Mavzu: Musiqa o’qitish metodikasi fanida bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatini shakllantirishga tavsifi va vazifalari Reja


Musiqa asboblarini chalishga o‘rgatish, uning usullarini egallashga olib keluvchi metodik usullar


Download 37.1 Kb.
bet4/7
Sana11.10.2023
Hajmi37.1 Kb.
#1697749
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatini shakllantirishga tavsifi va vazifalari

Musiqa asboblarini chalishga o‘rgatish, uning usullarini egallashga olib keluvchi metodik usullar. Pedagog ma’lum ritmni qarsak urib chaladi, musiqali xirgoyili ritmini endi ular fortepyano jo‘rligida metallofon, triol yoki zarbli asboblarda ijro etadilar. Turli ritmik tasvirlarni ijro etish malakalari egallab bo‘lingach, kuylarning, avval qisqasini, keyinroq uzunroqlarini ijro etishga o‘tish mumkin. Bunday tayyorgarlikdan so‘ng bolalar orkestrga birlashtiriladi. Musiqa rahbari ular bilan oddiy bir qismli pesalarni, keyinchalik bir nechta turli mazmundagi qismlardan iborat bo‘lgan asarlarni o‘rganadi. Musiqa asboblarini chalishni o‘rgatishni pesa va qo‘shiqlarni o‘rganish bilan cheklab bo‘lmaydi. Muhimi, bu faoliyat bolaning mustaqilligini o‘stirishi va ijodiy mazmunda bo‘lishidir. Bunda tinglab turib tanish kuylarni tanlash, kuyni bir tovushdan ikkinchisiga ko‘chirish, tovush chiqarishning o‘z usullarini qidirish yordam beradi. Ijodning namoyon bo‘lishi bolalarga pedagog bilan birgalikda pesalarni orkestrlashtirish, badiha qilish, ijod qilishga muvofiq keluvchi sharoitlarning yaratib berilishini talab qiladi. Bu ishni katta kishi bolalarga musiqa asbobida «kakkuning kukulashini», «qushning sayrashini», «yomg‘irning yog‘ishini», «momaqaldiroqning guldirashini» va shu kabilarni chalishni tavsiya qilib, yo‘llab borishi kerak. Bu o‘rinda e’tiborga loyiq bo‘lgan metallofon va ksilofonda chalish yo‘llarini qo‘llash mumkin. Ba’zi hollarda badiha ritmini topish bolalarning o‘zlariga havola qilinadi, boshqa hollarda ma’lum ritm beriladi. Bu usullarning barchasi cholg‘u asboblarini chalish har bir bolaning umumiy o‘sishi uchun qiziqarli va foydali ekanligini ko‘rsatadi. Umumiy kechinmalar, umumiy faoliyat bilan birlashgan jamoani tarkib toptiruvchi musiqa faoliyatining xilma-xil turlari pedagogdan butun guruhni nazarda tutuvchi metodik usullar qo‘llashni talab qiladi. Shu bilan birga mashg‘ulotlarda ham, undan tashqari vaqtda ham bolalarga yakka va farqlab yondashish juda muhimdir. Shu maqsadda quyidagi usullarni tavsiya qilish mumkin:
1. Egallangan malakalar va qobiliyatlar uquvining yakka darajalarini hisobga olish. Bu maqsadda u yoki bu bolani vaqt-vaqti bilan tekshirish, uning xatti-harakatini doimo kuzatib borish kerak.
2. Mashg‘ulotlarda yakka yondashishni qo‘llash, ikkilanuvchi bolalarni faollashtiruvchi va o‘ziga bino qo‘ygan bolalarning ortiqcha faolliklarini cheklovchi holat yaratish, faqat butun jamoaga emas, balki ayrim bolalarga qaratiladigan ko‘rsatmalardan foydalanish, ya’ni, bu har bir bolada o‘zi bilan qiziqilayotganligi va uni kuzatishayotganligi tasavvurini yaratadi, bolalar tomonidan yakka ijrolarning ijro etilishi, biror topshiriqni navbatma-navbat bajarish va uni baholash.
3. Zaruriyati bo‘lsa, juda qisqa 2-3 minutlik qo‘shimcha yakka mashg‘ulotlar o‘tkazish.
Bu metod va usullarning barchasi har bir boladagi mustaqil, ijodiy qobiliyatlarning namoyon bo‘lishini o‘stirishga yordam beradi.

Download 37.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling