Mavzu: Musiqa o’qitish metodikasi fanida bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatini shakllantirishga tavsifi va vazifalari Reja
Bolalar musiqa cholg‘ulari tavsifi
Download 37.1 Kb.
|
bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatini shakllantirishga tavsifi va vazifalari
Bolalar musiqa cholg‘ulari tavsifi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlashda, tabiiyki, eng sodda cholg‘u asboblari qo‘llanilishi mumkin. Bu cholg‘ular sof, mayin jaranglashi va ko‘rinishi chiroyli, bezakli bo‘lib, o‘quvchilarni o‘ziga jalb etishi hamda ijroda qulay bo‘lishi talab etiladi. Ijro paytida gavda, bo‘yin, boshning erkin holatiga e’tibor qaratiladi. Bolalar musiqa cholg‘ulari asosan ikkita guruhga, ya’ni tovush balandligiga ega bo‘lgan, ya’ni melodik hamda urib chalinadigan, ya’ni melodik bo‘lmagan cholg‘ularga bo‘linadi.
1.Urib chalinadigan melodik bo‘lmagan ritmik cholg‘ular, ya’ni doyra, safoil, quticha, nog‘orachalar, qayroq, klaves, bloklar, tamburin, baraban, marokas, uchburchak, rumba, yog‘och qoshiqlar, tarelkalar. Shu cholg‘ularning ba’zilarining tavsifini keltiramiz: Safoil – jarangdor cholg‘u bo‘lib, ikkita yog‘och dastachalarga mustahkam-langan, ikkita katta o‘ralgan halqalardan iborat. Har bir katta halqaga 15 ta kichik halqachalar o‘tkazilgan. Bu halqalarning jarangi cholg‘uning o‘ng yelkaga urib yoki havoda tez-tez harakat bilan oldinga silkitishdan kelib chiqadi. Quticha – qutichalar qattiq daraxt turidan yasalib, har xil yiriklikda bo‘lishi mumkin va unga yog‘och cho‘plar bilan urib chalinadi. Klaves - palisandr daraxtidan tayyorlangan ikkita tayoqcha, birbiriga urib ovoz chiqariladi. Ularni ushlaganda bosh va ko‘rsatkich barmoqlar yordamida yog‘och uchlari bo‘sh bo‘lishi kerak. Baraban – ikki tarafi teri bilan qoplangan temir silindr. Tovush yog‘och tayoqchalar yordamida markaziga urish orqali hosil qilinadi. Marakas – ikkita plastmass shar, ularning ichida toshchalar harakatlanadi. Bu cholg‘uning tovushi og‘irroq bo‘lgani uchun bolani tez charchatadi. Shuning uchun ehtiyot bo‘lib foydalanish zarur. Qo‘lda ushlab, mayin harakat bilan silkitib tovush hosil qilinadi. Uchburchaklar – chalish paytida osib qo‘yiladi yoki chap qo‘lda tasmachasidan ushlab turiladi va o‘ng qo‘lda metall tayyoqcha bilan uriladi. Tez tempda tayoqchani uchburchakning ichki ikki yoniga urib «tremolo» ijro etish mumkin. «Nozik», «yaltiroq», qisqa tovushga ega. Tarelkalar – barabanchaga mustahkamlanadi yoki chap qo‘lda ushlab turiladi. Ikkita yog‘och tayyoqcha bilan barobar yoki alohida-alohida chalish mumkin. 2. Melodik cholg‘ular: tovush balandligiga ega bo‘lgan metal-lofon, ksilofon, metallofon va ksilofon alt, metallofon va ksilofon soprano, qo‘ng‘iroqchalardan iborat. Bu cholg‘ularning asosiy sozlanish tonalligi – do major. Almashtiriladigan plastinkalar yaqin tonalliklarda ijro etish imkoniyatini beradi. Eng pastki tovush doimo tonika bo‘ladi. Ijro paytida cholg‘ular o‘quvchining bel qismi balandligida bo‘lishi lozim. Tayoqchalarni bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasida yengil ushlash kerak. Bunda qo‘llar tirsakdan bilaklargacha erkin holatda bo‘lishiga e’tibor tortiladi. Avval bolalarga tovushni ikki qo‘l bilan hosil qilish taklif qilinadi. Bunda ikkala qo‘lning balandligi bir xil bo‘lishi lozim. Har bir cholg‘uning o‘z tayoqchalari bor: - ksilofonda – qattiq probkali tayoqchalar bilan chalinadi. - metallofonda rezina tayoqchalar bilan ijro etiladi. - qo‘ng‘iroqchalarda – yog‘och tayoqchalar bilan ijro etiladi. 3. Bolalar musiqa ijrochiligini rivojlantirish ustida ishlash metodlari Birinchi mashg‘ulotlardanoq har ikkala guruhdagi, ya’ni ritmik va melodik cholg‘ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Melodik cholg‘ularda ijro etish usullaridan quyidagilarni keltirish mumkin: - sodda qo‘shiq kuylarini bir, ikki tovushdan iborat chalish; - «aks-sado», «qushchalar aytishuvi» kabi o‘yin shaklidagi musiqa mashq-larini chalish. O‘z mazmuni va qoidalariga ega bo‘lgan o‘yin, ertak, musiqiy hikoyalar o‘quvchilar uchun ijodiy harakatlarda qulay ish shakli hisoblanadi. O‘quvchilarning lad va ritm haqidagi musiqiy tasavvurlari qo‘shiq kuylash jarayonida turli xil ijodiy vazifalarni bajarish orqali jadal rivojlanadi. Bularga: - qo‘shiqqa ritmik jo‘rlik, kirish qismini «to‘qish»; - qo‘shiqning mazmuni, ko‘rinishiga mos keluvchi cholg‘ularni tanlash va bu haqidagi fikrni asoslab berish; - o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan jo‘rlik turlaridan asar kayfiyatiga mos keladiganini tanlash kabilar. Bu xildagi vazifalar asosan ritmik va melodik cholg‘ular yordamida bajariladi. Download 37.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling