Mavzu: Musiqa tinglash madaniyati, musiqa ijrochiligi, musiqa madaniyati. Reja
Musiqa madaniyati darslarini o‘tishda musiqiy faoliyat turlarini qo`llash uslublari
Download 36.94 Kb.
|
Musiqa tinglash madaniyati, musiqa ijrochiligi, musiqa madaniyati.
3. Musiqa madaniyati darslarini o‘tishda musiqiy faoliyat turlarini qo`llash uslublari
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda musiqa ta’limotining poydevori quriladi. Unda o‘zbek musiqa madaniyati va xalq musiqasini nodir namunalari bilan tanishtirish, kompozitorlar va musiqa ijodkorlari, cholg‘u asboblari, nota yozuvlari haqidagi zarur bilimlarga ega bo‘lish bilan amalga oshiriladi. Mazkur bilim va malakalar yangi dastur asosida musiqa ta’limning o‘quv yili uchun aniq belgilangan yil chorak mavzulari asosida musiqa madaniyati dasrlarida 5 ta faoliyat turi. Xor bo‘lib kuylash. Musiqa savodi. Musiqa tinglash. Musiqaga mos xarakatlar bajarish Bolalr cholg‘u asboblarida ritmik jo‘r bo‘lish bilan amalaga oshiriladi. Mazkur faolityalar negizida birinchi sinf o‘quvchilarini musiqaga faol qiziqtirish musiqa taassurotlarini tarkib toptirish va zaruriy musiqiy tajribalarni xosil etish asosiy vazifa qilib qo‘yiladi. Natijada, bolalarda musiqiy didni shakllantirib, musiqani san’at sifatida ahloqiy estetik jihatdan ongli idrok etishga tayyorlash ko‘zda tutiladi. Musiqa madaniyati darsida qo‘llanadigan har bir musiqiy faoliyat turi darsning ajralmas mantiqiy bo‘lagi bo‘lib, aniq maqsadga qaratilmog‘i lozim. Xor bo‘lib kuylash. Bolalarni musiqiy o‘quvini ijodiy rivojlantirishda ayniqsa, vokal-xor ishlarining ahamiyati katta. bunda, o‘quvchilarni kuylashga qiziqtira olish, ko‘p jihatdan o‘rganadigan har bir mashq yoki qo‘shiqni, o‘qituvchi tomonidan chiroyli qilib kuylab berishga bog‘liq. Chunki, yosh bolalar bilan olib boriladigan vokal-xor ishi ko‘pincha o‘qituvchi ovoziga taqlid qilib kuylashga asoslanadi. Shuning uchun o‘qituvchi yoqimli ovozi ustida muntazam ish ish olib borishi kerak. Vokal-xor isharini amalga oshirishda o‘qituvchi ovoz-sozlash, qo‘shiq o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarning primar tovushlarini kuylash uchun qulay (sol-lya) ishchi diapozioni (mi-si), ovoz diapozoni (re-si) aniq bo’lishi lozim. Musiqa madaniyati darslarida qo‘shiq o‘rgatish bir necha bosqich jarayonida amalga oshiriladi. Bolalar diqqatini qo‘shiqqa jalb qilish. Qo‘shiq haqidagi o‘qituvchining kirish so‘zi (qo‘shiq mualliflari, ayrim tarixiy xususiyatlari, hayotiy ahamiyati, xarakteri, qo‘shiq ijrosi). Qo‘shiqni tahlil qilinishi (musiqa ifoda vositalari ladi, xarakteri mazmunini suhbat yo‘li bilan belgilash). Qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatish (to‘g‘ri nafas olib, jumlani oxirigacha tejab yetkazish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash). Qo‘shiqni badiiy ijrosiga erishish (qo‘shiq haqidagi bolalar tasurotlari yuzasidan qisqa suhbat o‘tkazish ya’ni umumlashtirish). Yuqorida bayon, etilgan qo‘shiq o‘rgatish bosqichlarini, qo‘shiq mazmuni, mavzusiga qarab, istagan bosqichdan boshalash, mumkin. Asosiy maqsad o‘quvchilarni, qo‘shiqqa ko‘proq qiziqtira olish ularda mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirish. O‘quvchilarga qo‘shiq o‘rgatish metodlari esa quyidagilardan iborat. “Oldinga o‘tib ketish va orqaga qaytish” metodi. Qo‘shiqni oldingi darslarda bolalarga eshittirib o‘rganishga tayyorlab boriladi, so‘ngra ma’lum vaqt o‘tkazib qo‘shiq o‘rgatiladi. Bu vaqti-vaqti bilan qo‘llanib boriladi. Og‘zaki metodlar. Hikoya, suhbat orqali o‘quvchilarni qo‘shiq kuylashga qiziqtirish. Ko‘rgazmali metod. Qo‘shiqni ifodali qilib ijro etish, rasmlar, grafik chiziqlar, plakatlar, texnika vositalaridan foydalanish. Amaliy metod. Vokal xor malakalarini shakllantirish, musiqa ifoda vositalaridan ongli ravishda, tahlil qilish uchun qo‘llaniladi. O‘yin metodi. Qo‘shiqni o‘quvchilar xotirasida uzoq saqlanib qolish, ritmini his etish uchun, qadam tashlash, chapak chalish, turli raqs harakatlari, o‘yinlar bajarilib, olingan bilim va malakalar mustahkamlanadi. Download 36.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling