Mavzu: Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari Kirish Asosiy qism


Download 124 Kb.
bet24/25
Sana19.04.2023
Hajmi124 Kb.
#1365352
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
1. Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari.

MATNIYOZ YUSUPOV

(1925-1992)

Xorazm maqomlarini Matpano ota, Madrahim She’roziy, Xojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov va boshqa ustozlardan o`rganib notaga olgan, uni avval bir jild, keyin 1980 yilda uch jildlik etib chop qildirgan ulkan bastakor, musiqiy madaniyatimizning ulkan arbobi Matniyoz Yusupovdir.

Matniyoz Yusupov 1925-yilning 1- yanvarida Xorazm viloyatining O`rganch tumanidagi Niyozmat arbob mavzeyida tavallud topdi. Uning zehni o`tkirligidan 15 yoshidayoq viloyat estradasi ga musiqachi bo`lib ishga kiradi. 1943 yili ikkinchi jahon urushidan nogiron bo`lib, bir oyog‘idan ayrilib qaytadi. So`ngra viloyat teatriga ishga taklif qilinadi va Xudoybergan Muxrkanning o`g‘li Matpano otadan bir guruh san’atkorlar bi­lan birgalikda Xorazm maqom yo`larini o`rgana boshlaydi. O`n yilga yaqin davr ichida u mohir g‘ijjakchi sifatida maqom, xalq dostonchilik yo`larini mukammal ijro etishga boshladi. 1951 yili Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtiga o`qishga kirib, bu dargohni muvaffaqiyatli tamomlagach 1955 yili Toshkent Davlat konservatoriyasining kompozitorlik faqo`lrtetiga o`qishga kiradi va uni kompozitor Zeydman rahbarligida 1960 yili tugatadi. Tabiatan muloyim, ochiq yuzli, istarasi issiq, yuzlaridan doimo nur yog‘ilib turadigan Matniyoz Yusupov tezda xalq og‘ziga, ijodkorlar nazariga tushadi. Respublika radiosidan tez-tez uning xush ovozlari yangrab, u bastalagan qo`shiqlar ijro qilina boshlaydi. Matniyoz Yusupov Konservatoriyada o`qigan yillari dramma asarlariga musiqa bastalaydi. 1961 yili uning “G’azal fojiasi» musiqiy asari sahnalashtiriladi. Shuningdek Hamid G’ulomning “Dil ko`zgusi”, Ayyomiyning, “Tun va Nohun”, Xayitmat Rasulning, “Muqaddas diyor” va boshqa qator dramalarga kuylar bastaladi.

U ustozlardan yozib olgan Xorazm maqomlarini 1959-1960 yillari 1-2 jildlarini chop qildirdi.Matniyoz Yusupov 1961 yildan boshlab O`zbekiston radiosida katta muharrir, undan keyingi yillarda M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent san’at institutida va A.Qodiriy nomidagi Toshkent madaniyat institutlarida ustozlik qilib, professor ilmiy darajasini oladi. Matniyoz Yusupovning eng barakali ijod mahsuli sifatida 5 jildda “Xorazm maqomlari” ning 1980 yili chop etilishidir. U “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san’at arbobi” unvoniga musharraf bo`lgan ulkan san’atkordir.

U butun ijodi davomida o`nlab qo`shiqlar, simfonik asarlar va poemalar yaratdi. Keng diapazonli, yoqimli ovozi bilan maqomlar ijro etdi. Butun umrini musiqa ilmiga baxshida etgan Matniyoz Yusupov 1992 yilda olamdan o`tdi. Toshkentdagi Chig‘atoy qabristoniga dafn qilingan.




Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling