Kurs ishi mavzu: Yunus Rajabiy. “Òzbek maqomlari. Shashmaqom” nota tòplamining ilmiy va amaliy ahamiyati Bajardi


Download 117 Kb.
bet1/5
Sana05.04.2023
Hajmi117 Kb.
#1274605
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalilov M. Kurs ishi.


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI
YUNUS RAJABIY NOMIDAGI
O'ZBEK MILLIY MUSIQA SAN'ATI INSTITUTI
"O'ZBEK MAQOMI TARIXI VA NAZARIYASI" KAFEDRASI

Maqom asoslari” fanidan


KURS ISHI



MAVZU: Yunus Rajabiy. “Òzbek maqomlari. Shashmaqom” nota tòplamining ilmiy va amaliy ahamiyati

Bajardi: “An’anaviy cholg’u ijrochiligi” bo’limi
3-bosqich talabasi Xalilov Maqsud.
Ilmiy rahbar: San’atshunoslik fanlari nomzodi,
professor Ravshan Yusupovich Yunusov.

Toshkent 2021



Reja:
Kirish

  1. Yunus Rajabiyning serqirra faoliyati

  2. O’zbek maqomlari. Shashmaqom nota to’plami

  3. Yunus Rajabiyning ilmiy ishlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Har tomonlama yetuk inson sifatida ko’z oldimizda gavdalanadigan ustoz ijodkor Yunus Rajabiy qoldirgan ijodiy meros biz uchun beqiyos boylikdir. Yunus Rajabiyning o’zbek musiqa san’ati rivojlanishi yo’lida qilgan fidokorona mehnatlari, tahsinga sazovor.
Yunus Rajabiy nomi tilga olinganda maqomchilik san’atining yetuk namoyondasi, mohir ustoz va musiqashunos olim tasvirlanadi. O‘zbek musiqa merosini to‘plashda Yunus Rajabiyning xizmatlari nihoyatda katta. Uning ko’plab izlanishlar va mehnatlari orqali kuy va qo‘shiqlarni, maqomlarni to‘plashdek mas’uliyatli ishni amalga oshirdi. Shuning natijasi o‘laroq E.Romanovskaya, A.Akbarovlar 1939 yilda tuzgan «O‘zbek xalq qo‘shiqlari» to‘plamidan Yunus Rajabiy notaga solgan 29 ta ashula va qo‘shiqlar o‘rin oldi.
Ustoz ijodkorning 5 jildlik «O‘zbek xalq muzikasi» to‘plamlarini nashr ettirdiki, ularga turli janrlardagi mingga yaqin o‘zbek hamda bir qancha tojik, uyg‘ur kuy va ashulalari, «Buxoro Shashmaqomi», Toshkent, Farg‘ona maqom yo‘llari, katta ashulalar, Hamza qo‘shiqlari, o‘nlab bastakorlarning asarlari kiritilgan.
Yunus Rajabiy ijodiy merosi shu qadar chuqur va keng qamrovliki, uni o’rganish jarayonida yangidan-yangi qirralarni ochish, ko’plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin. O’ziga xos jihatlari shundan iboratki, ustozning har bir amalga oshirgan ishlari muhim bir tarixiy jarayon va yangilik sifatida o’zbek musiqasiga kirib kelgan.
O’ylaymanki, har bir yosh musiqachi qaysi bir musiqa yo’nalishida ijod qilmasin Yunus Rajabiy ijodiyoti bilan yaqindan tanishib, o’z bilimlari va dunyoqarashini o’stirishi zarur. Ushbu kurs ishi orqali ustoz ijodkorimiz Yunus Rajabiy yaratib qoldirgan ilmiy ijodiy merosni o’rganib, uni kelgusi avlod yosh ijrochilarga yetkazib berishni maqsad qildim. Mavzuni o’zlashtirish jarayonida bir qator maqom san’ati namoyondalari, musiqashunos olimlar va ustozlar asarlariga murojaat qilindi.


Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling