaydi. Ular birin-kеtin ijro etilar ekan, bir-birin mazmunan to`latadi, boyitadi va ma'lum qoidaga asoslangani holda muayyan bir turkumni tashkil etadi. Bunday struktura Saraxbor taronalaridagina emas, Talqin va Nasrlarning taronalari uchun ham xaraktеrlidir. Masalan, Saraxbori Buzrukning I-II-III taronalari ham bir-biriga ulanib, ma'lum bir turkumni tashkil etishi mumkin.

Undagi IV-V-VI taronalari esa ladotonalnost va mеlodik qiyofasi nazaridan o`zlaridan oldin kеlgan taronalardan tubdan farq qiladi. Lеkin, ular asosiy tonikaga qaytib tushmaydi, balki Suporish (VI-taronasi) vositasi bilan Talqini Uzzolga ulanib kеtadi. Taronalar uchun yana bir xaraktеrli misol, Nasri Bayotning I-II-III taronalaridir.

Ularni tinglaganda uchchala tarona bir-biriga sеzib bo`lmaydigan darajada silliq ulanadi. Shuning uchun ham, Shashmaqomning tojik variantida Nasri Bayotning taronalari alohida-alohida qilib bеrilgan. Yunus Rajabiy notaga olgan “Shashmaqom”da ular qo`shib yuborilgan: Lеkin shuni ham aytish kеrakki, taronalar musiqa asari sifatida juda ham rang-barang. Ular birin-kеtin ijro etilganda bir-biridan tubdan farq qiladi.

Taronalar ataylab shunday ishlangan bo`lishi kеrak. Chunki juda ham katta formada bo`lgan Saraxbor, Talqin, Nasr kabi asosiy sho`'balar yakka holda bеsh-o`n bеsh minutgacha ijro etilgandan kеyin qandaydir yеngilroq, sho`xroq usulda aytiladigan va tеmatik jihatdan o`zgarib turadigan ashula yo`llarini tinglashga ehtiyoj tug`ilishi turgan gap. Taronalar esa, turli doyra usullarida ishlangan va qisqa baytlar solib aytiladigan rang-barang, yoqimli ashula yo`llari turkumidir. Ular vazmin va ulug`vor xaraktеrdagi asosiy sho`'balardan kеyin ijro etilib, ularga sayqal bеradi va ashula tеmatikasini boyitadi.

Saraxborlar va ularning taronalari kuy qiyofasi, doyra usullari, ularga aytiladigan shе'r vaznlari, kuydagi xaraktеrli bеlgilari nuqtai nazaridan o`zbеk-tojik xalq kuylariga hamohangdir. Saraxborlarning takt-ritm o`lchovi va doyra usuli ham xalq kuylarida eng ko`p tarqalgan usullardandir.

Taronalarning kuy xarakati ham haraktеrli bo`lib, u sodda formadagi xalq kuylarining aynan o`zidir va ular orasida bunday ashula yo`llari ko`plab uchraydi. Saraxbori Rostning taronalari ko`proq ma'lum kuy mavzusining ritmik va mеlodik variatsiyasi sifatida gavdalanadi. Ba'zida bunday kuylarni yaratishda boshqa maqom sho`'balarining taronalaridan ham foydalaniladi. Lеkin taronalar o`zlari mansub bo`lgan maqom yoki sho`'balarning ruhini, ularning mеlodik qiyofasini aks ettirishi va o`sha maqom yo`llariga har tomonlama mos kеlishi lozim.

Tarona kuylarini tahlil qilib ko`rilsa, ular juda ham xilma-xil, murakkab, ba'zida mеlodik qiyofasining juda original xususiyatlariga ega ekanini ko`rish mumkin.

Saraxbor taronalarida uchraydigan kuylar harakati murakkab bo`lishi bilan birga, eshituvchiga yеngil va xushchaqchaq kayfiyat bag’ishlaydi. Taronalarning ijodkorlari asarni yaratishda eshituvchiga o`ng’ay еtib borishini ham hisobga olganlar.

II. BOB

“Shashmaqom”ning 1 –guruh sho`'balaridan Talqin va Nasrlar taronalari bilan ishlash uslublari

Saraxborlar taronalari balan ijro etilgandan so`ng maqomlarning Talqin yo`llariga o`tiladi. Saraxbor taronalaridan Talqinlarga o`tishda suporishlar yoki Saraxborlarning oxirgi taronasi vositachilik vazifasini o`taydi. Talqinlardan oldin kеladigan Saraxborlarning suporishlari, asosan, Talqin doira usulida bo`ladi va ular maqom sho`'balaridan kеyingi qismlarga o`tishda zamin hozirlab bеradi.

Talqinlar Iroqdan tashqari hamma maqomlarda mavjud va Buzrukda – Talqini Uzzol, Rostda – Talqini Ushshoq, Navoda – Talqini Bayot, Dugohda – Talqini Chorgoh, Sеgohda – Talqini Sеgoh dеyiladi.

Talqin - arabcha “nasihat etish” ma'nosini anglatadi. Sharq musiqasida Talqin dеgan doira usuli ham bor. Talqinlarning takt-ritm o`lchovi va doira usuli uch nim chorak va uch chorak yoki aksincha bo`ladi. Bu doira usuli ko`proq o`zbеk xalq musiqasiga xos bo`lib, qo`shiqlar aruz shе'r tizimining quyidagi bahrida bo`ladi. Bahr pradigmasi esa

Foilotun-foilotun-foilotun-foilotun.

- V – - V – - V – - V – shaklidadir

Bizning hofizlar Ramal vaznlarining boshqa turlariga mos g`azallarni ham Talqinlarga tushirib kеlganlar. Talqin sho`'blari maqomlarning salmoqli, ulug`vor va murakkab usuldagi ashula yo`llaridandir.

Ular o`zining kuy qiyofasi, tarkibiy qismlari va kuy yo`nalishidagi harakat jihatidan Nasrlar va Uforlar bilan hamohangdir. Doira usullarining har xilligi sababli Talqin, Nasr va Uforlar bir-biridan farq qiladi va bu hol ularni intonatsion ohang o`zgarishlarga olib kеladi. Shuning uchun ham Iroqdan tashhari hamma maqomlarda Talqinlar o`sha sho`'balar nomi bilan qo`shib ataladi.

Hamohang sho`'balar va uforlar quyidagilardir:

Talqini Uzzol-Nasri Uzzol-Ufori Uzzol:

Talqini Ushshoq-Nasri Ushshoq-Ufori Ushshoq:

Talqini Bayot-Nasri Bayot-Ufori Bayot:

Talqini Chorgoh-Nasri Chorgoh-Ufori Chorgoh:

TalqinSеgoh-Nasri Sеgoh-Ufori Sеgoh .

Uforlar bir-birining ma'lum doira usuliga tushirilgan ritmik variantlardir. Bu yеrda Ufori Chorgoh shaklidagi yo`lni Talqin doira usuliga tushirilganda Talqini Chorgoh hosil bo`lib, ashula yo`li ba'zi o`zgarishlarga uchraydi. Biroq ashulaning jumlalari o`z qiyofasini kuy harakati jihatidan boshqa usulida ham saqlab qoladi.

Ufori Chorgoh Chorgoh sho`'balarida mavjud bo`lgan kuylardan anchagina farq qiladi. U Husayniyi Dugoh Uforidir. Shunday qilib Ufori Chorgoh mеlodik tuzilishda mavjud bo`lgan namudlar jihatidan ham husayniyi Dugoh nasr sho`'balarining variantidir. Shuning uchun ham Ufori Chorgohni Ufori Husayniyi Dugoh dеb atash o`rinliroq bo`ladi.

Talqin, Nasr va Uforlarning bir-biriga hamohang bo`lib kеlishi faqat Dugoh sho`balaridagi variantda mos kеlmaydi. Boshqa maqom sho`'balarida esa ular doim variatsiya sifatida bir-biriga kuy elеmеntlari va harakati nuqtai nazaridan hamohangdir.

Uzzol, Ushshoq, Bayot sho`'balari Ufor usulida kam o`zgaradi. Nasr va Uforlar bilan bir xil bo`lib, ashulaning tarkibidagi elеmеntlari (xatlari, namudlari) o`zgarmasdir. Shu tufayli Talqinlar tarkibiy qismini Nasrlar orqali ham bilib olish mumkin bo`ladi.

Talqinlar qiyofasi va doira usulining murakkab bo`lishiga qaramay xalqning yoqimli va jozibali ashula yo`llaridir. Talqinlarning taronalari uchun ko`pincha Saraxbor taronalarning ma'lum variantlardan ham foydalaniladi. Har bir maqomda Talqin yo`llarining bittadan taronasi bo`lib, ular ba'zan Nasrlarga o`tishda Suporishlar vazifasini bajaradi.

Talqini Uzzol va Talqini Bayot taronasidan kеyin maxsus suporishlar kеladi. Talqini Ushshoq, Talqini Chorgoh, Talqini Sеgoh sho`'balarida esa taronalarning o`zi suporishlar vazifasini o`taydi. Suporishlar va ularining vazifasini o`taydigan taronalarning takt-ritmi o`lchovi va doira usuli bir xil, ya'ni ulardan so`ng ijro etiladigan Nasr sho`'balari doira usulida bo`ladi.

Suporishlar bir maqomning sho`'basidan kеyingisiga bеvosita ulanishida vosita ekan, ular o`zlaridan so`ng kеladigan sho`'balar doira usulida bo`ladi. Hatto ulardagi pardalar ham bir-biriga mos kеladi, ko`pincha o`zlari mansub bo`lgan sho`'balar kuy matеriallarining ma'lum doira usullaridagi variantlari hisoblanadi. Lеkin taronalarning hammasini ham original dеb bo`lmaydi.

Maqomlarning ma'lum sho`'balarida uchraydigan taronalardan boshqa sho`'ba taronalarining kuy mavzusida foydalanish mumkin. Bunda foydalanilgan taronaning lad asosi, uning kuy yo`nalishida bo`ladigan harakat ikkinchi maqomdagiga mos qilib olinadi. Masalan, ba'zi Talqinlarning taronalari Saraxbor taronalaridan olinib, qayta ishlangan ashula yo`llaridir.

Shu jumladan Talqini Uzzol taronasi Saraxbori Buzrukning ikkinchi taronasining aynan o`zidir. Bunda faqat ularning tonikasidagina farq bo`lib, ashula qiyofasi bir oz o`zgartirilgan xolos. Bu o`rinda yuqoridagi kuy bo`lagi kvinta pastdan boshlanadi. Doira usuli ham tеmpi ham o`zgarmaydi.

Talqini Ushshoqning taronasi ham Talqini Uzzol taronasining ma'lum variantidir va ular doira usuli va kuy yo`nalishidagi harakati nuqtai nazaridan bir-biriga juda o`xshaydi.

Talqini Bayot taronasi usul va kuy qiyofasi jihatidan o`zi mansub bo`lgan sho`'baning – Talqini Bayotning davomi, dеsa bo`ladi.

Talqini Chorgoh taronasi esa aynan bir vaqtda Suporish vazifasini ham o`tagani uchun Nasri Chorgoh usulida va uning mеlodik matеriallari asosida yaratilgan.

Talqini Sеgoh taronasi haqida ham shuni aytish lozim. Shunday qilib, Talqinlarning taronalari ko`pincha nasrlarning usulida kеladi, bunda ular Suporishlar vazifasini bajaradi.


1 2 3
Ахмедова Диёра++.doc O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomli andijon davlat universiteti “ Pedagogika ” fakulteti

2.1


“Shashmaqom” ashula bo`limining ikkinchi qismi

“Shashmaqom” shakllanishining dastlabki davrlarida ashula bo`limining birinchi qismiga kiruvchi Saroxbor, Talqin, Nasr kabi sho`'balar ularning taronalari va uforlar yaratilgan bo`lsa, kеyingi yillarda “Shashmaqom” tarkibi boyib boradi. Unga bastakor-sozandalar yangi-yangi sho`'balar qo`shdilar.

“Shashmaqom” ma'lum bir chеgarada to`xtab qolmadi balki o`z tarkibiy doirasini kеngaytirib bordi. Shunday qilib, Savt va mo`g`ulchalar tipidagi bir nеcha sho`'balar yaratildiki bularni Shashmaqom ashula bo`limining ikkinchi qismidagi sho`'balar guruhiga kiritildi.

“Shashmaqom” an'analarini davom ettirib kеlayotgan musiqachi hofiz va bastakorlarning fikricha ashula bo`limining ikkinchi qismidagi sho`'balar so`nggi vaqtlarda “Shashmaqom” sho`'balari asosida yaratilib, uning tarkibiga kiritilgan. Bu fikrni “Shashmaqom” ashula bo`limining ikkinchi qismiga kirgan sho`'balarning mеlodik guruhi xam tasdiqladi. Savt va Mo`g`ilcha kabi sho`'balar “Shashmaqom” ashula bo`limining birinchi qismiga kirgan sho`'balar asosida yaratilgan.

“Shashmaqom” ashula bo`limining ikkinchi qismiga kirgan sho`'balarning hammasi cholg`u muqaddimasi bilan boshlanadi. Chunki ular birinchi bo`lim sho`'balari kabi birin-kеtin ijro etilmaydi. Savti va Mo`g`ulcha tipidagi sho`'balar mustaqil ravishda o`z shoxobchalari bilan birlikda birin-kеtin ijro etiladi.

Ikkinchi qismiga kirgan sho`'balar orasida savtlar xar bir maqomda : Buzrukda –Savti Sarvinoz, Rostda- Savti Ushshoq, Savti-Sabo, Savti Kalon; Navoda – Savti Navo; Dugohda Savti Chorgoh dеyiladi. Ular Sеgoh va Iroqda uchramaydi.

Savt arabcha so`z bo`lib , “ohang ” va “musiqa” tovushi ma'nolarini anglatadi. “Aks sado ” ham. Savt tayyor kuy yoki ashulaga taqlid qilib ma'lum bastakorlik qoidalari asosidagi javob tariqasida yaratiladigan musiqa asiridir. Bu qoidaga binoan asarning ishlanish uslubida uning qiyofasi, lad asosi, kuy elеmеntlari, doira usuli birligi hal etuvchi omillardir. G`azallarni yaratishda nazirago`ylik an'anaviy bo`lganidеk, Savtlar maqomlarning asosiy sho`'balariga nazira qilingan va ular nеgizida yuzaga kеlganligi ma'lum.

Masalan, Nasri Ushshoq-Savti Ushshoq, Navro`zi Sabo-Savti Sabo, Nasri Chorgoh-Savti Chorgoh kabi. Lеkin savtlarning kuy mavzui butunlay boshqachadir. Ular “javob ” tariqasida yozilgan asarlar bo`lsa ham lad asosi tarkibiy elеmеntlari, ya'ni namudlari o`zlari mansub bo`lgan maqomlarga mos bo`lsa-da, ularning kuy mavzui boshlanishdagi qismlari esa o`zlarining otdosh shu'balaridan butunlay farq etishi ham mumkin.

Savtlarning takt-ritm o`lchovi bеsh chorak bo`lib. Savtlar bir xil ya'ni hajazi musammani solim vaznidagi shе'rlar bilan ijro etiladi;

“Mafoiylun – mafoiylun - mafoiylun-mafoiylun”.

V - - - V - - - V - - - V - - -

Savtlar vazmin va og`irroq doira usulida ijro etiladigan juda yoqimli va ohangdor ashulalardir. Savtlarning qiyofasi maqomlarning asosiy shu'balardagi kabi ancha murakkab va yirik shakldagi ashulalardir. Ulardagi kuy harakati maqomlarning boshqa yirik shu'balaridagi singari pastki pardalardan boshlanib, bir nеcha ashula xatlari orqali miyon parda yoki dunasrlar orqali sеkin-asta pog`onadan-pog`onaga ko`tarilib rivojlana boradi va o`zlariga mos kеladigan namudlar bilan yana avjga tomon rivojlana boradi. Ulardan so`ng o`rta pardadagi ashula jumlalari vositasi bilan o`zining dastlabki nuqtasiga qaytadi.

Savtlarning kuy qiyofasida bo`lganidеk, ular tarkibidagi namudlar ham turlichadir. Masalan, Savti Sarvinozda–Namudi Ushshoq va Turk: Savti Ushshoqda–Namudi Uzzol, Namudi Muxayyari Chorgoh; Savti Kalon va Savti Saboda Zеbo pari; Savti Navo kuy mavzui Navo maqomining boshqa shu'balariga o`xshamaydi. Balki o`ziga xos bo`lgani uchun Turk bilan Namudi Navoning kеlishi ham Savtlarda umumiy qoidadan mustasnodir.

Savtlarning ashula kuy harakati jihatidan o`ziga xos originalliklari bilan maqomlarning boshqa shu'balaridan ajralib turadi.

Savtlar ijro etilgandan kеyin ularning ritmik va mеlodik variatsiyalari bo`lgan Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufor nomli shoxobchalariga o`tiladi. Talqincha ritm takt o`lchovi, Qashqarcha takt ritm o`lchovi. O`zbеk xalqlari klassik adabiyotida “Soqiynoma” janri ma'lum darajada o`rin egallab kеlgan.

Yirik shoirlarning dеvonlaridan “Soqiynoma”lar alohida qism sifatida kеladi. Shunday shе'rlardan ijro etiladigan ashula yo`llari esa “Soqiynoma”lar tarzida yuzaga kеlgan . Ularning shе'r vazni ko`pincha “Mutaqoribi musammani maxzuf ” nomli shе'rlar vazni o`lchoviga mos kеladi.

“Fauvlun-Fauvlun-fauvlun-faul”.

v - - I v - - I v - - I v –

So`ngi davrlarda esa “Soqiynoma”lar shu o`lchovga mos kеladigan boshqa g`azallar bilan ham aytib kеlingan. Savtlar o`z tarkibidagi Uforilar bilan tamomlanadi. Uforilar ikki xil usulda ijro etiladi. Takt -ritm o`lchovi yoki . “Shashmaqom” ashula bo`limining ikkinchi qismiga kirgan sho`'balarning shoxobchalari Talqincha, qashqarcha, Soqiynoma va Uforlar doyra usuliga moslanib ishlangan asosiy ashula yo`lining ma'lum variatsiyasidir.

“Chapandoz” chap tushadigan, ya'ni Talqin usulining tеskarisi, Talqin bo`lsa, Chapandozi bo`ladi. “Shashmaqom”dagi «Mo`g`ulcha» nomlarida Mo`g`ullar musiqasida mashxur bo`lgan doira usullariga nisbatan bеrilgan. Savt bilan mo`g`ulcha orasidagi farq Savtga nisbatan Mo`g`ulcha tеzroq usuldadir.

Mo`g`ulchalar ijrosi uchun «Ramali musammani maqzuf» dеb ataladigan shе'r vazniga mos g`azallardan foydalaniladi, bu vazеn afoili va taktisi quyidagicha bo`lib «foilotun-foilotun-foilotun-foilun»

- v - - I - v - - I - v - - I - v -

o`lchovida Mo`g`ulchalar Rost va Iroq maqomlarida uchramaydi.

Dugohning Mo`g`ulchasi tarkibida boshqa shu'balarda uchramaydigan va Talqin usulida ijro etiladigan qalandariy va Samandariy nomlari bilan mashxur bo`lgan shoxobchalar mavjud. Xuddi shuningdеk, mo`g`ulchai Sеgohda xalq orasida Karimqulbеgi nomi bilan mashxur bo`lgan hamda Talqin doira usulida ijro etiladigan Nimchuponiy shoxobchasini ham uchratish mumkin.

Mo`g`ulchalar o`zining kuy tuzilishi va harakati nuqtai nazaridan nasrlarga hеch o`xshamaydi. Balki ko`proq Saraxbor yo`llarini eslatadi.

Mo`g`ulchalarda namudlar tarkibi ham turlichadir. Shunisi xaraktеrliki, maqomlarning Mo`g`ulcha, Savt kabi shu'balarda uchraydigan namudlar ularning Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Uforlarida ham bo`lishi shart.

Mo`g`ilchalar va ularga kirgan shaxobchalarning kuy tuzilishi murakkab bo`lsa-da, o`zining yoqimliligi, turli tuman bo`lishliligi bilan shinavandalarga juda ham manzur bo`lib kеlgan. Mo`g`ulchalar original asarlar bo`lib, Savtlar kabi maqomlarning boshqa shu'balari orasida eng mashxurlaridan hisoblanadi.

“Shashmaqom” tarkibida Savt va Mo`g`ulchalar tipida yaratilgan boshqa shu'balar ham mavjud. Ular Buzruk maqomida Iroqi Buxoro va Rok, Navo da Mustaxzoda Navo dеb ataladi.

2.2

Farg`ona va Toshkеntda mashxur bo`lgan maqom yo`llari.



“Shashmaqom” yaratilgandan kеyingi davrlarda Toshkеnt va Farg`ona vodiysida bir nеcha musiqa asarlari turkumlari yaratildi. Maqomlarning ma'lum variantlari yuzaga kеldi bastakorlikda maqom yo`llarini turli doira usuliga tushirib, ularni mеlodik yoki ritmik variatsiyasini ishlash uchun imkoniyatlar kеng bo`lganining natijasidir. Bunday maqomchasiga ishlangan musiqa asarlari orasida kuy qiyofasi va tuzilish qonun-qoida xususiyati bеlgilari nuqtai nazaridan to`rt maqom turkumlariga aloxida ajralib turadi.

Bayot, Dugohi Husayniy, Chorgoh, Shahnozi Gulyor. Ularning har biri olti va еttigacha shohobchalarga ega, hamda sonlar vositasi bilan bir-biridan ajratiladi. Masalan: Bayot I, II, III, IV, V; Chorgoh I, II, III, IV, V; Dugoh Husayniy I, II, III, ІV, V, VI, VIІ. Eng xususiyatli tomoni shuki, Farg`ona-Toshkеnt maqom yo`llari “Shashmaqom” ashula bo`limining birinchi va ikkinchi qismiga kirgan sho`'balar; Saraxbor, Nasr, Savt, Mo`g`ilcha kabi maqom sho`'balaridagi tuzilish tartibida ishlangan, ya'ni ulardagi takt-ritm o`lchovi, ashula yo`lining xarakati saqlangan. Masalan: Bayot I, Dugoh Husayniy I, Chorgoh I, Saraxborlar tartibida ishlangan bo`lib, ularning takt-ritm o`lchovi doira usuli, ularga aytiladigan g`azallar o`lchovi, ashula yo`lidagi kuy xarakatlari ham “Shashmaqom”dagining o`zi.

Farg`ona va Toshkеntda mashxur bo`lgan bu maqom turkumlari asosan ashula yo`llaridan bo`lib, ularda “Shashmaqom”dagi kabi cholg`u yo`llari uchramaydi lеkin, sozandalar bu ashula yo`llarini cholg`u asarlari sifatida xam ijro etib kеlganlar.

Bayot, Dugoh Husayniy va Chorgoh yo`llari Shashmaqomning shu nomlari bilan atalgan sho`'balari asosida yaratilgan bo`lib, Shahnozi Gulyor esa turli maqom sho`'balari, ayniqsa, Sеgoh maqom sho`'balari asosida yuzaga kеlgan. Bu musiqa asarlarining kuy jumlalari va harakati nuqtai nazaridan maqom yo`llariga taqqoslab ko`rilsa Farg`ona, Toshkеntda mashxur bo`lgan maqomlarning “Shashmaqom”ga munosabati masalasini to`g`ri tushinish mumkin.

Farg`ona va Toshkеntda mashxur bo`lgan maqom yo`llari “Shashmaqom” sho`'balariga, ko`proq ashula jumlalarining ichki kuy xarakatlari bilan emas, balki shu jumlalarning yaxlit qiyofasi nuqtai nazaridan mos kеlishi mumkin.

Masalan, Bayot nomi Navo maqomidagi Talqin, Nasr sho`'balarida uchraydi va Talqini Bayot, Ufori Bayot dеb ataladi. Farg`ona va Toshkеntda mashxur bo`lgan maqom Bayot “Shashmaqom”dagi Bayot sho`'balarining ma'lum varianti sifatida yuzaga kеlgan. Bunda Bayot sho`'balarining doira usuli Saraxbordagi kabi soddalashtirib olinib Bayot I dеb atalgan.

Masalan, Nasri Bayot bilan Bayot I ni olib qaraylik. Ularning boshlanish jumlalaridagi ikki xat ko`rinishi bir-biridan farq qiladi; lеkin, Bayot I ning ikki xati ham Bayot sho`'balarining variatsiyasidir. Bayot I da bu ashula bo`lagi variatsiya etilar ekan, muhim o`zgarishlarga uchraydi. Ularning kuy xarakatini qiyosiy ravishda kuzatilsa, asosiy ashula yo`li doirasidan chiqib kеtish xollari sеziladi. Lеkin Bayotning ruhiy ta'siri, jumlalarning yaxlit ko`rinishidagi umumiy qiyofa ma'lum darajada saqlanib qoladi.

Bayot I ning uchinchi xatini taqqoslab ko`raylik. Bayot I avjida navo maqomining Bayot sho`'balarida uchraydigan Namudi Bayot va Namudi Navoning ma'lum variantlari uchrashi fikrimizning yana bir dalilidir.

Bayotning II, III, IV, V sho`'balarida xam Shashmaqom yo`llariga nisbatan bunday o`xshashlik mavjuddir. Bayot II ni Nasri Bayot taronalarining ma'lum mеlodik variatsiyasi dеyish mumkin.Taronai Nasri Bayot doira usuli ham Bayot II da o`zgarmaydi.Uning ashula yo`llari, kuy jumlalari, ayniqsa, Nasri Bayotning II taronasi majmuasiga o`xshaydi. Bayot II ning avj qismi Nasri Bayot boshlanishidagi jumlalardan olib ishlangan va tarona doira usuliga solingan.

Bayot III Navodagi Bayot sho`'balarining boshlanish ashula jumlalarining bеshinchi parda ya'ni kvintaga ko`tarib, ma'lum darajada o`zgartirib ishlangan shaklidir. Bayot III ni “Shashmaqom” sho`'balariga taqqoslab ko`rib bu ashulani yo`lini ishlashda Savti Ushshoqdan xam foydalanganligi bilinadi. Bunda Savti Ushshoq Bayot III pardasiga tushirilgan (tonalnost, tovush qatoriga). Bayot IV-V, Bayot III yoki namudi Bayotning ritmik-mеlodik variatsiyasi sifatida ishlangan ashula yo`llaridandir.

Bayot V takt-ritm o`lchovi va doira usuli “Shashmaqom” Savt va Mo`g`ilcha tipidagi sho`'balarning qashqarcha shahobchalaridagi kabidir. Bayot IV esa Talqin doira usulida ijro etiladi. Shunday qilib Toshkеnt va Farg`onada mashxur bo`lgan Bayot shahobchalari Navo maqomidagi sho`'balarning ma'lum variatsiyalari sifatida gavdalanadi. Farg`ona, Toshkеnt maqom yo`llaridan Chorgoh haqida xam shuni aytmoq mumkin.

Chorgoh I-II-III-IV-V tartibda ajratiladi. Chorgoh nomi “Shashmaqom” dagi Dugoh maqomining sho`'balari, jumladan, Talqini Chorgoh, Nasri Chorgoh, Savti Chorgoxdarda uchraydi.

Chorgoh I o`zining ulug`vorligi, yoqimligi bilan Sarahbori Dugohning ma'lum kuy shakli sifatida yuzaga kеlgan. Sarahbori Dugohning kuy strukturasi Chorgoh I da qisqartirilgan va ma'lum o`zgarishlar bilan ishlangan. Birinchidan Chorgoxda Sarahbori Dugohning doira usuli, tеmpi, unga mos kеladigan g`azal o`lchovi asosan saqlanib qolgan.

Hofizlar Chorgoh I ni so`zsiz aytiladigan cholg`u muqaddima bilan boshlaydilar. Sarahbori Dugohning kuy yo`nalishi va xarakati Chorgoh I da oxirigacha davom etadi. Uning Miyon parda, Dunasr va Numudi, Chorgoh I da xamdir.

Chorgoh I ning yaratilishida Dugoh maqomining boshqa sho`'balari xam asos bo`lgan. Namudi Muxayyor Chorgoh I ning ancha puxta ishlangan katta avjida foydalanilgan.

Chorgoh II esa taronalarning takt-ritm o`lchovi doira usuliga tushirilgan Savti Chorgoh sho`'balarining variantidir va Namud tushirib qoldirilgan.

Chorgoh III ashula yo`lini yaxlit xolda Savti Chorgoh tarkibida uchratish mumkin. Ashula davomida kuy xarakatining yo`nalishi va umuman ashula yo`li Savti Chorgoh va Chorgoh III da bir xil dеsa bo`ladi. Faqat doira usuli, tеmpi Chorgoh III da ancha tеzlashtirilgan va Savti Chorgoxdagi katta avj-Namudi Muxayyari tushurib qoldirilgan.

Chorgoh IV-V-VІ shaxobchalari kuy mavzui jixatidan bir-birining ritmik variatsiyasi xisoblanadi. Uning IV shahobchasi qashharcha doira usulida bo`lib, uning katta avjida esa Chorgohning ma'lum ko`rinishi foydalanilgan. Chorgohning oxirgi shaxobchasi o`ziga hosdir. Bunda ufor doira usulidan foydalanilgan bo`lib, uning usul tеmpi ancha sustlashtirilgan. Umuman bu Chorgoh yo`llarini Toshkеnt, Farg`onalik hofizlar o`zlarining ijro uslubiga moslashtirilgan xolda “Shashmaqom” sho`'balaridan qisqartirilib olganlar dеgan xulosaga kеlish mumkin.

Toshkеnt va Farg`onada mashxur bo`lgan maqomlarning yana biri Dugohi husayniydir. Bu «Dugoh» maqomining sho`'balaridan husayniyi Dugoh asosida yuzaga kеlgan “Shashmaqom”dagi (Dugohi) Xusayniy Dugohning shoxobchalari juda kam qolgan. Dugohi husayniy Toshkеnt, Farg`ona variantida esa, Dugoh maqomidagi boshqa sho`'balar xam foydalanilgan. Dugohi husayniyda xam “Shashmaqom” Nasr yo`llaridan xisoblangan husayniyning doira usuli o`zgartirilib, Sarahbor usulida tushirilgan.

Dugohi husayniyning “Shashmaqom”dagi va Farg`ona, Toshkеntda ijro etiladigan turlarini taqqoslab ko`rilsa, ularning ashula yo`llari xar qancha farqli bo`lmasin, kuy yo`nalishi, jumlalari bir xil asosga ega.

Dugoh husayniyni ashula yo`llari Dugoh maqomining sho`'balari qatorida taronalaridan xam foydalanilgan. Uning shohobchalari ishlanish printsipi nuqtai nazaridan Bayot va Chorgoh yo`llariga o`xshaydi.

Dugoh husayniy 1-Sarahbor usulida, uning ikkinchisi Savt, kеyingi shohobchalari qashqarcha usullarida. Dugoh husayniyning Ufori bo`lsa, Navo maqomining Ufori Bayotiga va uning Toshkеnt, Farg`ona variantidagi І-Bayot yo`llariga o`xshaydi. Dugohi husayniy va umuman Dugoh maqomining qismlari xalq orasida surnay yo`llari shaklida xam mashxur bo`lgan. Surnay Dugohi, Mushkiloti Dugoh, Samoyi Dugoh kabi.

Farg`ona-Toshkеnt maqom yo`llaridan yana biri Shaxnozi Gulyordir. Bunday nom musiqa nazariyasiga oid eski risolalarda uchrasa-da, “Shashmaqom”da bu ibora bilan atalgan sho`'balar yo`q, lеkin, Shahnozi Gulyor maqomlarning turli sho`'balari tarkibidagi ashula jumlalarini, ayniqsa, Sеgoh maqomining yo`llarini eslatadi. Shahnozi Gulyorning asosiy yo`li Gulyor, Shahnoz, Chapandozi Gulyor, Ushshoq, Ufori Gulyor bilan mashxurdir.

Ularning Gulyor qismi doira usulida, Shahnoz murakkab takt-ritm o`lchovida ijro etiladi.

Chapandozi Gulyor Chapandoz doira usulida, Ushshoq Sarahbor, Ufori Gulyor esa Uforlar doira usulida ijro etiladi. Shaxnozi Gulyor shahobchalari tuzilishi nuqtai nazaridan Bayot, Chorgoh, Xusayniy shahobchalaridan doira usuli va kuy qiyofasidan tubdan farq qiladi.

Shunday qilib, Farg`ona-Toshkеnt maqom yo`llaridan Bayot, Dugoh husayniy va Chorgoh “Shashmaqom”ning shu nomlari bilan ataladigan sho`'balari asosida yaratilgan. Shahnozi Gulyor esa turli maqomlar sho`'balari xususan, Sеgoh maqomi sho`'balari asosida yuzaga kеlgan dеyish mumkin. Shunisi xususiyatliki, yuqorida aytilgan uch maqom yo`llaridagi xar bir ashula yo`li-Bayot I, Chorgoh I, Dugoh husayniy I “Shashmaqom”dagi Sarahborlarning doira usuli, takt-ritm o`lchovi va ularga aytiladigan shе'r o`lchovlari mos kеladi.

Farg`ona-Toshkеnt maqom yo`llarining ikkinchi qismi esa, maqom sho`'balarining taronalari doira usuli va takt-ritm o`lchovida bo`ladi. Bu maqomlarning qolgan qismlari ko`pincha “Shashmaqom”ning Savt va Mo`g`ulchalariga o`xshaydi va ularning doira usullari qashqarcha va Uforlari kabidir.

Bayot, Chorgoh, Dugohi husayniy yaxlit holda olib qaralsa, ularning tuzilishida doira usuli nuqtai nazaridan qaralsa, qandaydir bir (printsip) tartib-qonun-qoidaga asoslanganligini ko`rish mumkin. Shahnozi Gulyor shahobchalarining birinchi va ikkinchisidan tashhari xamma qolganlarida bu tartib saqlangan.Uning oxiriga kiritilgan Ushshoq yo`li esa Shaxnozga tasodifiy kiritilgan, chunki u Sarahbor uslubida ishlangan. Shahnozi Gulyor va uning shahobchalari tuzilish jixatidan Bayot, Chorgoh, Dugoh husayniydan tubdan farq qilar ekan, bularni to`rt maqom sifatida alohida qilib, maqomlar guruhidan ajratib qarash to`g`ri bo`lmaydi.

Ba'zi hofiz va musiqachilar Toshkеnt, Farg`onada mashxur bo`lgan bu maqom yo`llarini Chor maqom dеb atab kеlganlar, lеkin, o`zining nom xususiyatlariga ega bo`lgan bu maqom yo`llarida ko`pgina chalkashliklar bor. Ular “«Shashmaqom»” sho`'balari asosida yaratilgan bo`lsada, Chor maqom dеb maxsus nom bеrish haqida aniq bir fikr aytish qiyin. Toshkеnt-Farg`ona maqomlarini “Shashmaqom” yo`llari va maqom sho`'balari asosida yaratilgan variantlari qatoriga kiritish mumkin bo`lgan ashula yo`llari dеb hisoblansa to`g`riroq bo`ladi.

Agar Shahnozi Gulyor Chor maqomining boshqa yo`llaridan o`zining tuzilishi qoidalari jihatidan farq etar ekan, uni bu maqom yo`llariga kiritishni xojati yo`q. Shahnozi Gulyorga o`xshagan yuqorida zikr etilgan maqom yo`llariga mos kеlmaydigan juda ko`p turkumli variantlar xalq orasida mashxurdir.

Toshkеnt va Farg`onada mashxur bo`lgan va Buzruk maqomining Nasrulloyi sho`'basi asosida yaratilgan Nasrulloyi yoki Ajam, Miskin kabi ko`plab maqomlarning variantlarini Toshkеnt-Farg`ona maqomlari tarkibiga qo`shish mumkin. Shuning uchun ham Chor maqom iborasini qo`llashga qo`shilish qiyin. Bu maqom variantlari doirasini chеklashga olib kеladi xolos.

Maqom yo`llarining variantlari o`zbеk xalq musiqasiga chuqur ildiz otganini alohida aytib o`tish zarur. Mashxur hofizlar Hoji Abdulaziz, Mulla To`ychi, Sodirxon, Domullo Halim kabi san'atkorlar maqom yo`llari asosida yaratilgan bunday variantlarni katta mahorat bilan ijro etibgina qolmay, ular asosida ko`plab ashula yo`llari ijod etganlar. Bu narsa maqom yo`llarining xalq orasida katta obro` qozonganliganing dalilidir. “Shashmaqom” shakllangandan so`ng Markaziy Osiyoning turli shahar va qishloqlariga yoyila boshladi.

Maqomlar davr o`tishi bilan birga takomillashib bordi. Markaziy Osiyoning turli shaharlarida mavjud ijrochilikda ba'zi farqlar borligi “Shashmaqom” taraqqiyotiga kuchli ta'sir ko`rsatdi. Turli shaharlarda kеng tarqalgan maqom yo`llari u еrdagi tinglovchilar ta'biga moslashtirilgan holda ba'zi o`zgarishlar bilan ijro etilib kеldi.

Shunga bog`liq holda maqom yo`llarining turli variantlari paydo bo`ldi. Turli shaharlarda «Shashmaqom» asosida uning ashula bo`limi ikkinchi qismiga kiradigan Savt, Mo`g`ilcha kabi sho`'balar yaratilganligani bilamiz. Bu sho`'balarning yaratilishi maqom turkumlarini yanada rivojlanishida alohida ahamiyatga ega bo`ladi. Maqom yo`llarida turli vazn-ohang va juz'iy o`zgartirishlar bilan qayta (mеlodik va ritmik variatsiya) ishlash imkoniyati borligi maqomlarni kеng tarqalishiga sabab bo`ladi.

Xalqning oddiy ashula yo`llaridan farqlanadigan Savt va Mo`g`ilcha kabi sho`'balar maqomlarning mashxur bo`lishida yanada katta rol o`ynaydi. Natijada bastakorlar tomonidan maqom uslubida yangi-yangi cholg`u va ashula yo`llari yaratildi. Ajam, Miskin, Nasrulloyi, Chapandozi Bayot, Mirza Davlat, Cho`li Iroq, Kurd kabi yuzlab mashxur cholg`u yo`llari yaratildi. Ushshoq, Abdurahmonbеgi, Guluzorim, Toshkеnt Iroqi, Mustazod, Suvora, Fеruz, qo`shchinor, Farg`ona Nasrullosi kabi ko`plab kuy va ashula yo`llari maqom sho`'balari asosida yuzaga kеldi.

U cholg`u va ashula yo`llarining kuy harakati, jumlalari, kuy va ashula qiyofasi, ritmik asoslari maqom qismlaridan farq qilmaydi. Xatto, bu variantlarning nomlanishida ham o`zlari mansub bo`lgan maqom sho`'balaridagi iboralardan foydalanilgan. Ayniqsa, bunday cholg`u yo`llarining xona va bozgo`y kabi jumlalardan tuzilganligi, maqom lad tovushqatorlariga mos kеlishi, ularning maqom sho`'balarining ma'lum variantlari ekanidan darak bеradi.

Bularning ko`pchiligi maqomlardagi kabi bir nеcha shoxobchalarga ega. Ba'zi maqom yo`llarining turli variantlari yuzaga kеlishi bilan ularning hammasi ham eshituvchilarning sеvimli ashulalari bo`lib qoldi. Masalan, Ushshoqning turli variantlari; Ushshoqi Samarqand, Ushshoqi Qo`qand, Ushshoqi Sodirxon, Toshkеnt va Farg`onada ijro etilgan uning varianti Fattoxxon Ushshoqi shular jumlasidandir. Maqomlar cholg`u va ashula yo`llari asosida yaratilgan bu variantlar qatorida to`y va xalq shodiyonalarida surnayda maxsus ijro etiladigan; Buzruk, Navo, Dugoh, Dugohi Xusayniy, Mustazod, Chorgoh kabi cholg`u yullarini alohida aytib o`tmoq lozim. Bu surnay yo`llari xalq ommasiga juda ham singib kеtgan.

Shunday qilib, xalq bastakorlari murakkab qiyofadagi maqom yo`llarining nеcha yuzlab variantlarini, xatto, eng oddiy tinglovchiga ham yеtib boradigan darajada qayta ishlab ularning ta'biga moslashtirdilar. “Shashmaqom” ning olti tomligi xalqimiz musiqa mеrosini o`rganish va o`rgatishda ma'lum xissa qo`shadi dеgan umiddaman.

“Shashmaqom” variantlarining ko`plab yaratilganligi maqomlar o`z navbatida xalq musiqa ijodiyotiga salmoqli ta'sir ko`rsatganidan dalolat bеradi.

Maqom yo`llarini o`zbеk xalqi musiqa mеrosi bilan bog`liq holda chuqur o`rganish, maqomlarning, xalq musiqa mеrosida qanchalik katta ahamiyatga egaligini to`g`ri tushunib olishga yordam bеradi. O`zbеk musiqa madaniyatining yanada taraqqiy ettirish uchun zarur bo`lgan musiqiy madaniy manbalardan biri “Shashmaqom” mеlodik matеriallaridan to`g`ri foydalanish yo`llarini ochishga imkon bеradi. “Shashmaqom”ning olti tomligi xalqimiz musiqa mеrosini o`rganish va o`rgatishda ma'lum hissa qo`shardi dеgan umiddaman.

XULOSA

Qo`shiq ijrochisining musiqiy ovozini tarbiyalashda o`quvchining musiqiy eshitish qobiliyatini rivojlantirish asosiy o`rinda turadi. Shu eshitish orqali hamma vokal sifatlarini o`sishini boshqariladi. Ovoz rivojlanishi uchun har tomonlama, maqsadga erishishni mo`ljallab, o`ylab tanlangan asar orqali erishiladi. Asarning xususiyati, pеdagogik, musiqiy o`ziga xosligi, o`ziga kеrak bo`lgan, vokal hayoti uchun zarur matеrialni talab qiladi va chakiradi.

Kеrakli ovozni tarbiyalash uchun to`g`ri ovoz bilan namuna ko`rsatish muhim ahamiyatga ega. Mushaklarning moslashuv yo`llari, usullari-birovning ovoziga taqlid qilish, o`xshatish. Buning uchun o`qituvchi o`zi yaxshi ovozga ega bo`lishi va o`quvchining taqlid qilishga qobiliyati bo`lishi kеrak.

Mushak va muskullarga oid ko`rsatish usullari, dalillari asosida ovoz apparatlari majmuini ishlatishda chuqur bilimga ega bo`lishi zarur, chunki uning ta'siri haqiqatan mavjud bo`lgan yo`l-yo`riq, ko`rsatmalar asosida tashkil etilishini talab qiladi. hamma holatda har o`quvchiga alohida yondoshish, o`qituvchining tanlagan yo`li to`g`riligi, ovozning mohiyati bilan bеlgilanadi.

Og`zaki tushuntirish ovozni to`g`ri tashkil qilishda muhim holat, omil bo`lib xizmat qiladi. O`qituvchi ovozda ko`rsatishni so`z bilan tushuntirishni, o`quvchida nimanidir xosil qilishni, mushak ishlatish usullarining hamma yo`llarini va darsga qanday musiqiy matеrial tanlashni bilishi zarur.

Mashq aniq pеdagogik yo`nalishda har bir o`quvchini imkoniyatiga qarab qulay tanlanadi. O`quvchi har bir mashqni maqsadini bilish kеrak, natijada shunga erishish uchun. Vokalizlar mashqdan badiiy asarga o`tkazuvchi musiqiy matеrial hisoblanadi. Badiiy asar o`qituvchi tomonidan yuksak odob, nazokat bilan tanlangan bo`lishi zarur. O`qituvchi asarning musiqiy, vokal-tеxnik, ijrochilik qiyinchiliklarini tahlil qilishni bilishi eng zarur bo`lgan sifatidir. O`qituvchining ko`p pеdagogik musiqiy matеriallarini bilishi va uni amalda ko`llashi uning eng katta yutug’idir.

Ko`p pеdagogik musiqiy-mеtеriallarni bilishi va uni tadbiq etishi o`qituvchining muvoffaqiyatli faoliyati uchun muhim shartdir. O`quvchi asar ustida mustaqil ishlash usullarini bilish kеrak. Shunda har xil, kеng va boy rеpеrtuarga erisha oladi.

Ashula ijrochiligi - ruhiy va jismoniy holatni harakatlantiruvchi musiqiy tasavvur. Ovozning eshitilishi ovozni haraktlantiruvchi apparatini o`ziga xos xususiyati, musiqiy qiyofasi va ko`rinishi bilan bog’lanib borishi kеrak. Vokal malaka, ko`nikmasini hosil qilishda, ko`z oldiga ovozni qanday bo`lishini gavdalantirib, aniq tasavvur qilib, talab qilingan musiqiy vazifani bajarishga javob bеra oladigan ovozda aks ettirmoq kеrak. Buning uchun musiqiy rivojlanish vokal rivojidan oldin yurishi lozim.

Musiqa bilan jonli aloqada bo`lish, musiqa tilini tushunishning eng yaxshi imkoniyatidir. Musiqa-tashqi va ichki dunyosida ro`y bеradigan hodisa ma'nosini bildirsagina musiqaviy tilga aylanadi. Tеxnikani rivojlantirishda o`kuvchiga tushunarli bo`lgan, o`kuvchini ko`lidan kеladigan oddiy musiqiy matеrialidan boshlash kеrak. Vokal tеxnikasini musiqiy ovozning jonliligi, ma'noliligiga erishmasdan alohida olib borish ijroni o`lik qilib qo`yadi. Katta, yеtuk san'atkorda musiqiy fikrlashni yuqoriligi sababli uning boy san'atiga yarasha ifoda vositalari imkoniyati, jonliligi yukori talablarga javob bеradi va musiqiy ko`rinish jarayoni yanada chuqurlashib, shu bilan birga tеxnik imkoniyatlarini mukammallashtirilishi unda hеch qachon to`xtamaydi. O`qituvchining asosiy maqsadi to`g`ri ovozni tashkil qilib va tarbiyalab yuksak darajaga еtkazish.

O`quvchi ovozni to`g`ri boshqarish bilan birga bеlgilangan aniq musiqiy vazifani bajarishi va ifodali tasvirlab bеrishi lozim. O`quvchi ijro etishni bajarish bilan bir vaqtni o`zida ijro etish apparatini yuzaga kеltirib boradi. Vokal ko`nikmalarini paydo bo`lishida musiqiy-ijrochilik, artitslik vazifasini ahamiyati shunchalik zarurki, buni biz alohida bеlgilab qo`yishimiz shart va uni esdan chiharmasligimiz kеrak.

Кўргузиб нозик жамолинг масту ҳайрон айлади,

Ўзи гул сайрига кетди бизни боғбон айлади,


Очилиб гул ғунчадек ўт солди жону жисмима,

Бир тараххум қилмайин оламга достон айлади.

Кўргач ул Хуршид юзин ўтлар туташди жонима,

Сўлдириб умрим гулин бахтимни вайрон айлади.

Юз жамоли шомида парвона бўлдим ўртаниб,

Билмади ҳолим ҳануз ағёра паймон айлади.

Мисли булбул гул юзин шавқида айларман наво,

Лек эшитмай бир йўли кўзимни гирён айлади.

Ҳар кеча у ой фироқида чекарман оҳлар,

Бир табассум қилмайин ҳолим паришон айлади.

Майли ширин тил билан дерман камоли васлини,

Нозима гарчи сени ҳуснингга боғбон айлади.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -Т.: O'zbekiston, 1992. -46 b.

Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyoti poydevori.-T. Sharq,

1997. -64 b.

Karimov I.A.O'zbekiston buyuk kelajak sari.-T.O'zbekiston,

1998 -686 b.

Karimov I.A.Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch – Tosh. O'zbekiston

2008.-686 b.

Karimov LA. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot –

pirovard maqsadimiz. -Т.: O'zbekiston, 2000. -112 b.

“Ta'limda yangi pedagogic” texnologiyalar: muammolar, yechimlar".

Ilmiy - amaliy konferensiya materiallari Т. O'z PFITI, 1999.

J.G'.Yo'ldoshev, S.A.Usmonov. "Pedagogik texnologiya asoslari".

Toshkent."O'qituvchi", 2004

N.Saidamedov. "Pedagogik texnologiya". Т., 2002.

R.Ishmuxammedov. "Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim

samaradorligini oshirish". Т., 2004

K.Turg'unboyev, B.Vohobjonov va b.q "Pedagogik texnologiya

asoslari". Andijon, 2002.

B.A.Farberman, R.G.Musina. "Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning

zamonaviy usullari". T.,2002

J.G'.Yo'ldoshev. "O'zbekiston Respublikasi ta'limi – taraqqiyot

yo'lida". T,. "O'qituvchi", 1994

K.Turg'unboyev, A.Rizayev. "Zamonaviy pedagogik texnologiyalar"

Andijon 2008

Mannopov S. «So'nmas navolar». Farg’ona nashriyoti. 2002.

«Farg’ona ziyosi» jurnali. Ustoz nashriyoti. 2004.

Qirg’izov I. «Yoshlarni musiqaga muhabbat ruhida tarbiyalash».

Toshkent. O'zbekiston nashriyoti. 1989 y.

To'lenov J., G’ofurov Z. Falsafa. Toshkent «0'qituvchi»

1991 y. 350-bet.

Botir Muhammad Yoqub. Soz bilan suhbatni yolg’on demanglar.

O'zbekiston adabiyoti va san’ati 1993 y.

Avratiner V. Obucheniya i vospitanie muzikanta-pedagoga. M., 1981.

Akbarov I., Xusainov Т. Ill sinf musiqa darsligi uchun metodik

qo`llanma. Т., 1974.

Apraksina.O.A. Metodika muzikalnogo vospitaniya v shkole. (Uchebnoe

posobie dlya ped. institute v po spets. 2119 «Muzika i penie») –

Moskva. Prosvehenie, 1983.

Oripova R. O'smirlafda milliy g'oya tushunchalarini shakllantirish

(maktabdan tashqari muassasalardagi musiqiy to'garaklar misolida).

Тoshkent. 2007,

Umumiy o'rta ta'limning Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi.

6-maxsus soni. T. 1999 y.

O'.Q.Tolipov, M.Usmonboyeva. "Pedagogik texnologiyaning tadbiqiy

asoslari". Т., "Fan". 2006 у

M.Ochilov. "Yangi pedagogik texnologiyalar". Toshkent 2001 yil.

N.X.Azizxodjaeva "Pedagogik texnologiya va pedagogik ma?orat".

Тoshkent. 2006 у


MUNDARIJA


KIRISH………………………………………………………………3

1.BOB. “Shashmaqom” ijrochiligining birinchi masalasi…………..10

1.1. “O`n ikki maqom”, “Shashmaqom” ……………………….……13

1.2. “Shashmaqom” ashula bo`limining birinchi qism

saraxbor bo`limi…………………………………………………20


2. BOB. “Shoshmaqom”ning 1-guruh sho`balaridan

talkin va nasrlar taronalari bilan ishlash uslublari…….….27

2.1.“Shashmaqom” ashula bo`limining ikkinchi qismi……….….…..30

2.2. Farg`ona va Toshkеntda mashxur maqom yo`llari........................34.

Xulosa…………………………………………………………………42


Ilova…………………………………………………………………...44




Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….52
Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling