Mavzu: Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari Kirish Asosiy qism
Musiqa madaniyati rivojida milliy cholg‘ular o`rni
Download 84 Kb.
|
1. Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. O`zbek musiqa madaniyati namoyandalari
3. Musiqa madaniyati rivojida milliy cholg‘ular o`rni.
Milliy cholg‘ularimizning toifalari ko`pchiligi, turfa yakka va jo`rnavozlik ijro an’analarining o`ziga xosligi bo`yicha milliy musiqa san’atimizga dunyo uzra teng keladiganini topish qiyin. Sharq musiqa ilmining asoschisi deb butun jahonda tan olingan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy, buyuk allomalarimizdan Abu Ali ibn Sino, Abdulqodir Marog‘iy, Abduraxmon Jomiy, Alishe’r Navoiy, Zaynulobiddin Xusayniy, Kavkabiy Buxoriy, Darvish Ali Changiy va boshqalar sharqona jahonshumul ahamiyatga molik noyob nazariy va estetik qarashlarni ishlab chiqqan holda mumtoz musiqiy asarlarning ham muallifi sifatida keng tanilgandirlar. Ana shunday xalqchil va ustozona qatlamlar orqali bizgacha yetib kelgan musiqiy madaniyatimiz tufayli tarixan juda qisqa muddatlarda O`zbekistonda yanada yangicha, ko`p ovozli milliy kompozitorlik ijodiyoti o`zil - kesil shakllandi, o`z qiyofasiga ega bo`ldi, jadal ravnaq topdi. Bunda xalq musiqamiz, ayniqsa, maqomchilik an’analari faqat hayotbaxshlikni taxminlabgina qolmay, balki mahsuldor zamin bo`lib xizmat qildi. Ma’lumki, ulug‘vor maqom san’ati milliy ma’naviy mulkimizning eng qimmatli va ardoqli xazinasidir. Uning asl namunalaridan necha-necha avlodlar bahramand bo`lib kelishmoqda. Hatto keng ko`lamli targ‘ibot uchun rasman taqiqlangan paytlarda ham maqomlarning mavqei, amaliy-hayotiy mohiyati saqlanib qolaverdi. Xalqimizning yuksak ongi, didi, ruhiy talab va ehtiyojlariga bastakorlik ijodiyoti, ustozona hofizlik va sozandalik ijrochiligi ma’naviy ozuqa berib kelgan. Shu bois bunday san’at ustalari el - yurtimiz orasida hamisha qadrlanganlar va ezozlanganlar. 3. O`zbek musiqa madaniyati namoyandalari 1.Komil Xorazmiy 2.Ota Jaloliddin Nazirov 3.Xoji Abdulaziz Abdurasulov 4.Mulla To‘ychi Toshmuhammedov 5.Madali Hofiz Raxmatillo o`g‘li 6.Usta Olim Komilov 7. Domla Xalim Ibodov 8. Madali Hofiz Raxmatillo o`g‘li 9. Muxiddin Qori Yoqubov 10. To`xtasin Jalilov
18.Komiljon Otaniyozov 19.Fattoxxon Mamadaliyev 20.Matniyoz Yusupov 21.Tavakkal Qodirov Uning ustozlari zamonasining zabardast sozandalari va maqom ta’limotchilari bo`lgan. Buxorodan «Shashmaqom» ni Xorazmga olib kelgan Niyozxo‘janing shogirdlari Muhammadjon sandiqchi, Abdusattor mahram, Xudoybergan yetikchilaridan ta’lim oldi. G’azallardan devon tuzadi va musiqa ustasi sifatida tanburning 18 pardasiga qarab 18 chiziq chizib, nechanchi pardada o`ynalsa, noxunning o`rishiga binoan nuqtalarni joylashtirgan va shu tariqa Xorazm «Tanbur chizig‘i»ni yaratgan. Komil Xorazmiy Muhammad Raximxon Soniy Feruz saroyida martabali lavozimlarda ishlab uning xomiyligida ijod qilgan. Komil Xorazmiy «Tanbur chizig‘ini» boshlab bergan bo`lsada u olti yarim maqomning bir maqomini «rost»ni qog‘ozga tushirgan, qolgan besh yarim maqomning uning o`g‘li, mashhur bastakor Rasul Mirzo va xonning nazorati ostida xon sozandalari, Komil Xorazmiy shogirdlari amalga oshirganlar va Komil Xorazmiy hayotligida nihoyasiga yetkazildi. Otasini ezgu ishini davom ettirgan Komil Xorazmiyning o`g‘li Muhammad Rasul Mirzo 1922 yilda 83 yoshda vafot etgan va o`zining xususiy madrasasiga dafn qilingan. Komil Xorazmiy va uning shogirdlari tomonidan xalqning bebaho mulki - maqomlarning notalashtirilishi jahon musiqa madaniyati xazinasiga qo`shilgan ulkan boylik sifatida ehtirof etildi.
Download 84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling