Kurs ishi mavzu: Yunus Rajabiy. “Òzbek maqomlari. Shashmaqom” nota tòplamining ilmiy va amaliy ahamiyati Bajardi


Download 117 Kb.
bet4/5
Sana05.04.2023
Hajmi117 Kb.
#1274605
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalilov M. Kurs ishi.

Yunus Rajabiyning ilmiy ishlari
Ilmiy ishlari sifatida 1966-1974-yillarda "Maqom" ansambli bilan ishlashi jarayonida Shashmaqomning 6 jildli yangi nashrini misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, 1970-yilda Toshkent grammyozuvlar studiyasida grammplastinka yozuvlar mukammal tuplamini tayyorladi. Bu ham o’sha davr musiqasi uchun katta yangilik edi. Yunus Rajabiy musiqashunos olim va mohir pedagog sifatidagi faoliyatining ulkan natijasi sifatida u kishining qo’lida tahsil olgan va hozirgi kunda o’zbek musiqa san’atining yetuk namoyondalari sifatida tanilgan insonlar misolini ko’rish orqali baholansa arziydi. T. Sodiqov, D. Zokirov, D. Soatqulov, F. Sodiqov, N. Hasanov, K. Jabborov, S. Kalonov, K. Moʻminov, O. Imomxoʻjayev, B. Dovidova, K. Ismoilova, O. Alimahsumov, T. Alimatov va boshqa ko’plab taniqli sanʼatkorlar, mohir cholg’u ijrochilari, musiqashunos olimlar va tajribali ustozlar Yunus Rajabiyning shogirdlaridir4.
Ularning ijodi va olib borgan samarali ishlari orqali Yunus Rajabiy timsolini ko’klarga ko’tarish mumkin. Sababi, shogirdning namunali ulg’ayishi, o’z ustida ishlashi, shuningdek, san’atning rivoj topishi, avloddan avlodga bexato yetkazib berilishi uchun ustoz ko’prik vazifasini o’taydi. Yunus Rajabiy esa aynan shu vazifalari mohirona uddalagan o’zbek musiqa san’ati rivojidagi mustahkam ko’prikdir.
Yunus Rajabiyning o’zbek an’anaviy musiqasi uchun qilgan yana bir muhim ishi bu maqom ansamblining tashkil etilishi asoschi bo’lganliklaridir. Quyida maqom ansamblining tashkil topishi va uning dastlabki tuzilishi haqida ustoz Ravshan Yunusov maqolalaridan olingan qimmatli ma’lumotlar keltirb o’tiladi.
Maqom ansambli deganda maqomlarni ijro etishga ixtisoslashgan xonanda va sozandalar guruhi ko’z oldimizda gavdalanadi. Ularning ijro dasturlaridan asosan maqomlar, shuningdek, oʻzbek bastakorlarining kuy va ashulalari, xalq musiqasi namunalari oʻrin oladi.
20 asrning boshlariga qadar Maqom ansamblilari Buxoro, Samarqand, Xiva, Qoʻqon, Toshkent va boshqa yirik shaharlarda, xususan saroy sharoitida faoliyat kursatgan.
Keyinchalik Maqom ansamblilari yangicha shart-sharoitlarda mumtoz milliy musiqa ijodiyotini keng targʻib qilish maqsadida qayta tuzilgan. Oʻtmishda Maqom ansamblilari tomonidan maqomlar yaxlit turkum holda yoki ularning alohida-alohida cholgʻu va ashula qismlari ijro etilgan.
Bunda, Shashmaqom Talqin, Nasr, Savt kabi shoʻbalarini aytishga ixtisoslashgan hofizlar talqinxon, nasrchi, savtxon deb yuritilgan. Ularga tanbur, doyra yoki ixcham cholgʻu ansambli joʻrlik qilgan.
Jumladan, 19-asrning oxirida Buxoroga mos Maqom ansambli tarkibida, odatda, 2 ta tanbur, dutor, qoʻbiz (yoki sato), doira va 2—3 nafar joʻrovoz hofizlar boʻlgan. 1920-yillarda tashkil topgan Sharq musiqa maktablarida, Samarqand musiqa va xoreografiya institutida maqom ijrochiligidan saboq berishda Opga Jalol Nosirov, Ota Gʻiyos Abdugʻani, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Matyoqub Harratov kabi yirik maqomchi ustozlar xizmat qilganlar.
Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli tashkil topdi. 1959-yilda akademik Yunus Rajabiy tashabbusi bilan ushbu maqom ansambli jamlandi. 1927-yilda tashkil topgan Yunus Rajabiy rahbarligidagi oʻzbek xalq cholgʻulari ansambli 1989-yildan Yunus Rajabiy nomidagi Respublika radiosi huzurida shuningdek, Hoji Abdulaziz Rasulov, Domla Halim, Toʻychi hofiz kabi atoqli hofizlarning boy ijodiy-ijrochilik anʼanalariga tayanib ish tutdi. Ansamblga tajribali xonanda va sozandalar jalb etilib, milliy cholgʻulardan tanbur, dutor, chang , rubob, gʻijjak, sato, nay, qoʻshnay, doira va boshqa kiritildi.
Ansambl tomonidan, asosan, Buxoro va Fargʻona-Toshkent makom yoʻllari mukammal oʻrganilishi hamda noyob ijro uslublari oʻzlashtirilishida F. Sodiqov (1961—76 yillarda changchi va musiqa rahbari), J. Sultonov, O. ImomxoʻjayevA. HaydarovK. IsmoilovaB. Dovidova, O. Alimahsumov, O. QosimovT. Alimatov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar — K. MoʻminovA. Ubaydullayev, B. Zirkiyev, I. Katayev, S. Aminov, Sh. Ergashev, X. Qodirova, H. YusupovaZ. Sodiqov, I. Qodirov, shuningdek, I. Toʻrayev, D. Sottixoʻjayev, U. Otayev va boshqalarning ulushi katta boʻldi5.


Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Yunus Rajabiyning serqirra ijodiy faoliyati mobaynida qilgan ilmiy ishlari orasida “O’zbek maqomlari. Shashmaqom nota to’plami” kitobi uning ijodida mingdan bir parchadir. Ushbu nota to’plami barcha maqom ijrochilari uchun birdek aziz, ahamiyatlidir.
Yunus Rajabiy ijodi bilan yaqindan tanishish maqsadida uning uy muzeyiga tashrif buyurdim. Yuqorida aytib o’tganimdek, u insonning qanchalar serqirra inson ekanliklarining guvohi bo’ldim. Qadimgi nota namunalari, yozuvlar, tanbur chizig’idan tortib maqomning barcha turlariga izoh beruvchi go’zal namunalarni va ulkan kutubxonani ko’rganda kishini faxr tuyg’usi qamrab olar ekan.
Tarixdan barchamizga ma’lum bo’lgan buyuk ajdodlarimiz ko’p tomonlama ijod qiluvchi, ensiklopedik qobiliyatga ega bo’lganlar.
Yunus Rajabiy ham ularning qaysidir ma’noda munosib davomchisi ekanligini shubhasiz aytish mumkin. Bir inson o’z ishining ustasi bo’lib yetishguniga qadar qanchadan qancha mashaqqatni yengib o’tishi kerak. Ustozlari va zamondosh musiqachilardan ilm o’rganib keyinchalik o’zi ham mahoratli ustoz darajasiga yetishdi.
Bu bosqichida endi ko’plab musiqiy asarlar bastalashga kirishdi va o’z ilmini kelgusi avlodga meros qilib qoldirish maqsadida durdona asarlar yaratdi. Ilmiy ishlar qildi va tarixda maqom san’atining yetuk namoyondasi va maqom ansamblining asoschisi sifatida munosib iz qoldirdi.

Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling