Mavzu: Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari Kirish Asosiy qism
Download 84 Kb.
|
1. Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari.
MADALI HOFIZ RAXMATILLO O`G’LI
(1867-1930) Farg‘ona an’anaviy ijrochiligining mohir bilimdoni Madali hofiz Shahrixon shahrida tug‘ildi. Otasi asli kosib bo`lib, diniy ilmlarni puxta egallagani uchun Raxmatillo Qori nomi bilan mashhur edi. O`g‘li Madalibekni ham kosiblikka berdi. Lekin qo`shiqqa bo`lgan havas uni mashhur tanburchi hofiz Nuroxun akaga ergashtirdi. Zamondosh shoirlar Oraziy, Xayratiylar bilan hamkorlik qiladi. O‘sha davrda Marg‘ilonda gullab yashnagan madaniy muhit uni o`ziga chorladi va shu yerdan o`ylanib, yashab qoldi. Bu yerda Yusuf qiziq, Matxolik hofiz singari san’at darg‘alari bilan yaqindan tanishdi. Uning ovozi shu qadar baland bo`lgan ekanki, “Madali hofiz Marg‘ilonda qo`shiq aytsa, simda (Farg‘onada) eshtiladi”,- degan ibora xalq ichida mashhur bo`lgan. Muqimiy, Zavqiy, Xaziniy, Pisandiy, Rojiy kabi mashhur shoirlar bilan ijodiy hamkorlik qiladi. Ularning g‘azallari zamirida qator qo`shiq va yallalar yaratadi. Ayniqsa, Muqimiy g‘azallari bilan aytiladigan “Abduraxmonbegi”qo‘shiqlar majmuasi hozirgacha sevib kuylanadi. Hofiz “Chormaqom”ning mashhur ijrochisi sifatida xalq orasida mashhur bo`lgan. Madali hofiz “Qalandar”lar, “Tanovor”lar, qo`shiq va yallalarni to`plab o`zi ijro qildi va shogirdlarga o`rgatdi. Xatto Mulla To`ychi Toshmuhammedov ham Madali hofizning oldiga kelib qo`shiqlar o`rganib ketar ekan. Buning dalili sifatida Mulla To`ychi hofiz Madali hofizga shoir Hislatning “Armug‘oni Hislat” bayozini sovg‘a tariqasida berib ketgan ekan. Bu bayoz hozirgacha ustozning farzandlarida saqlanib keladi. Madali hofiz o`zbek qo`shiqchilik san’atiga yalla yo‘llarini olib kirdi. «Shashmaqom»ning «Buzruk» maqomidagi “Savti sarvinoz” hamda “Segoh” sho‘balarining muallifi sifatida, Madalibek nomi “O`zbek xalq musiqasi” kitobida ko`rsatib o`tilgan. 1912 yilda “Robert Kens” firmasi ekspeditsiyasi davrida hofizning “Abduraxmonbegi” qo`shiqlar majmuasini plastinkaga yozib oladi. Bu plastinka hozirgacha hofizning o`g‘li, taniqli bastakor Mamasiddiq Madaliyevda saqlanadi. Madali hofiz har bir qo`shiqni talabchanlik bilan mohirona ijro etgani va shogirdlaridan ham shunday talab qilgani uchun «Noyob» degan tahallusga ega bo`lgan edi. Madali hofiz oltmish uch yil umr ko`rib, Marg‘ilon shahrida vafot etdi. O`zining vasiyatiga ko`ra Xo‘jamaxoz mozoriga dafn etilgan. Xulosa Buyuk istiqlol tufayli musiqiy madaniyatimiz eski siyosiy - mafkuraviy tazyiqlardan xolos bo`ldi. Shu bilan birga, u ko`xna mumtoz an’analarimizning to‘la tiklanishiga, ayniqsa, yosh avlodlarni bilimdon, savodxon, ma’naviy barkamol darajada tarbiyalashga misli ko`rilmagan imkoniyat yaratdi. Xususan, biz aynan mustaqillik davrida ko`xna maqom ijrochiligi va an’anaviy ijodkorligida yuzaga kelgan yangicha ijodiy salohiyatning tiklanishini kuzatishga muyassar bo`lmoqdamiz. Diniy-falsafiy ashulalar masalasiga kelsak, bular, avvalo bizning tarixiy boyligimizdir. Kimgadir g‘ayri tabiiy tuyo`lsa ham, bu yo`nalishga to`siq bo`lmaslik aslida ozodlik, erkinlik, yuksak madaniyatga xos chinakam demokratik tamoyillarning amaldagi yaqqol ifodasi bo`lsa kerak. Chunki mumtoz sharq she’riyatida bitilgan ilohiy, tasavvufona mavzular o`tmish musiqamizda o`zining ohanrabo, ta’sirchan ifodasini topgan va qadrlangan. Bunday ashulalarning o`z tinglovchilari, asosan, keksalar orasida shinavandalari, muhlislari bor. Buni albatta, hisobga olish zarur bo‘ladi. Kezi kelganda shuni ham ehtirof etish kerakki, Ovrupaga turdosh zamonaviy musiqa ijrochiligi bo`yicha, jumladan, fortepiano, torli, damli va zarbli cholg’ular, akademik uslubdagi xonandalik ixtisosliklaridan ko`plab iqtidorli yosh musiqachilarimiz voyaga yetmoqda. Ularning aksariyati respublika va chet mamlakatlarda nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etishib, sovrindorlikni qo`lga kiritishayotgani quvonarli holdir. Xulosa qilib aytganda, musiqiy madaniyatimizning xalq ma’naviy hayotidagi o`rni beqiyosdir. Musiqiy madaniyat xalq ma’naviy dunyosining ajralmas qismi bo`lib, uning ma’naviy ehtiyojini barcha davrlarda qondirgan va har doim hamdard bo‘lgan, beminnat xizmat qilgan. Zero, bugungi mustaqillik davrimizda ham o`zining ma’naviy burchini muqaddas bilib, xalqimizga xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham musiqa madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod maydoniga aylandi. Download 84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling