Mavzu: Musiqa tinglash. Qushiq aytish musiqiy ritmik harakatlar bolalar musiqa asbobini chalish. Reja


Download 1.06 Mb.
bet2/2
Sana04.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1327107
1   2
Bog'liq
Qushiq aytish musiqiy ritmik harakatlar bolalar musiqa asbobini chalish

Bolalar ovozini rivojlantirish Ovoz-axborotini o‘zatishning g‘oyat muhim tovush vositasidir, odamlarning o‘zaro aloqa bog‘lash vositasidir. Odamlarning ovoz bilan bog‘liq faoliyatining asosiy turlari nutq va qo‘shiq aytishdan iborat bo‘lib, ularga ayni vaqtda musika faoliyatining bir turi deb ham qaraladi.

Ovoz – insonning katta boyligi bo‘lib, bu boylikdan u butun umri davomida foydalanadi. Shu munosabat bilan tovush xosila tizilmasini ustalik bilan mashq qildirish, chiniqtirish, uni mumkin qadar uzoq vaqt sog‘lom saqlashga intilish muhimdir.
Shu narsa aniqki, bolalikdan qo‘shiq aytishga to‘g‘ri o‘rgatish odamni muzikaviy – ijodiy rivojlantirishnigina emas, balki uning tovush xosila tizilmaini mustahkamlash, ovozni asrashning ham samarali usulidir. Qo‘shiq aytishni rivojlantirish nutqning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli qo‘shiq aytishga bolalikda to‘g‘ri o‘rgatish muhimdir. Bunda bolaning qo‘shiq ovozni iloji boricha yertaroq, yehtiyot bo‘lib, g‘amxo‘rlik bilan rivojlantirish, uning tovush xosila tizilmasining holatiga doimo e’tibor bilan qarash zarur.
Bola ovozining rivojlanishi bola yoshining ulg‘ayishi natijasida qo‘shiq aytishga aniq maqsadni ko‘zlab o‘rgatish tufayli yoki muntazam o‘quv jarayoniga uyutirilmagan sharoitlardagi ijobiy ta’sir ostida, yoki bo‘lmasa har ikkala yo‘lning qo‘shilib ketishi tufayli yuz beradigan jarayondir.
Bola ovozining birlamchi manbai bo‘g‘iz bo‘lib,unda tovush naychalari oralig‘ida tutashgan tovush pardalari bo‘ladi. Qo‘shiq aytgan vaqtda markaziy asab sistemasining boshqaruvida faqat bo‘g‘iz emas, balki artikulyatsiya xosila tizilmai, nafas organlari hamda boshqa organ va sistemalar jalb yetiladi.
Boladagi tovush xosila tizilmasining ayrim organlari takomillashuvi jarayonida ba’zan ular rivojida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Bir tomondan-bu jarayonda sezilarli sakrashlar yuz beradi, ikkinchi tomondan shunday intervallar bo‘ladiki, bunda ayrim organlarning rivojlanishi deyarli sezilarsiz o‘tadi. Ularning shakllanishi bir vaqtda tugamasligi ham xarakterlidir.
Qo‘shiq aytishga o‘rgatishni tashkil yetishda shu narsa katta ahamiyatga yegadirki, bolalaning ovozi yosh jihatidan kamol topishining bir qancha davrlarini boshdan kechiradi. Ularning muddatlari turli bolalarda har hil bo‘lib, ba’zan juda katta farq qiladi.
Bunda bolaning ovoz diapozoni bir muncha qisqarishi, kuylash chog‘ida bir qadar o‘ng‘aysizlik, kuylab bo‘lgandan so‘ng charchoq paydo bo‘lishi, ovoz jarangida bir muncha o‘zgarish yuz berishi, masalan u bir oz bo‘g‘ilishi mumkin.
Qo‘shiqchilik rivojida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan optimal ko‘rsatgichlarga yerishish uchun qo‘yidagi asosiy qoidalarni bajarish kerak.

qo‘shiq hamisha yerkin, tabiiy, zo‘riqmasdan aytilishi kerak;
qo‘shiq aytish xotirjamlikni, faollikni, yemotsional tayyorgarlikni, qo‘shiq aytish chog‘ida gavdani tutish qoidalariga rioya qilish zarurligini, muayyan asarni ijro yetishga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishi, o‘zining musiqa tinglash qobilyatini muttasil kontrol qilib turishni talab qiladi;
v) jarangdor, lekin ayni vaqtda mayin, yumshoq, ohangdor tovushni, butun diapozonda bir tekis bo‘lgan tovushni shakllantirishga, ovozning individual go‘zalligini saqlashga harakat qilish kerak;
g) ovozning jaranglash tembrini ovoz diapozoning markaziy qismidan yuqori va pastga
qarab mustahkamlash hamda rivojlantirish, uning yeng chetdagi tovushlarini suiiste’mol qilmaslik, ovozning ishchi diapozoni –butun diapozonning shunday bir qismiki, uning doirasi oson va yerkin kuylanadi, ovozning bir tembri saqlanib, undan aralash tovushlar muvaffaqiyatli shakllantiriladi degan fikrga asoslanish;
qo‘shiq aytgan vaqtda qichqirish, tovushni zo‘riqtirish mumkin emas;
doimo past tovush va bolaning lanjligi bilan bog‘liq holda qo‘shiq aytishdan ham naf
kam;
j) qo‘shiq nutqining aniqligi (talaffuz) yaxshi bo‘lmog‘i uchun unli tovushlarni to‘g‘ri, aniq, lekin birmuncha silliqlashtirib shakllantirish kerak; undosh tovushlarni aniq, keskin, qisqa, har bir kishida ma’lum darajada individual bo‘lgan qo‘shiq aytish rejimida ovoz xosila tizilmasining ishidagi qulaylik buzmagan holda chiqarish zarur;
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bayram ertaliklari jarayonlarida estetik tarbiya berish samarali kechadi. Keyingi paragrafda shu haqda so’z boradi.

Har qanday ishonchli dalil uch asosiy qismdan iborat bo'ladi. Tasdiqlash- dalil markazi, uning mazmuni bo'lib hisoblanadi (ba'zan u tezis, asosiy g'oya yoki qoida deb yuritiladi). Tasdiqlash bir necha dalillar bilan mustahkamlanadi. Dalillarning har biri o'z navbatida isbotlar bilan mustahkamlanadi. Statistik ma'lumotlar, matn parchasi, shaxsiy tajriba, umuman olganda, ushbu ishonchli dalillarni isbotlashga yordam beruvchi va muhokamaning boshqa ishtirokchilari tomonidan tan olinishi mumkin bo'lgan barcha g'oyalardan isbotlovchi sifatida foydalanish mumkin. Ishonchli dalillarning yuqorida qayd qilingan barcha qismlari tasdiq, dalil va isbotlash negizida, uning to'rtinchi qismi bo'lgan asos turadi. Asos- bu qandaydir yo'naltiruvchi hisobning boshlang'ich nuqtasi bo'lib, u notiq uchun ham, yoki yozuvchi va uning muxlislari uchun ham umumiy bo'ladi va u barcha ishonchli dalillar uchun asos bo'lib hisoblanadi.


Ishonchli dalillar, unga qarama-qarshi dalillarni mavjud bo'lishi, ularni yo oshirib ko'rsatilishi, yoki qabul qilinishi mumkinligini ham hisobga olgandagina yutadi. Boshqacha nuqtai-nazarlarning tan olinishi ishonchli dalillarning ta'sir kuchini yanada oshiradi. O'ta ta'sirchan dalillar bilan qurollangan tanqidiy fikrlovchi kishi, hatto katta obro'ga ega bo'lgan fikrga ham qarshi tura oladi, amaliyotda bunday kishining fikrini o'zgatirish mumkin emas. Har qanday fikr, agar u boshqalar bilan o'rtoqlashilgandagina o'tkirlashadi yoki faylasuf Xanna Arendt yozganidek: «kimningdir huzurimda bo'lishi, meni barkamollikka erishtiradi»3. Bahslashuvda, o'qiganimizda, muhokamada ishtirok etganimizda, e'tiroz bildirganimizda, boshqalar bilan fikr almashganimizda biz o'z nuqtai-nazarimizni aniqlashtiramiz va uni chuqurlashtiramiz. Shuning uchun ham ijodiy faoliyat yo'nalishida ishlayotgan pedagoglar o'z mashgu'lotlarida juftlikda yoki guruhlarda ishlashning turli shakllaridan foydalanishga, bunda debat va munozaralardan samarali foydalanishga hamda o'quvchilar yozma ishlarini namoyish qilishning turli ko'rinishlaridan foydalanishga intiladilar. Umuman
olganda, har qanday ijodiy fikrlovchi biron-bir jamoa bilan ishlaydi va faqat o'z shaxsini konstruksiyalashga nisbatan anchagina keng ma'nodagi vazifalarni hal qiladi.
Shuning uchun ham ijodiy faoliyat yo'nalishida ishlaydigan o'qituvchi: vazminlik, boshqalarni eshitishga o'rganish, o'z fikriga javobgarlik kabi o'zaro samarali fikr almashish uchun zarur bo'lgan sifatlarni shakllantirishga ko'proq e'tibor beradi. Shunday qilib, bu o'qituvchilar o'quv jarayonini sinf xonasidan tashqarida kechayotgan haqiqiy hayotga yaqinlashtirishga erishadilar.
Ijodiy faoliyat yozma ishda yaqqolroq namoyon bo'ladi. Yozuvda faoliyat jarayonini kuzatish mumkin bo'ladi va bu o'qituvchi uchun ham qulaylik yaratadi. Yozayotgan o'quvchi doimo faol bo'ladi. U doim mustaqil fikrlaydi va bunda u o'zida mavjud bo'lgan barcha bilimlardan foydalanadi. U o'z fikrini mustahkamlash uchun yetarli darajadagi ishonchli dalillarni qatorlashtirib tashlaydi. Bundan tashqari u o'z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga ega bo'ladi. Chunki, xat yozuvchi, uni o'qiydiganga mo'ljallab yozadi. O'quvchi uchun eng qimmatlisi- o'qituvchining uning ishiga qiziqishi va unga hurmat bilan qarashi, o'z fikrlari to'g'risida sinfdoshlari, boshqa o'qituvchilar, ota-onalar va hatto notanish kishilar bilan o'rtoqlashish imkoniyatiga ega bo'laganligidir. Shuning uchun yozishni tanqidiy faoliyatning eng muhim vositasi deb hisoblash mumkin.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling