Mavzu: Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari Kirish Asosiy qism
Download 84 Kb.
|
1. Musiqa tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vaizfalari.
MULLA TO‘YCHI TOSHMUHAMMEDOV (1866-1945)
O`zbek qo`shiqchilik san’atida o`zidan o`chmas iz qoldirgan mashhur hofiz Mulla To‘ychi Toshmuhammedov Toshkent shahrining “Gulbozor” mahallasida bo`zchi oilasida tavallud topgan. Dastlab Abdulla qori maktabida taxsil olgan va islomiy ilmlar bilan bir qatorda She’roziy, Mashrab, Fuzuliy, Xuvaydo, g‘azallarini tinmay mutoala qiladi. Undagi san’atga bo`lgan havas o`qigan g‘azallari va hofizlarning xonishlari orqali uyg‘onadi, o`zi ham shu yo`lni tanlaydi. Dastlabki musiqa ta’limini amakisi Usta Qo‘chqordan oladi. So`ngra ustozi Ubaydullo Andalibdan qo`shiq aytish sirlarini o`rganadi. Asta sekin Toshkent hofizlarini nazariga tusha boshlaydi. Shobarot tanburchi, Shojalil hofiz, Muhammad Umar, Abduqaxxor va Nazarxon hofizlar bilan birga ijod qilib, ashula yo`larini o`rganadi. Tez orada sayl va to`ylarda yig‘inlarda qatnashib, el og‘ziga tushadi. Zamondosh shoirlar Kamiy, Miskin, Hislatlar bilan hamkorlikda ijod qilib, ular ishtirokidagi yig‘inlarda qatnashadi va Buxoro, Samarqand, Qo‘qon, Andijon, Marg‘ilon shaharlariga ham borib ashula yo‘llarini o‘rganadi, o`ziga xos ashulachilik uslubini yaratadi. Shoir Hislat Mulla To`ychi hofizga atab “Armug‘oniy Hislat” devonini tuzgan. Ushbu devondagi barcha g‘azallar hofiz tomonidan ijro etilgan. 1904-1907 yillarda o`zbek xalqining kuy ashula va maqomlari birinchi marta gramafon plastinkasiga yoziladi. To`ychi hofiz ijrosida “Dugoh Xusayn”, “Chorgoh”, “Bayot”, “Ushshoq”, “Girya”, “Dilxiroj”, “Gulyor shaxnoz”, “Ko‘chabog‘i”, “Eshvoy”, “Qurt” singari ashulalar plastinkaga yoziladi. 1905 - yilda yozilgan «Bayot» turkumlari plastinkasi ushbu satrlar muallifida saqlanadi. To`ychi hofiz tez-tez safarlarda bo`lib faqat O`zbekiston va qo`shni respublikalarda emas, Sharq mamlakatlarida ham tanildi. Ayniqsa, sharqiy Turkistonda Qashqarda juda mashhur edi. 60 yillik ijodiy faoliyatini san’atga bag‘ishladi va xalq hurmatiga sazovor bo`ldi. O`zbekiston xalq artisti unvoniga musharraf bo`ldi. Ko`plab shogirdlar yetishtirdi. Shoraxim Shoumarov, Yunus Rajabiy, Akbar Xaydarov, Ortiqxo‘ja Imomxo`jayev, Turg‘un Karimov singari mashhur hofizlar Mulla To`ychi Toshmuhammedov maktabining vaqillaridir.
Download 84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling