Mavzu: Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari Kirish Asosiy qism


Download 124 Kb.
bet25/25
Sana19.04.2023
Hajmi124 Kb.
#1365352
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
1. Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari.

TAVAKKAL QODIROV

(1926-1996)

Tavakkal Qodirov deganda, butun umrini xalq xizmatiga bag‘ishlagan, millionlab qo`shiq shinavandalarining qalblariga quvonch olib kirgan, takrorlanmas ovoz sohibi, kamtar inson ko`z oldimizga keladi. Tavakkal Qodirov 1926 yil 10 iyunda Quva tumanining Sultonobod qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topdi. Ulug‘ insonlarning tug‘ilishi ham o`ziga xos tarixiy bo`lar ekan. Hofizning onalari To`ti buvi sakkiz farzand ko`rib, birontasi ham turmaganligi sababli, to‘qqizinchi farzandini udumga ko`ra hovlida, yer bag‘rida tug‘ib, «Tavakkal yo yerniki bo`lar, yo meniki» degan umidda farzandining ismini «Tavakkal» deb qo`ygan ekanlar. Shunday tafsilotlar bilan tug‘ilgan bola ulug‘ hofiz darajasiga yetdi.

Tavakkal aka sermashaqqat hayot va ijod yo`lini bosib o`tdi. Dastlabki musiqiy saboqni quvalik ustozlari G’ofirjon g‘ijjakchi va Davronbek hofizlardan oladi. Hofizning qo`shiqchilik olamiga nazar tashlasak, 50-yillarda yangi ovoz, yangi soz bilan bu nurli olamga kirib kelganini ko`ramiz. An’anaviy qo`shiqchiligimizni bir daryo deb faraz qilsak, hofiz o`z uslubi, ovozi bilan bu daryoning katta irmog‘i bo`lib ajrab chiqdi. Jo`raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov singari ulug‘ hofizlar yaratib ketgan maktabning davomchisi sifatida o`ziga xos uslub yaratdi. Hofiz ijodi davomida yuzlab qo`shiqlar ijro etdi. Qator xalq qo`shiq va yallalarini alohida us­lub bilan ijro etib, ularga ikkinchi umr baxsh etdi. U ijro etgan «Bizni tashlab»,«Shunchamidi», «O`xshaydiku», «Kecha oydin», «Toshkent iroqi», «Suvora», «Naylaram», «Qo‘qon ushshoqi», «Farg‘ona tong otguncha», «Tanovar», «Sayyora», «O`zbekistonim», «Jonim Farg‘ona», «Feruz I-II» singari qo`shiqlar unutilmas ijrolardir.

Ushbu satrlar muallifiga Tavakkal Qodirovga shogird bo`lib yurish, xizmatini qilish, ustozga bag‘ishlab hayotligida «Tavakkal Qodirov» nomli risola yozish nasib etdi. Ustoz qo`shiq kuylaganda, har-bir ijro etgan qo`shig‘i go‘yo o`zi uchun yaratganday tuyo`lardi. Biz bir qo`shiqni har kuni uch-to‘rt marta eshitsak ham, doim o`zining yangi bir qirrasi bi­lan namoyon bo`laverar edi.

Hofiz ijodida ikki voha yo`li, Farg‘ona va Xorazm qo`shiqchilik maktabining uyg‘unlashgan ijrolarini kuzatamiz. Buning sababi, ustozlari Jo`raxon Sultonov va Ko­miljon Otaniyozovlarning ijodlaridan samarali foydalanganligidandir. Ikkala buyuk hofiz sevimli shogirdiga «Feruz» hamda «Qo`qon ushshoqi» ni aytdirib, zavqlanib shinavandalik bilan eshitishib o`tirganlarining guvohi bo`lganman.

Tavakkal Qodirov uzoq yillar Farg‘ona viloyati o`zbek musiqali drama teatrida mehnat qildi. 1978 yilda viloyat filarmoniyasini tashqil etib, bir necha yil rahbar bo`lib ishladi. Hofiz ijodini yorituvchi qator telefilmlar, videofilmlar, grampla­stinka yozuvlari, respublika radiosida ellikdan ortiq qo`shiqlari mavjud bo`lib, uning ijodi barakali, sermahsul bo`lganligidan dalolat beradi. Ustozga 1964 yilda «O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist», 1989 yilda esa «O`zbekiston xalq artisti» degan yuksak unvonlarning berilishi, Farg‘ona davlat universitetining professori deb tan olinishi o`zbek san’ati oldidagi xizmatlarining dalolatidir. Ustoz yetmish yil umr ko`rib, umrlarining so`nggi kunlarida ham ajoyib bir pokizalik, ruhan tetiklik bilan 1996 yil 13 aprel kuni vafot etdi. Farg‘ona shahar Sirpush ota qabristoniga dafn qilingan.

Ha, inson umrining sarhadlari bepoyon, ayniqsa qo`shiq olamining bepoyon kengliklarida san’atkor qalbining torlari jaranglab aks-sado berib turuvchi xilqatdir.

O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf (ollox rahmat qilsin) ustozga atab yozgan she’ridagi quyidagi misralar fikrimizning dalilidir:



Men ketarman qolmagay tilla taxtu qo`shiqlarim

Menga bu dunyoda chin keltirdi baxt qo`shiqlarim

Uzbegim uyida yangrar hamma vaqt xonishlarim

Gul o`pib, gul yopinib har dilda mozorim qolur

Men ketarman bir kuni navolarim, zorim qolur...


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Qahharov N.V. Vokal asoslari. O`quv qo`llanma. T., Iqtisod-moliya. 2008. 3-9 b.
2. Mirzayeva N.A. Xonandalik uslubiyoti asoslari. Ma’ruzalar matni. T., 2008. 3-6 b.
3. Omonnulayeva D. Estrada xonandaligi. O`quv qo`llanma. Toshkent. 2007. 110 b
Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling