Kurs ishi mavzu: Yunus Rajabiy. “Òzbek maqomlari. Shashmaqom” nota tòplamining ilmiy va amaliy ahamiyati Bajardi


Yunus Rajabiyning serqirra faoliyati


Download 117 Kb.
bet2/5
Sana05.04.2023
Hajmi117 Kb.
#1274605
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalilov M. Kurs ishi.

Yunus Rajabiyning serqirra faoliyati
Yunus Rajabiy ko’p qirralarda ijod qilgan yetuk inson bo’lganlari uchun ularning ijodiy merosini o’rganishni bir necha qismlarga bo’lgan holda o’rganishni maqul topdim. Dastavval ustozning ilk qo’shiqlari va bastakorlik ijodi haqida yig’ilgan ma’lumotlarni keltirib o’taman.
Yoshligidanoq shirali va taʼsirchan ovozga ega boʻlgan isteʼdodli xonanda va mohir sozanda sifatida tanilgan. Uning repertuaridan maqom parchalari, "Girya", "Ushshoq", "Koʻcha bogi", "Eshvoy", "Kurd", "Qalandariy", "Gulyor—Shahnoz", "Bayot", "Dugohi Husayniy", "Chorgoh", "Miskin", "Nasrulloyi" kabi ashula va kuy turkumlari oʻrin olgan. U bir qancha qadimgi oʻzbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlab tiklagan: "Subhidam", "Yolgʻiz" "Sayqal", "Figʻon", "Oraz", "Begi Sultan" va boshqalar shular jumlasidandir.1
Ijrochilik faoliyatini bastakorlik bilan birgalikda olib borgan Yunus Rajabiy oʻzbek musiqali dramasining shakllanishiga muhim hissa qoʻshgan. Dastlab 1922-1925-yillarda Sh. Shoumarov bilan hamkorlikda "Farhod va Shirin" musiqlai dramasiga xalq ashulalari asosida kuylar bastalangan.
1936-yilda esa"Layli va Majnun" skpektakliga, 1933-yilda U. Ismoilov bilan hamkorlikda "Rustam"dostoni asosidagi musiqali dramasiga, 1935-yilda A. Hidoyatovning "Avaz" nomli musiqali dramasiga, 1940-yilda esa Hamza Hakimzoda Niyoziy qalamiga mansub "Xolisxon" spektakliga hamkorlikda xalq ashulalari asosida kuylar bastalagan.
Keyinchalik B. Nadejdin bilan hamkorlikda "Qasos" (A. Umariy, Uygʻun, 1941), N. Mironov bilan "Qoʻchqor Turdiyev" (S. Abdulla, Chustiy, 1942), G. Mushel bilan "Muqanna" (H. Olimjon, 1943), O. Halimov bilan "Nodira" (S. Kosimov, Ya. Mamatxonov, 194243), B. Zeydman bilan "Oʻgʻil uylantirish" (H. Fylom, 1964), Sayfi Jalil bilan "Navoiy Astrobodda" (I. Maxsumov, 1968) singari musiqali dramalarni yaratgan.
U 1958-yilda B. Zeydman, D. Zokirov va T. Sodiqovlar bilan birgalikda "Zaynab va Omon" operasining yozilishida ishtirok etgan.
Yunus Rajabiy, shuningdek, "Fabrika yallasi", "Bizning davron", "Mirzachoʻlda tuy", "Oʻzbekiston", "Yangrasin Gulyor", "Dugonalarga", "Kadah", "Koshki", "Gul sochar", "Judo", "Raʼnolanmasun", "Chapandoz", "Kuygay" kabi qoʻshiq va ashulalar, "Oʻyin Bayoti", "Oʻyin Dugohi", "Paxta" singari kuylarni yaratgan2.


Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling