Mavzu: Musiqa o’qitish metodikasi fanida bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatini shakllantirishga tavsifi va vazifalari Reja


Bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatini shakllantirish metodikasi


Download 37.1 Kb.
bet3/7
Sana11.10.2023
Hajmi37.1 Kb.
#1697749
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatini shakllantirishga tavsifi va vazifalari

Bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatini shakllantirish metodikasi. Musiqa asboblarini chalish umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarning musiqa faoliyatlaridan biridir. Musiqali o‘yinchoq va bolalar musiqa asbobi mavjud. Birinchisi - ovozli o‘yinchoqlar bo‘lib, ulardan syujetli rolli, ya’ni holatli yoki didaktik o‘yinlarda foydalaniladi, ikkinchisi - bola uchun maxsus moslashtirilgan haqiqiy asboblarning nusxasi bo‘lib, tashqi ko‘rinishi ham, ovoz chiqarish usuli ham asl nus’hasiga o‘xshashdir. Bular bolalarni qiziqtirib, ularga o‘yin soatlarida musiqa chalib, orkestrda ishtirok etib, o‘zlarini namoyish qilish-lariga, musiqa mashg‘ulotlarda faol bo‘lishlariga yordam beradi. Bularning ikkalasi ham ma’lum talablarga javob berishi kerak. Jumladan murakkab bo‘lmagan xirgoyini, tinglab tanlangan tanish kuyni mustaqil ijro etishga, ritmlarni, musiqalarini badiha qilishga, musiqali sado o‘yinini o‘ynashga, o‘zi qo‘shiq aytayotganda jo‘r bo‘lishga undashi kerak. Shunday qilib, bolalar ayni bir vaqtda o‘zlarini-o‘zlari o‘qitadilar va ko‘ngilhushlik qiladilar. Ba’zi o‘yinchoqlar va musiqa asboblari o‘qitishda ko‘rsatmali didaktik qo‘llanma bo‘lib, o‘qituvchi bolalarning musiqali-sensor qobiliyatlarini o‘stirishda, ularni musiqa savodining bo‘laklari bilan tanishtirishda yordam berishi mumkin. Nihoyat, ansamblda yoki kichik orkestrda ishtirok etish ma’lum asboblarning mavjud bo‘lishini va quyidagilardan iborat o‘qituvchi talab qiladi. Bolalar musiqa asboblarining nomi, chalinish ko‘rinishi, yo‘g‘on va ingichka tovushlarning joylashishi. jumladan metallofon plastinkalarida bular ko‘rsatilgan, foydalanish va saqlash qoidalari bilan tanishgach, chalish usullarini egallaydilar, ular mustaqil va ansamblda umumiy dinamika, tempga rioya qilib, o‘z partiyalarini vaqtida boshlab va yakunlab qo‘shiq, xirgoyi qilish, sanoq o‘yinlarni ijro etishlari mumkin.
Musiqa asboblarini navbatma-navbat o‘zlashtirish kerak. Avval, bolalarni asbobni, masalan, sitrani chalish bilan tanishtirib, bir necha mashg‘ulot davomida ikki-uch xirgoyini chalishni o‘rgatib, bolalar o‘z tashabbuslariga ko‘ra chalish usullarini takomillashtira olishlari uchun cholg‘u asbobni guruxda qoldirish kerak. Ba’zan «izlash vaziyati»ni yaratish, cholg‘u asbobini metallofon, triol, akkordeon bolalar bilan birgalikda ko‘rib chiqib, xato qilganlarida tuzatib, uni chalish usulini mustaqil topishni topshirish ham foydali bo‘ladi. Faqat ritm beriladigan zarbli asboblar baraban, doiralar, kastanetalarni bir vaqtda o‘zlashtirish mumkin. Har bir cholg‘u asbobining ifodali usullarini ta’riflashda ularning sadosini qushlar, hayvonlarning ovozi, inson nutqi, ariqning shildirab oqishi va shu kabilarga taqqoslash foydalidir. Masalan, sitrani chalganda, «qushchalar baland, jarangli, yoqimli sayrashadi» deysiz, barabanga ritmik urishni momaqaldiroq bilan qiyoslash mumkin. Boshlang‘ich bosqichdayoq bolani ansamblda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan hamkorlikdagi uyg‘un harakatlarga o‘rgatish lozim. Shu maqsadda o‘ziga xos «ritmik orkestrlar» tuzilib, unda bolalar chapak chalib, oyoqlarini tapillatib, yog‘och tayoqchalar, plastmassa qutichalar bo‘sh yoki mayda tosh, no‘hot to‘ldirilganni taqillatib chalishadi. Bu yerda ham turlicha ovoz berish shakllantiriladi. Agar kaftlarni hovuch qilib chapak chalinsa, ovoz qattiq, bo‘g‘iqroq chiqadi, kaftlar yassi holatda bo‘lsa, ovoz aniq va jarangli chiqadi. Bir qulning uzatilgan yoki sal bukilgan barmoqlari bilan ikkinchi qo‘lning kaftiga urib ovoz chiqarishni o‘zgartirish mumkin. Tapillatish butun oyoq bilan, oyoq uchi bilan, poshna bilan, navbatma-navbat oyoq uchi va poshna bilan qilinadi, songa kaft, panjalar bilan urib ovoz chiqariladi. Yog‘och, plastmassa, temir predmetlar ham turli tembrda ovoz chiqarish imkonini beradi. Budarning barchasi bolalarni jalb qilib, turli ritmik topshiriqlarni to‘g‘ri bajarish va dastlab vaznlashtirilgan gaplar, nutq intonatsiyalari, rechitativlardan foydalanib musiqa chalish malakalarini egallash imkonini beradi.

Download 37.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling