Musiqa madaniyati fanidan bir soatlik dars tuzilish va namunaviy ishlanmasi.
Bir soatlik dars strukturasi.
Chorak mavzusi.
I. Dars mavzusi.
Qo‘shiq (mualliflari)
Musiqa savodi (ifoda vositalari)
Musiqa tinglash (mualliflari)
II. Darsning maqsadi.
Ta’limiy va tarbiyaviy rivojlantiruvchi maqsadi.
III. Darsini jihozlash.
Ko‘rgazmali qurollar, bolalar cholg‘u asboblari, texnika vositalari, kartochkalar, nota yozuvlari.
IV. Darsning turi.
V. Darsning borishi.
1. Tashkiliy qism. (2-3) davomatni aniqlash, darsga hozirlash.
2. Vokal-xor ishlari (18-20 min) (ovoz sozlash, oldingi qo‘shiqni takrorlab, mustahkamlash yangi qo‘shiqni o‘rgatish).
3. Musiqa savodi (5-7min).
(Musiqa ifoda vositalari: kuy, lad, regestr, temp, uzun-qisqa notalar, skripka kaliti va boshqalar).
Musiqa tinglash (-8-10min).
Asarni tahlil qilish, musiqiy xarakatlar bajarish.
Bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish.
O‘quvchilarni bilimini reyting ball tizimi talablari bo‘yicha baholash. (4-5 min).
Darsni yakunlash. (2-3min).
O‘tilgan darsga yakun yasash.
7. Uyga vazifa. (2-3min).
Rasmlar chizish qo‘shiq matnini va kuyini yodlash, qo‘shiqqa mos xarakatlarni uyda bajarib, mustahkamlash.
Musiqa madaniyati fanidan bir soatlik dasr namunaviy ishlanmasi.
Chorak mavzusi: “Biz yoqtirgan kuy va qo‘ishqlar”.
Dasr mavzusi: Biz yoqtirgan qo`shiqlar.
X. Muxammad she’ri.
Musiqa savodi (ifoda vositalari). Uzun-qisqa musiqa tovushlarini ajratish.
Musiqa tinglash (mualliflari). “Chamanda gul”-O‘zbek xalq kuyi.
Darsning maqsadi.
Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘shiq bilan tanishtirishi, asar mazmuniga mos musiqiy xarakatlar bajarish, kuychan ijro etishga o‘rganish. O‘zbek xalq cholg‘u asboblari bilan tanishtirib musiqaga mos o‘zbek milliy raqs xarakatlarini bajarib, o‘quvchilarni o‘zbek xalq kuylari va cholg‘u asboblari ga qiziqish, mehr-muhabbatini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |